Sana: 1-Mavzu: Kirish. Vatan – sajdagohday muqaddas


III; Mashg’ulotni yakunlash



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə10/46
tarix23.06.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#118579
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46
tarbiya

III; Mashg’ulotni yakunlash
O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.
1. Yaxshilik deganda nimani tushunasiz ?
2. Nima uchun allomalar yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarish kerakligmi uqtiradilar ?
3. «Yaxshilik» haqida hikoya tuzib, mazmuniga diqqat qiling ?
4. Yaxshilikning foydasi haqida kim qanday fikrlarni bildiradi ?
5. Siz ushbu hikoyadan o'zingizga qanday xulosa chiqarib oldingiz ?
Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi

Sana:
9-mavzu: Salomatlik va shaxsiy gigiyena
Maqsad: O’quvchilarga shaxsiy gigiyena haqida ma’lumot berish
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Sog‘ tanda –sog’lom aql ”
Asosiy qism:
Shaxsiy gigiena kasalliklar profilaktikasining muhim shartidir: SHaxsiy gigiena - insonning hayoti va turmush faoliyati sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash yo‘lidagi asosiy omillardan hisoblanadi.
Teri, soch, tirnoq va og‘iz bo‘shlig‘ini parvarishlash - odam terisi, yog‘, ter bezlarining faoliyati mahsulotlari, jonsizlangan yuza epiteliy, shuningdek, chang, mikroblar (ular orasida patogen mikroblar ham bo‘lishi mumkin) bilan doimo ifloslanib turadi.
Organik mahsulotlar (ter, ter yog‘i) parchalanib, yoqimsiz hid tarqatadi, terini ta’sirlantiradi. Teriga tegishlicha parvarish qilinmaganda uning faoliyatlari buziladi, bu yiringli kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Terini ozoda saqlash uchun tez - tez iliq suv bilan sovunlab cho‘milib turish kerak. Boshni 7 - 10 kunda bir marta yuvish lozim. O‘rin - to‘shakni toza saqlash va uyqudan turgandan so‘ng shamollatish, choyshablarni oyiga kamida ikki marta almashtirish kerak. Qo‘l tez - tez kirlanib turadi, kir esa tananing boshqa qismlariga va ovqatga tushadi. SHuning uchun har gal ovqatdan oldin, hojatxonaga borganda, ko‘chadan kelganda qo‘lni sovunlab yuvish lozim. Tirnoqlarni alohida parvarishlash talab etiladi, chunki tirnoq ostida kir, mikroblar, jumladan, patogen mikroblar, gelmint tuxumlari yig‘ilib qoladi. Tirnoqlarni olib yurish va har kuni qo‘lni sovunlab yuvib turish lozim.
Kam havo o‘tkazadigan matodan tikilgan tor poyabzal, kir paypoqlar ham oyoq kaftlarining ko‘p terlashiga sabab bo‘ladi. Kirlar parchalanganda hosil bo‘ladigan uchuvchan moddalar yoqimsiz hid chiqaradi va terining shilinishiga olib kelib, epidermofitiyalar va yiringli kasalliklarni paydo qiladi. Oyoq ko‘p terlaydigan bo‘lsa, panja yuvilgandan keyin unga 2 foizli formalin eritmasi surtiladi. Paypoqlarni tez - tez almashtirib turish lozim.
Og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilishda har gal ovqatdan so‘ng og‘izni chayish lozim, chunki ovqat qoldiqlari parchalanib, har xil kislotalar hosil qiladi, bular tishning emal qatlami emirilishiga olib keladi. Bundan tashqari, tishni ertalab va uxlashdan oldin yumshoq cho‘tka va pasta bilan tozalash zarur. Ovqat qoldiqlarini yaxshiroq tozalash uchun cho‘tkani yuqoriga va pastga, shuningdek, tishlarning ko‘ndalanggiga harakatlantirish lozim. Profilaktika maqsadida yiliga 2 marta stomatolog ko‘rigidan o‘tib turish kerak. Tishda karies paydo bo‘lganda zudlik bilar shifokorga murojaat qilish lozim.
Kiyim - bosh va poyabzal gigienasi - kiyim - bosh va poyabzalning asosiy gigienik ahamiyati odamni iqlim omillarining noqulay ta’siridan, shuningdek, terini ifloslanish va mexanik shikastlardan himoya qilishdan iborat. Atrof - muhitning harorati past, namlik yuqori bo‘lganda, kiyim - bosh organizmning issiqlik yo‘qotish qobiliyatini kamaytiradi va uni sovqotishdan, harorat yuqori bo‘lganda esa to‘g‘ri tanlangan kiyim - bosh issiqlik chiqarishni ko‘paytirib, organizmni issiqlab ketishidan saqlaydi. Sport, harbiy kiyim, ishlab chiqarish va kasalxona kiyim - boshining qator xususiyatlari bor. Kiyim - bosh qandayligidan qat’iy nazar, unga kiyim ostidan qulay mikroiqlim yaratilishi lozim. Buning uchun kiyim tikiladigan mato issiqlik o‘tkazuvchanlik, gigroskopiklik jihatidan muayyan talablarni qondirishi lozim. Yilning sovuq faslida mato issiqlikni kam o‘tkazuvchan bo‘lishi kerak. Havo harorati yuqori bo‘lganda, ayniqsa, jismoniy ish bajarishda bunga talab bo‘lmaydi. G‘ovak va momiqli matolardan tikilgan kiyim - bosh zich va silliq matodan tikilgan kiyim - boshga nisbatan issiqni yaxshiroq saqlaydi.Ovqatlanishning ahamiyati. Ovqatlanish to‘g‘risidagi fan - nutritsiologiya - va uning amaliy jihatlari hozirgi zamon jamoat sog‘lig‘ini saqlashning muhim qismi sanaladi.
Sog‘lom turmush tarzining muhim shartlari. 1 - shart. Ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil qilish: Bu - kundalik iste’mol qiladigan oziq - ovqatlarni kishi tanasidagi fiziologik, biologik talablar asosida tashkil etish. To‘g‘ri ovqatlanish shunday tashkil etilishi kerakki, u o‘zining fizik, kimyoviy hamda biologik xususiyatlari bilan inson tanasiga og‘irlik qilmasligi, aksincha, tez va oson hazm bo‘lib, organizmni kerakli oziq moddalar bilan ta’minlay olishi lozim.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə