Research in educational sciences volume 2



Yüklə 247,84 Kb.
səhifə8/12
tarix22.12.2023
ölçüsü247,84 Kb.
#153875
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1074-1091

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xatti
Tanosub (ar. – mos, mutanosib, daxldor) – baytda ma'no jihatdan bir-biriga yaqin va o„zaro mutanosib so„zlarni qo„llashga asoslangan badiiy san'at. Ilmi badi'ga doir mumtoz manbalarda muroat un-nazir (ba'zan tavfiq, iytilof va talfiq) nomi bilan keladi. Tanosub san'ati haqidagi dastlabki ma'lumot Umar Roduyoniyning “Tarjumon ul-balog„a” (11-a.) asarida keltirilgan: “Agar she'r aytuvchi ma'no jihatidan bir-biriga o„xshash, xususan “oyu quyosh, daryoyu kishtiy” kabi so„zlarni qo„llasa, uni muroot un-nazir deb ataydilar”.
Tanosub haqdagi nisbatan kengroq ma'lumot Atoulloh Husayniyning ―Badoyi' us-sanoyi'‖ (15-a.) asarida berilgan bo„lib, muallif ushbu san'atga shunday ta'rif beradi: “Ani tanosub, tavfiq, iytilof va talfiq ham derlar, Ul andog„durkim, kalomda anga munosib hodisa va nimalarni jam' qilurlar...” Shuningdek, asarda tanosub san'atining darajalari va nomlanishi bilan bog„liq muhim ma'lumotlar ham keltirib o„tilgan.
Alisher Navoiy ijodida tanosub san'ati keng istifoda etilgan bo„lib, bu san'atning Shoir lirikasida qo„llanilish holatini quyidagicha tasnif qilish mumkin:
1. Bayt tarkibida bir guruhga mansub va ma'no jihatdan bir-biriga yaqin bir necha so„zlarni keltirish orqali tanosub san'atini qo„llash.
Vasl shomi kuymagan parvona shoyad qolmag‗ay, Bu shafaqgun hullakim sham'i shabistonimdadur.
(“Badoye‟ ul-vasat”, 194-g„azal)
1. Bayt tarkibida ikki ma'no guruhiga oid so„zlarni keltirib, har ikki guruh orasidagi so„zlarni bir-biriga qiyoslash yoki qarshi qo„yish orqali tanosub san'atini qo„llash. Masalan,
Xattining vasfin yozarmen kirpiku xoli bila,
Xat yozarda chun zaruratdur qalam birla midod.
(“G„aroyib us-sig„ar”, 120-g„azal)


Tasнxis (ar. – jonlantirish, shaxslantirish) – hayvonlar, qushlar, o„simliklar va jonsiz narsalarga insonning xususiyatlarini ko„chirish san'ati. Bu holat tasodifiy bo„lmay, tasvir ob'ekti bo„lmish hayvon, o„simlik yoki jonsiz predmetning muayyan belgisi bilan inson xususiyati yoki fe'l-atvori o„rtasidagi biror ramziy o„xshashlikka

asoslanadi. Tashxis san'ati ilmi badi'ga doir manbalarda alohida nom bilan keltirilmaydi, balki istioraning bir turi, ba'zan majozning bir turi sifatida beriladi.


Tashxis san'ati Alisher Navoiy asarlarida ko„proq tabiat lirikasi bilan bog„liq holatda namoyon bo„ladi.

Yüklə 247,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə