Reja: O’pkaning tuzilishi


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 48,52 Kb.
səhifə3/12
tarix20.01.2023
ölçüsü48,52 Kb.
#98857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
23-35 fiziologiya

Foydalanilgan adabiyotlar

  • Odam va hayvon fiziologiyasi , K.T Almatov , Toshkent “Universitet” – 2004

  • Odam va Hayvonlar fiziologiyasi , Rajamurodov Z.T , «Tib kitob» nashriyoti Toshkent - 2010 yil

  • Odam fiziologiyasi , E.Nuritdinov , Toshkent “ ALOQACHI” - 2005

26- Mavzu:Nafas olish va chiqarish.


Reja :
1.Nafas olish.
2.Nafas chiqarish
Nafas olish - inspiratsiya ko'krak qafasining eniga, bo'yiga va balandligiga kengayishi hisobiga sodir bo'ladi. Jumladan, nafas olinayotgan paytda qaburg'alararo tashqi tishsimon muskullar qisqarishi natijasida ko'krak qafasi eniga kengaysa, diafragmaning qorin bo'shlig'i tomon tortilib, konus shakliga o'tishi natijasida bo'yiga, tosh suyagining pastga tushishi hisobiga balandligiga tomon kengayadi. Oqibatda ko'krak qafasining ketidan o'pka ham kengayib, uning ichidagi bosim pasayadi, natijada unga havo so'rib olinadi. Havo so'rilishi o'pkaning batamom kengayib, ichidagi bosim atmosfera bosimi bilan tenglashguncha davom etadi. Nafas olinayotganda ko'krak qafasining eniga faol kengayishi tufayli ko'krak bo'shlig'idagi bosim sezilarli darajada,masalan, yirik hayvonlarda (simob ustuni hisobida) 30-50 mm gacha pasayib ketadi. Natijada o'pkaning kengayishi uchun juda yaxshi imkon tug'iladi. Ko'krak qafasining kengayishida ishtirok etadigan muskullarga (masalan, qaburg'alararo tashqi tishsimon muskullar) inspirator muskullar deyiladi. Nafas chiqarish -ekspiratsiya. Nafas olish, ya’ni havoni o'pkaga so'rish - inspiratsiya tugashi bilanoq nafas chiqarish ekspitatsiya boshlanadi.
Nafas tugashi bilanoq qaburg'alar o'z og'irligi va to'g'aylarning elastikligi tufayli avvalgi, holatini egallashga intilib siqila boshlaydi. Qaburg'alararo tishsimon muskullar ham qisqarib, qaburg'alarning siqilishiga yordam beradi. Shuning natijasida ko'krak qafasi va unga ergashib o'pka ham toraya boshlaydi. Bu vaqtda qorin bo'shlig'idagi organlarning bosimi tufayli, diafragma ko'krak bo'shlig'i tomon egilib, qavariq holatga o'tadi. To'sh suyagi esa, avvalgi vaziyatini egallaydi, mana shulaming hammasi ko'krak qafasining bo'yiga va balandligiga torayishini ta’minlydi. Shunday qilib, har tomondan ko'krak qafasining torayishi oqibatida, o'pka ham torayib, nafas chiqariladi. Qaburg'alarning siqilishi va shu tariqa ko'krak qafasining torayishida ishtirok etadigan muskullarga (masalan, qaburg'alararo ichki tishsimon muskullar) ekspirator muskullar deyiladi. Nafas harakatlari. Nafas olish aktida, o'pka passiv rolni o'ynaydi. Ular faol holda kengayish va qisqarish xususiyatiga ega emas, chunki ularda muskullar yo'q. Nafas olishda havoning o'pkaga kirishi va nafas chiqarishda uning o'pkadan haydalishi nafas muskullarining bo'shashishi va qisqarishi tufayli amalga oshadi, chunki bu muskullar nafas aktida hal qiluvchi rolni o'ynaydi. Nafas muskullarining qisqarishi bosh miya yarim sharlarini neyronlariga tushadigan impulslar hisobiga o'z-o'zidan chaqirilishi mumkin. Ammo, o'rganish bo'lib qolgan sharoitlarda nafas harakatlari ongga bogiiq boimagan holda bajariladi. Bu harakatlar chuqur uyqu paytida ham va boshqa hollarda ham, ya'ni katta yarim sharlar faoliyati kuzatilmagan paytda ham bajariladi. Nafas harakatlaming chastotasi barcha hayvonlarda bir xil emas. Yangi tug'ilgan bolalarda tinchlik paytida nafas chastotasi daqiqasiga 40-60 marta boiadi. Yosh ortishi bilan nafas chastotasi sekin-asta kamayadi. Balog'at davri oldidan, nafas chastotasi qiz bolalarda o'g'il bolalarga nisbatan tezroq boiadi va bu butun hayot davomida saqlanib qoladi. 140 Voyaga yetgan odamlar 12 dan 24 martagacha nafas harakatlarini bajaradi yoki bir daqiqada o'rtacha 16-20 marta nafas harakati bajariladi, otlarda -10-15 marta, sigirlarda 10-30, cho'chqalarda 8-18 marta harakat kuzatiladi. Odam tik turganida nafas harakatlari o'tirgan yoki yotganidagidan ko'proq boiadi. Jismoniy ish, hayajonlanish, atrof-muhit harorati oshishi va ovqat hazmi nafas olishni tezlashtiradi va chuqurlashtiradi. Uyqu paytida nafas olish ancha siyraklashadi (deyarlik 1/5). Nafas chastotasining tezlashishi nafas chuqurligini yuzakilashiga sabab boiadi. Nafas chastotasi va chuqurligiga moddalar almashinuvi ta’sir ko'rsatadi, yuqori mahsuldorli hayvonlarda kuchli moddalar almashinuvi lcelganligi tufayli nafas chastotasi bir daqiqada 30 marta boisa, moddalar almashinuvi kam boigan o'rta mahsuldorlik hayvonlarda o'rtacha 15-20 martaga teng boiadi. Ko'krak hujayralarining nafas harakatlarini yozib olishga pnevmografiya deyilsa, yozib olingan chizmaga pnevmogramma deyiladi. Nafas olish va chiqarish mexanizmi. Nafas olish (inspirasiya) paytida inspirasiya muskullarining qisqarishi, nafas chiqarishda (ekspirasiya) esa o'sha muskullarning bo'shashishi yuz beradi. Kuchli nafas olishda esa ekspirasiya muskullari ham qisqaradi. Nafas olish, nafas chiqarishdan qisqa. Nafas chiqarishning davomiyligi, nafas olish vaqtidan 1,5 barobar uzoq. Odatiy nafas chiqarishpassiv aktdir. Nafas chiqarish muskullarining bo'shashi natijasida ko'tarish kuchi va nafas olishda buralgan qobirg'alaming tog'ayli chlari ko'krak qafasini pastga tushishiga olib keladi. Diafragmaning qisqarishi natijasida pastga tushgan qorin bo'shlig'i organlari ko'tariladi. Nafas chiqarishda ashula aytish va nutq funksiyalari bajariladi. Odatiy nafas olishda diafragma tashqi qobirg'alararo va tog'aylararo muskullar qisqaradi. Kuchli nafas olishda diafragma, uch juft zinali muskullar, qobirg'alami ko'taruvchi to'sh-yelka kamarini va orqaga tortilgaan yelkalami qimirlatmay turuvchi muskullar, tashqi qobirg'alararo, oldingi va keyingi tishli muskullar, kuraklami ko'taruvchi, yelkaning keng muskuli, trapesiyasimon muskullar, katta va kichik ko'krak muskullari qisqaradi. Kuchli nafas chiqarganda esa ichki qobirg'alararo tashqi va qisman bel-o'qli muskullarni o'rtangi qismi, pastki keyingi tishli muskul, qorinni qiyshiq va to'g'ri muskullari qisqaradi. Nafas olishda nafas muskullarining qisqarishi ko'krak qafasini oldinga-orqaga (sagittalli) va eniga (frontalli) 141 yo'nalishlarda, qobirg'alami ko'tarilishi va ulami ayrilishi hisobiga oichamining ortishi diafragmaning qisqarishi hisobiga bajariladi. Nafas muskullarining qisqarishi to'sh va qobirg'alami ko‘taruvchi yukni bartaraf etadi, qobirg'alami, tog'aylarini elastik buralishini yuzaga keltiradi, qorin ichidagi organlarni pastga tushiradi va qorin devorlarini elastik holda cho'zadi. Bundan tashqari nafas olishda o'pkalar ham elastik holda cho'ziladi.


Yüklə 48,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə