Research in educational sciences volume 2



Yüklə 247,84 Kb.
səhifə5/12
tarix22.12.2023
ölçüsü247,84 Kb.
#153875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1074-1091

Mubolag‘а (ar. – kattalashtirish, kuchaytirish) – adabiy asarda tasvirlanayotgan badiiy timsol harakati yoki holatini bo„rttirib, kuchaytirib ifodalash san'ati. Bu xil tasvirda badiiy timsol xususiyatlari yanada yaqqol namoyon bo„ladi, o„quvchi ko„z oldida yorqinroq gavdalanadi.
Mubolag„a san'ati haqida ilmiy badi'ga doir mumtoz manbalar: Umar Roduyoniyning “Tarjumon ul balog„a”, Rashididdin Vatvotning “Hadoyiq us sehr”,

Shams Qays Roziyning “Almo„jam”, Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul balog„a” asarlarida ma'lumotlar keltirilgan bo„lib, mazkur asarlarda M.ning asosan ig‗roq turiga to„xtalib o„tilgan. Xususan, “Funun ul balog„a” muallifi shunday yozadi: “Bu san'at aningdek bo„lurkim, bir narsaning vasfinda mubolag„ani had va g„oyattin o„tkarurlar”. Sharafiddin Romiy esa o„zining “Haqoyiq ul xadoyiq”asarida (14 a.) mubolag„ani uning yuqori darajasi bo„lgan ig„roqdan ajratish zarurligini ta'kidlaydi. Mubolag„a va uning darajalari haqida nisbatan to„liqroq ma'lumot Atoulloh Husayniyning “Badoyi' us-sanoyi'” asarida berilgan bo„lib, muallif mubolag„aning tablig„, ig„roq, g„uluvv, mardud g„uluvv kabi turlarini keltiradi.M.ning quyidagi 3 darajasi mumtoz adabiyotimizda, xususan Alisher Navoiy ijodida keng qo„llanilgan:


1) tablig‗ – (ar.) aqlan ishonish mumkin bo„lgan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo„lgan mubolag„a. Bunda bo„rttirib tasvir qilinayotgan hodisa yoki xususiyat aqlga to„g„ri keladi va ba'zan qiyinchilik bilan bo„lsa da, amalga oshishi ham mumkin.
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi, Ko‗zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
(“Badoyi' ul vasat”, 608 g„azal)
Visol va'dasini bergan yorning kelmagani oqibatida oshiqning kechasi bilan uxlamay chiqishi mubolag„ali tasvir, lekin bu holatni aqlan tasavvur ham qilish mumkin va ba'zan hayotda ham uchrab turadi.

1) ig‗roq – (ar. kamonni qattiq tortmoq) – aqlan ishonish mumkin bo„lsa ham, hayotda yuz bermaydigan mubolag„a. Bunday tasvirda o„quvchi voqea yoki xususiyatni ko„z oldiga keltirib, tasavvur qila oladi, biroq uning amalda yoki hayotda sodir bo„lishi mumkin emas. Masalan, “Farhod va Shirin” dostonida Shirinning oti yiqilay deganda, Farhodning otni va Shirinni yelkasiga ko„tarib bir necha chaqirim yo„l bosishini aqlan qabul qilish mumkin bo„lsa ham, bunday voqea hayotda yuz berishi mumkin emas:




Ko‗tardi orqasig‗a bodponi, Nechukkim bodpo, ul dilraboni...


Chu ikki-uch yig‗och gom urdi shaydo, Bo‗lub ollinda qasru havz raydo.



  1. g‗uluvv (ar. – qo„lni imkon boricha baland ko„tarish) – aql ham bovar qilmaydigan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo„lmagan mubolag„a:



Har qizil gulkim, yuzung shavqida olib isladim, yetkach ohim shu'lasi, ani sarig‗ gul ayladim.
(“Favoyid ul kibar”, 426 g„azal)
Baytda keltirilishicha, oshiq o„z yorining qizil yuzini sog„inib, qizil gulni olib hidlagan ekan, ohining shu'lasidan qizil gul sariq gulga aylanibdi. Tasvirlanayotgan ushbu hodisani aqlan qabul qilish mumkin emas hamda bunday hodisa hayotda ham yuz bermaydi.

Yüklə 247,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə