S. F. Abdirasilov



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

UDK: 75.03 (075)
KBK 74.268.51
Taqrizchilar: 
N.ABDULLAYEV-K.Behzod nomidagi Milliy ras­
somlik va dizayn instituti professori; 
S.BULATOV-Amaliy san’at va uni o‘qitish 
metodikasi kafedrasi professori, p.f.doktori; 
0 ‘.NURT0YEV-Tasviriy san’at va uni o‘qitish 
metodikasi kafedrasi dotsenti, p.f.nomzodi.
ISBN 978-9943-10-731-1
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2012.
www.ziyouz.com kutubxonasi


KIRISH
Ushbu darsHk boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ish bakalavr ta’lim 
yo'nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun moijallangan 
boiib, bugungi kun talabiarini hisobga olib tuzildi. Unda boiajak 
boshlangich ta’lim o‘qituvchilarini barkamol inson etib tarbiyalashda 
tasviriy va amaliy san’atimizning tutgan o‘mi, badiiy ta’limni 
rivojiantirish, madaniy merosimizni mukammal bilish yoiidagi olib 
borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy ishlaming mohiyatini ochib berish 
nazarda tutilgan. Darslik boiajak boshlangich ta’lim o‘qituvchisi 
tasviriy san’atning tur va janrlari, tasviriy san’at nazariyasi va tarixi
boshlangich sinflarda tasviriy san’at o‘qitish metodikasi kabilardan 
nazariy bilim asoslari va amaliy ko'nikmalarini egallashga qaratilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


I bob. TASVIRIY SAN’AT 0 ‘QITISH METODIKASI FANÍNING 
NAZARIY MAZMUNI
1.1. Tasviriy san’at o‘quv fani, uning maqsadi va vazifalari
Ma’lumki, Oliy va o'rta maxsus pedagogika o‘quv yurtlarida ta’lim 
mazmuni kunning eng dolzarb vazifalaridan biri boiib turibdi. Bu 
vazifani hal etish hozirgi davr o‘qituvchisini o‘z fani doirasida chuqur va 
keng bilimli, shuningdek, ijodkor va izlanuvchan boiishini talab qiladi.
Shu maqsadda boshlangich ta’lim va tarbiyaviy ish ta’lim 
yo‘nalishida «Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi» fani o‘qitiladi. Bu 
fanning asosiy maqsadi talabalarni boshlangich sinflardagi «Tasviriy 
san’at» darslarini o‘qitishga tayyorlash, tabiatdagi hamda tasviriy san’at 
asarlaridagi go'zallikni ko‘ra bilish va idrok etish, badiiy did, ko'rish 
xotirasi, rangni sezish, fazoviy tasawur, kuzatuvchanlik va badiiy ijodiy 
qobiliyatiami o‘stirishdan iborat.
«Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi» kursining asosiy vazifalari 
quyidagilar:
- boiajak boshlangich sinf o‘qituvchilarida tasviriy san’at 
metodikasi bo‘yicha bilim va malakalami hosil qilish va o‘stirish;
- boiajak boshlangich sinf o‘qituvchilariga tasviriy san’atning 
nazariy va amaliy asoslari (yonig‘, soya, perspektiva, kompozitsiya) 
haqidagi bilimlarni puxta egallashga yordam berish;
- boiajak boshlangich sinf o'qituvchilarida rasm ishlash va badiiy 
ijod bo‘yicha ko‘nikma va malaka hosil qilish;
- o‘zbek va jahon xalqlari tasviriy, amaliy va me’morchilik san’ati 
bilan yaqindan tanishtirish va chuqur o‘rgatish;
- tasviriy san'at o‘qitish metodikasining o‘ziga xos rivojlanishi 
tarixi, maqsad va vazifalari, nazariy asoslari haqida ma’lumot berish;
- talabalarni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish 
yoilari bilan tanishtirish.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə