S. F. Abdirasilov


A.Dyurer. Apparat yordamida perspektivada tasvirlash



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

A.Dyurer. Apparat yordamida perspektivada tasvirlash.
Setka orqali perspektivada tasvirlash.
20
www.ziyouz.com kutubxonasi


Uyg‘onish davri rassomlarining katta xizmatlari shundan iborat 
bo‘ldiki, ular tasviriy san’atda anatomiya, perspektiva, yorug‘-soyaning 
benihoyatda katta ahamiyatini asoslab berdilar. Natijada san’at asarlari 
o‘zining yuksak badiiyligi va haqqoniyligi bilan tomoshabinlarni loi 
qoldiradigan bo‘Idi.
A.Dyurer. Bosh konstruksiyasini
tasviri.
Shon. Qalamtasvir.
Shunga qaramasdan tasviriy san’atni o‘qitish tizimini yaratish 
ularga nasib etmadi. Bu muammolar, asosan, XVI 
asrdan boshlab 
yechimini topa boshlagan. Bir qator akademiyalar tashkil etilishi ishni 
yengillashtiradi. Bunday akademiyalar Florensiya, Rim, Balon kabi 
shaharlarda ochildi. Avvalgi vaqtlarda bunday maktablar xususiy 
shaxslar tomonidan tashkil etilgan bo'lsa, endi davlat va jamoalar ham 
bunga o‘z ulushlarini qo‘shaboshlagan edilar. Bu o‘quv yurtlari orasida 
mashhur rassom, haykaltarosh va muallim aka-uka Karrachilar hamda 
uning amakivachchalari Agostino va Annibale tomonidan ochilgan 
badiiy Akademiya ko‘proq iz qoldirdi. Ular yaratgan o‘qitish tizimida 
o‘quv materiallarini qisqa vaqtda o'zlashtirish, o'quvchilami ilmiy 
bilimlar, muntazám mashq, qonun va qoidalar asosida rasm ishlash 
malakalarini hosil qilish asosiy o‘rinni egalladi.
21
www.ziyouz.com kutubxonasi


S.Bottichelli.
Nisbat kanoni.
0
0
F.Dyupyui modellari.
G.Golbeyn. Qoralamalar.
Bu rassom-o‘qituvchilar 
0
‘zlaridan 
aw al o‘tgan rassomlaming tajribalari va 
yutuqlarini umumlashtirib, talabalarni shu 
asosda o‘qitishga harakat qildilar. Ular o‘z 
faoliyatlarida yorug'-soya, kolorit, rang, 
konstruksiya, 
anatomiya, 
perspektiva 
masalalariga alohida e’tibor berdilar. Ayrim 
tarixiy va san’atshunoslik ma’lumotlariga 
qaraganda A.Dyurer tomonidan bir qator 
nazariy va amaliy qo‘llanmalar yaratilgan. 
Lékin ulardan ayrimlari saqlanib qolgan
xolos.
Akademik tizimiga ko‘ra jiddiy ilmiy 
bilimlarsiz 
rasm 
ishlashni 
o‘rganib 
bo'lmaydi. Bolalar rasm chizish orqali 
borliqni bilib boradilar. Bu sifat har bir 
shaxs uchun, u qaysi sohaning mutaxassisi 
ekanligidan qat’i nazar zarur deb hisoblandi.
XVII-XIX 
asrlarda 
G‘arbiy 
Yevropa. Keyinchalik Baloni akademiyasi 
ta’sirida 
Parijda, 
Venada, 
Berlinda, 
Madridda, 
Peterburgda, 
Londonda ana 
shunday akademiyalar ochildi.
22
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tasviriy san’atni hamma umumiy ta’lim maktablarida o‘qiti- 
lishining foydali ekanligi buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy 
tomonidan uning «Buyuk didaktika» asarida rivojlantirildi.
Umumiy ta’lim tizimida rasm ishlashni takomillashtirishda fransuz 
olimi J.J.Russoning fikrlari diqqatga sazovordir. U o‘zining «Емил или 
воспитание» nomli kitobida borliqni bilishda naturaga qarab rasm 
ishlashning ahamiyati katta ekanligini isbotlab bergan. Uning fikricha 
rasm chizishni ko'proq tabiat qo‘ynida amalga oshirish samaralidir. 
Chunki, bolalar tabiat qo‘ynida narsalami haqiqiy rangi, perspektiv 
qisqarishlarini ko‘rgazmali ravishda o‘z ko‘zlari bilan ko‘radilar, uning 
qonunlarini ongli ravishda tushunib yetadilar.
Yevropa pedagoglari orasida rasm chizishni umumiy ta’lim 
maktablarida alohida o‘quv predmeti sifatida o‘qitilishi va uni 
takomillashtirishda I.V.Gyote (Germaniya), I.G.Pestalotssi, I.Shmidt va 
P. Shmidt (Shvetsariya), A. Dyupyui va F. Dyupyuilar (Fransiya) katta 
hissa qo‘shdiIar.
Umumiy ta’lim maktablarida rasm ishlashda natural metoddan 
ko‘ra geometrik metodlarni afzalliklarini N.Pestalotssi, P.Shmidt va 
I.Shmidt kabi pedagoglar yoqlab chiqdilar. Natijada, maktablarda rasm 
chizishga o‘rgatishda ikkita qarama-qarshi natural va geometrik 
metodga asoslangan ikki oqim paydo boidi. Naturaga asoslangan rasm 
chizishni ustunliklarini Ya.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.V.Gyotelar 
yoqlagan boisalar, geometrik metodni ko‘proq I.G.Pestalotssi, I.Shmidt 
va P.Shmidt, F.Dyupyuilar asoslashga harakat qildilar.
Lekin XIX asrning ikkinchi yarmidan geometrik metod 
Yevropaning ko‘p mamlakatlarida qoilanila boshlandi. Shunday qilib,
XIX asr o‘rtalariga kelib, Yevropada rasm chizish fan tarzida umumiy 
ta’lim maktablarida o‘qitilishi ancha rivoj topdi. Bu sohada rassom va 
muallimlardan tashqari san’atshunoslar, pedagog, psixologlar, shifokor- 
lar shug‘ullana boshladilar. Rasm chizishni 
0
‘qitish metodologiyasiga 
doir bir qator adabiyotlar nashr etila boshlandi. Bu borada Kulman, 
Prang, Eisner, Baumgml, Ausberg, Braunshvig, Tedd kabilar jonbozlik 
ko‘rsatdilar. Bular tomonidan yaratilgan adabiyotlarda rasm chizish 
qoidalari, uning metodikasida qarama-qai'shi fikrlar boisa-da, biroq 
natural metod borasida bunday qarama-qarshi fikrlar ro‘y bermadi.

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə