Misr Arab Respublikasi



Yüklə 5,61 Mb.
tarix31.05.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#114521
Misr Arab Respublikasi

Misr Arab Respublikasi

Misr Arab Respublikasi Afrikaning shimoli-sharqida hamda kichik qismi Osiyo qit'asidagi Sinoy yarimorolida joylashgan. Qirg'oqlari shimolda O'rta, sharqda Qizil dengiz suvlari bilan yuviladi. Suvaysh kanali bu ikki dengizni tutashtiradi hamda ayni paytda, Afrika va Osiyoning chegarasi hisoblanadi. Suvaysh kanalining o'tganligi, Osiyo va Afrika tutashgan hududda joylashganligi Misr iqtisodiy geografik o'rnining qulayligini belgilaydi.

  • Misr Arab Respublikasi Afrikaning shimoli-sharqida hamda kichik qismi Osiyo qit'asidagi Sinoy yarimorolida joylashgan. Qirg'oqlari shimolda O'rta, sharqda Qizil dengiz suvlari bilan yuviladi. Suvaysh kanali bu ikki dengizni tutashtiradi hamda ayni paytda, Afrika va Osiyoning chegarasi hisoblanadi. Suvaysh kanalining o'tganligi, Osiyo va Afrika tutashgan hududda joylashganligi Misr iqtisodiy geografik o'rnining qulayligini belgilaydi.

Boshqaruv shakli - prezidentlik respublikasi. Misr poytaxti - Qohira shahri Nil deltasida joylashgan.

  • Boshqaruv shakli - prezidentlik respublikasi. Misr poytaxti - Qohira shahri Nil deltasida joylashgan.

Misr prezidenti-Abdul-Fattox Xalil As-Sisi

Tabiiy sharoiti va resurslari

  • Tabiiy sharoiti va resurslari. Misrning hududi, asosan, tekisliklardan iborat. Faqat Qizil dengizga yaqin qismi hamda Sinoy yarimorolida tog'lar mavjud. Foydali qazilmalardan Misrda, asosan, neft, tabiiy gaz, temir rudasi, fosforit konlari mavjud. Misr hududining katta qismi tropik, O'rta dengiz sohili esa subtropik iqlim mintaqasida joylashgan. Yozi juda
  • issiq, qishi iliq. Yog'in juda kam yog'adi, yillik miqdori, odatda, 200 mm dan oshmaydi. Shuning uchun mamlakat hududi, asosan, tropik cho'llar bilan band.

Issiq va quruq iqlim sharoitida Misr uchun suv resurslarining yetishmovchiligi xos. Mamlakatning yagona daryosi - uning hududini janubdan shimolga kesib o'tib, O'rta dengizga quyiladigan Nil - cho'llari orasidan oqib o'tadigan tranzit daryodir.

  • Issiq va quruq iqlim sharoitida Misr uchun suv resurslarining yetishmovchiligi xos. Mamlakatning yagona daryosi - uning hududini janubdan shimolga kesib o'tib, O'rta dengizga quyiladigan Nil - cho'llari orasidan oqib o'tadigan tranzit daryodir.
  • Nil daryosida jahondagi eng yirik suv omborlaridan biri - Asvon suv ombori barpo etilgan.

Asvon suv ombori

Aholisi

  • Misr Afrika davlatlari orasida aholi soni bo'yicha Nigeriya va Efiopiyadan keyingi uchinchi o'rinda turadi. Aholining tabiiy o'sishi nisbatan yuqori darajada saqlanib kelmoqda. Misr aholisi yiliga deyarli 2,5 % ga, ya'ni 2 milliondan ziyod kishiga ko'payadi.
  • Misrda shahar aholisining ulushi 45 % atrofida va bu ko'rsatkich Shimoliy Afrikaning boshqa davlatlariga nisbatan pastroq darajada. Eng yirik shaharlari qatoriga Qohira, Iskandariya va Giza kiradi.

Aholisi

  • Misr bir millatli davlat hisoblanadi, chunki aholisining 99 % i arablardan iborat. Keng tarqalgan din - islom. Lekin misrliklarning 10 % ga yaqin qismi xristian diniga mansub.
  • Misrda aholi juda notekis joylashgan. Misrliklarning 90 % idan ziyod qismi aholi zichligi bilan jahon miqyosida ajralib turadigan Nil vodiysi va deltasida yashaydi. Shuningdek, Suvaysh kanali bo'yida, O'rta va Qizil dengizlar sohillarida ham aholi zichligi birmuncha yuqori.

Iqtisodiyoti

  • Misr Afrika qit'asidagi davlatlar orasida eng katta iqtisodiy salohiyatga ega davlatlardan biri. Mamlakat iqtisodiyoti agrar-industrial xarakterga ega. Sanoati, asosan, neft- gaz, to'qimachilik, oziq-ovqat va kimyo tarmoqlariga ixtisoslashgan. Shuningdek, metallurgiya, mashinasozlik sanoati ham rivojlanib bormoqda.

Qishloq xo'jaligi sug'orma dehqonchilikka tayanadi. Asosiy ekinlar - paxta, sholi, makkajo'xori, sabzavot, meva va poliz ekinlari. Chorvachilikning asosiy tarmog'i qoramolchilik hisoblanadi.

  • Qishloq xo'jaligi sug'orma dehqonchilikka tayanadi. Asosiy ekinlar - paxta, sholi, makkajo'xori, sabzavot, meva va poliz ekinlari. Chorvachilikning asosiy tarmog'i qoramolchilik hisoblanadi.

Misr Arab Respublikasining davlat byudjeti uchun Suvaysh kanali orqali kemalar tranzitidan tushadigan bojlar muhim daromad manbayidir.

  • Misr Arab Respublikasining davlat byudjeti uchun Suvaysh kanali orqali kemalar tranzitidan tushadigan bojlar muhim daromad manbayidir.

Misr iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri turizm hisoblanadi. Turizmning rivojlanishiga Misr dengizbo'yi hududlarining tabiiy sharoiti hamda mamlakatning juda boy tarixiy-madaniy merosi katta ta'sir ko'rsatadi.

  • Misr iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri turizm hisoblanadi. Turizmning rivojlanishiga Misr dengizbo'yi hududlarining tabiiy sharoiti hamda mamlakatning juda boy tarixiy-madaniy merosi katta ta'sir ko'rsatadi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə