Reja: • Yuklamaning turlari va xususiyatlari



Yüklə 118,97 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.11.2023
ölçüsü118,97 Kb.
#139911
4mavzu



Mavzu: Sportchilar tayyorlashda yuklamaga umumiy tasnif 
Reja: 
• 
Yuklamaning turlari va xususiyatlari. 
• 
2.Mashq yuklamaning hajmi va shiddati 
• 
3. Yuklamalar orasidagi dam olishning ahamiyati 
Har qanday jismoniy mashqni bajarish tanani ancha yuqori darajadagi funktsional faollikka 
o'tkazish bilan bog'liq. Shunday qilib «mashg'ulot yuklamasi» tananing 
qo'shimcha 
faolligini
anglatadi. 
Tananing ortiqcha faolligi ma'lum miqdorda kuch sarfini talab etadi (bu kuchning kattaligi yuk 
kattaligiga bog'liq), bu ma'lum bir vaqtdan keyin charchashga olib keladi va tiklanishga
zarurat seziladi. 
Mashg'ulot yuklama kuch sarfi va charchashga olib kelish bilan birga tiklanish jarayonlarini 
qo'llaydi, ular faqat to'la tiklanish bilangina emas, balki ish qobiliyatini submaksimal va maksimal 
yuklamalarda to'la tiklanishini (superkompensatsiya) 
ta'minlaydi. 
Quyidagi 
yuklamalar 
farqlanadi: 

mashq (o'stiruvchi) - bu sportchi tanasida tarkibiy xarakterdagi an-chagina ijobiy
o'zgarishlarni ta'minlaydi. 

barqarorlashtiruvchi - bu erishilgan moslashish holatini mustah-kamlaydi. 
Shu bilan birga «mashg'ulot yuklamasi» tushunchasi mashqni sportchi tanasiga ta'siri darajasi 
sifatida, birinchi navbatda bu ta'sirning miqdoriy darajasini belgilaydi. Kam, o'rtacha, ma'lum darajadagi 
va yuqori yuklamalarni farqlash zarur. 
Yuklamaning turlari va xususiyatlari. Sport amaliyoti qo'llanilayotgan yuklamalar o'z xususiyati 
xarakteriga ko'ra mashq va musobaqa, odatiy (ma'lum sport ixtisosligi uchun) va noodatiy turlarga 
bo'linadi, o'stiruvchi ta'sir yo'nalishi bo'yicha kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik va 
ularning aralashmasini rivojlantirishga xizmat qiladi, ruhiy tanglik bo'yicha ko'p yoki kam ruhiy 
taranglikni talab qiluvchi, sportchi tanasiga ta'sir dara-jasi bo'yicha kichik, o'rta, sezilarli,
katta yuklarga taqsimlanadi. 
22-jadval 
Yuklama 
lar 
Yuklama 
kattalik 
mezonlari 
Hal 
etilishi 
lozim 
bo'lgan vazifalar 
Kichik 
Muhim ish 
qobiliyati 
davrining 1-fazasi (haqiqiy charchash boshlanguncha 
bajarilgan ishning 15-20%). Mashq bilan chiniq-qanlikning erishilgan 
darajasini saqlab qolish. Avvalgi yuklardan keyin tiklanish 
jarayonlarini tezlatish 
O'rta Muhim ish 
qobiliyati 
davrining 2-fazasi (haqiqiy charchash boshlanguncha 


bajarilgan ishning 40-60%) 
Mashq bilan chiniqqanlikning erishilgan 
darajasini saqlab qolish, mashqning xususiy 
vazifalarini hal etish 
Sezilarli 
Yashirin 
(kompensatsiyalangan) 
Charchash 
fazasi 
(haqiqiy 
charchash boshlanguncha 
bajarilgan 
ishning 60-70%) 
Mashq bilan chiniqishni ortishi 
Katta Haqiqiy 
charchashning vujudga kelishi Mashq bilan chiniqishni ortishi 
Yuklamaning tashqi va ichki tomonlariga tegishli ko'rsatkichlarni shartli ravishda 
farqlash
qabul qilingan. 
Yuklamaning tashqi tomoni - bu mashqlar bajarish davomiyligi, mashg'ulot mashqlarini 
takrorlash miqdori, harakat tezligi, tempi, tashilayotgan og'irlik kattaligi va 
h.k. 
Yuklamaning tashqi ko'rsatkichlari - murabbiy va sportchini yo'naltiradi, mashq jarayoni ayrim 
mashg'ulotlar va mashq vazifalarini miqdoriy o'lchamlarini belgilaydi. Mashq ishlarini rejalashtirish va 
hisobga olishda ulardan foydalaniladi. 
Yuklamaning ichki tomoni - bu tananing vazifaviy imkoniyatlarini jalb etish darajasi (ChSS, 
nafas olish hajmi, qon bosimi va boshqa ko'rsatkichlar). 
Yuklamaning ichki ko'rsatkichlari - (tananing vazifaviy siljishlari ko'rsatkichlari) mashqi 
yuklarinng maqsadga muvofiq hajmini, mashq yuki ta'siri ostida sportchi tanasidagi siljishlar 
dinamikasini haqqoniy baholashga 
imkon beradi. 
Mashq yuklamaning kattaligi - uning jadalligi (tangligi) va hajmi (miqdori) natijasi 
sifatida
belgilanadi. 
Yuklamaning bu kattaliklarini bir paytdagi ko'payishi ma'lum bir darajaga yetguncha davom 
etishi mumkin, bundan keyin jadallikning o'sishi hajmini pasayishiga 
olib 
keladi yoki 
aksincha. 
Mashq 
yuklamaning 
hajmi va 
shiddati 
Hajm - yuklama ta'sirining davomiyligi va ayrim yoki ko'pgina mashq, mashg'ulot, davr, 
bosqich, davra kabilar vaqtida bajarilgan ishlarning umumiy miqdori. 
Shiddati - mashqning har bir holatiga (tezlik, takrorlash miq-dori va h.k.) yuk ta'sirining
kuchlanishi 
va 
kuchining 
katta-ligi. 
Yuklama sportchi tanasiga ta'sir etishi faqat tashqi omillarga (hajmi va jadallik) tanadagi 
vegetativ (hayotiylikni ta'minlovchi tizim) siljishlargagina emas, balki bajarilayotgan mashqlarning ruhiy 
(xususan sezgi) tarangligi va muqobillashti-ruvchi murakkabligiga ham bog'liqdir. 
Amaliyotda yukning murakkabligini baholovchi bir necha usullardan foydalaniladi. 
Sport gimnastikasi - akrobatika va snaryaddagi elementlar muqobillashtiruvchi murakkabligiga
ko'ra (“A”,“B”,“S”,“D”) guruh-larga bo'linadi. 
Kurash - kurash usullari ularni o'tkazish murakkabligiga ko'ra turli miqdor ballari 
bilan
baholanadi. 
Yuklamalar orasidagi 
dam 
olishning 
ahamiyati 
Ma'lumki, mashq jarayoni dam olishni o'z ichiga oladi. Dam olish o'z qonuniyatlariga ko'ra 
amalga oshirilsagina mashqning tashkiliy tarkibiy qismi bo'lib qoladi. O'ta qisqa yoki uzoq muddatli dam 
olish mashq tarkibiga putur yetkazadi, uning asosiy tarkibidan ortiqcha mashq qilganlik yoki yetarli 
mashq qilmaslik sababiga aylanib qoladi. Mana shundan sport mashqidagi dam olishini tartiblash (yuk va 
dam olishni nihoyatda muvofiq-lashtirish) muammosi yuzaga keladi. 


Mashq jarayonidagi dam olish quyidagi ikki asosiy vazifani bajaradi: 1-mashq yuklaridan
keyin ish qobiliyatini ta'minlashga yordam beradi. 
2-yuklama samarasini yaxshilash (eng ma'qul varianti) vositalaridan biri bo'lib xizmat qiladi. 
Mashqlar orasidagi dam olish vaqtini kamaytirib yoki ko'paytirib yuk umumiy (kumulyativ)
samarasini ko'paytirish yoki kamaytirish mumkin. 
Dam olishning tiklanish fazasi oralig'i mashg'ulotlar orasi-dagi dam olish har doim ertaroq 
tugashi lozim, ya'ni superkompensatsiya fazasidan keyin boshlanadigan qayta (reduktsiya)
fazasi boshlanmay turib. 
Tiklanish jarayonlarining davomiyligi ko'pincha mashg'u-lotlar yo'nalishiga bog'liq 
bo'ladi. 
Sportchi tezlik yo'nalishidagi, shuningdek muqobillash-tiruvchi qobiliyat, tezlik-kuch sifati, 
texnik, mahoratni oshiruvchi mashg'ulotlardan keyin tezroq tiklanadi. 
Odatda bunday yo'nalishdagi katta yuklamali mashg'ulotlardan keyin tiklanish 2-3 
kunda
yakunlanadi. 
Mashg'ulotlar chidamlilikka yo'naltirilgan bo'lsa, sportchi tanasida muhim siljishlarni yuzaga 
keltiradi va shuning uchun tiklanish jarayoni sekinroq 5-7 kunda 
ro'y 
beradi. 
Tiklanish jaryonlari tezligi mashg'ulotning ko'pligi va sportchi mahorati darajasiga ham bog'liq. 
Yuqori ixtisosligi sportchida tiklanish II va III razryaddagiga qaraganda 1,5-3 marta
tezroq yakunlanadi. 
Tiklanish jarayonlarining davomiyligiga sportchi tanasi-ning shaxsiy xususiyatlari va
yuklamaning umumiy kattaligi ham ta'sir qiladi. 
Sportda jahon miqyosida erishilayotgan yutuqlar mashq jarayoni uslubi va 
mazmunini o'zgartirish zaruratini vazifa qilib qo'ymoqda va birinchi navbatda mashq yukining 
ham hajmini, ham jadalligini oshirish ko'zda tutiladi. 
Mashq yuklamaning o'sishi, tiklanishining zamonaviy vositalarini tadbiq etilishi sportchilarning 
moslashish imkoniyatlarini oshishiga, ular yanada yuqori sport yutuqlariga erishishga yordam beradi. 20-
25 yil ilgari yosh sportchilar imkoniyatiga to'g'ri kelmaydigan holat hozirgi paytda me'yor bo'lib qoldi. 
Turli asosiy yo'nalishdagi yuklarni to'g'ri muvofiq-lashtirib va ketma- ket qo'llab, tiklanishning kattaligi 
va vaqtini o'zaro kelishtirib kuniga ikki va uch marta mashq qilish imkoniyati tug'iladi. 

Yüklə 118,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə