Sahnaga ikki boshlovchi chiqib keladi boshlovchi



Yüklə 25,41 Kb.
səhifə2/4
tarix15.05.2023
ölçüsü25,41 Kb.
#110375
1   2   3   4
senariya

2- o‘quvchi


Yod etmas emish kishini mehnatda kishi,
Shod etmas emish kishini g‘urbatda kishi.
Ko‘nglim bu g‘ariblig‘da shod o‘lmadi oh, G‘urbatda sevinmas emish albatta kishi.
Tole yo’g’i boshimg’a balolig’ bo’ldi,
Har neniki ayladim hatolig’ bo’ldi,
O’z yurtni qo’yib Hind sori yuzlandim, Yo Rab netayin, bu ne yuz qarolig’ bo’ldi.
4
Ahbob, yig’ilmoqni farog’at tutungiz,
Jamiyatingiz borini davlat tutungiz. Chun gardishi charx bu durur, tengri uchun, Bir – birini necha kuni g’animat tutungiz.
5
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Sarrishtai ayshdin ko’ngulni zinhor Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
6
Sen gulsenu men haqir bulbuldirmen,
Sen shu’lasen,ul shu’lag’a men kuldirmen.
Nisbat yo’qdur,deb ijtinob aylamakim, Shohmen elga,vale senga quldurmen.
7
Har kimki vafo qilsa vafo topgusidur,
Har kimki jafo qilsa jafo topgusidur,
Yaxshi kishi yomonlig’ ko’rmagay hargiz, Ha kimki yomon bo’lsa jazo topgusidur! 8
Ko’pdin berikim yor-u diyorim yo’qtur, Bir lahza-yu, bir nafas qarorim yo’qtur.
Keldim bu sorig’a o’z ixtiyorim birla, Lekin borarimda ixtiyorim yo’qtur. 9
Bu xasta ko’ngil erdi, visoling ila xush,
Jonim ham erur sening jamoling ila xush.
Hijron g’ami garchi asm noxushdir,
Fikring bila shodman, xayoling bila xush
Sarvinozim qo’shig’iga raqsi 1- boshlovchi:
Bobur Hindistonda shoh bo‘lsada, bir umr Vatanim, uning tuprog‘ini bag‘rikeng odamlarini sog‘inib yashadi.
2- boshlovchi:
U o‘zga yurt toji taxtidan Vataning bir siqim tuprog‘ini afzal deb bildi. Shoir g‘azallarida, ruboiylarida armonga aylangan Vatan sog‘inchini his etamiz.
(Maktab o‘quvchilari tomonidan kichik sahna ko‘rinishi namoyish etiladi.) Mayin musiqa yangraydi.
Bobur taxtda o‘tiribdi. Atrofdagi uch-to‘rt mulozimlari bilan mamlakatdagi siyosiy axvol, soliqlar to‘g‘risida suhbatlashmoqda. Shunda soqchi kelib bir kishi Boburning huzuriga kirish uchun izn so‘rayotganini aytadi.
Bobur: -Ruxsat, huzurimga olib kelingiz. (Notanish kishi qo‘lida qovun bilan kirib keladi va ta'zim qiladi.)
Kishi: Assalomu alaykum, hazratim. (Ta'zim keltiradi.) Men savdogarman. Sizning huzuringizga kelishimdan maqsad Andijondan keltirilgan qovundan olib keldim. Ona yurtimizdan olib kelingan bu ne'matdan totib ko‘ring, hazratim. Zora sog‘inchingizga malham bo‘lsa. (Bobur sekin taxtdan tushib kelib titroq qo‘llari bilan qovunni oladi. Uni uzoq hidlab yuz-ko‘zlariga surtadi va o‘ta g‘amgin holda gapiradi.)
Bobur: Rahmat, sizga. Vatanimning xush bo‘ylarini olib kelgan bu qovunda Andijon shamoli-yu, musaffo havosini, tabarruk tuprog‘ining isini, beqiyos ekinzorlarining go‘zalligini, bolaligim o‘tgan go‘zal vodiylar manzarasi, dilkash xalqimning nafasini,
ota-onam mehrini tuydim. Kindik qonim to‘kilgan Vatan -mening beshigim, sog‘inchim va tuganmas armonlarimdir.
Tole yo‘qki jonimga balolig‘ bo‘ldi, Har ishniki ayladim, xatoliq bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,
Yo, rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.

Yüklə 25,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə