Reja Kirish Havo elektr uzatish tarmoqlarida ish bajarishda tashkiliy choralar. Havo elektr uzatish tarmoqlari ustunlaridagi ishlar Portlovchi moddalar turlari Ochiq kon ishlarida qo’llaniladigan sanoat portlovchi moddalari


Havo elektr uzatish tarmoqlarida ish bajarishda tashkiliy choralar



Yüklə 31,29 Kb.
səhifə2/6
tarix12.12.2023
ölçüsü31,29 Kb.
#148580
1   2   3   4   5   6
Karyerlarda elektr uzatish liniyalarini xavfsiz ishlatish. Karyerda qo\'llaniladigan portlovchi moddalar

Havo elektr uzatish tarmoqlarida ish bajarishda tashkiliy choralar
1000 V kuchlanishdan yuqori bo’lgan havo elektr uzatish tarmoqlarida, quyidagi ishlarni bajarishda ish rahbari tayinlanadi:
- havo elektr tarmoqlarining qo’riq maydonlarida yuk ko’tarish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanib ishlaganda;
- hamma turdagi ustunlarni olib tashlash va o’rnatishda;
- havo elektr uzatish tarmoqlarining transport magistrallari va boshqa havo elektr uzatish tarmoqlari bilan kesishgan joylaridagi ishlarda;
- yangi qurilgan havo elektr tarmoqlarini elektr tizmasiga ulashda;
- simlar va trosslarni ulash sxemalarini o’zgartirishda;
- ko’pzanjirli havo elektr uzatish tarmoqlarida, agar uning bir zanjiri ikkinchisiga ustma-ust joylashgan bo’lsa yoki zanjirlar soni ikkitadan ko’p bo’lgan va ularning biri yoki barcha qolganlari kuchlanish ostida qolsa, uning o’chirilgan zanjirida ishlashda;
- havo elektr uzatish tarmog’ini alohida fazalarida ishlashda;
- kuchlanish ostida bo’lgan elektr uzatish tarmoqlarida ishlashda;
- odamni yerdan izolyatsiya qilib elektr tarmoqlarining tok o’tkazuvchi qismida, kuchlanish ostida ishlashda;
Yuqorida qayd qilingan ishlardan tashqari boshqa ishlarga ham naryad beruvchiga ish rahbari tayinlash ruxsat beriladi.
Havo elektr uzatish tarmoqlarining tok o’tkazmaydigan qismlarida, elektr tarmog’idan kuchlanishni olmasdan turib farmoyish bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
- yerdan ishchi xodim oyog’igacha hisoblaganda 3 m yuqorigacha ko’tarilib bajariladigan ishlar;
- ustunlarning konstruktiv qismlarini buzmasdan bajariladigan ishlar;
- ustunlar tagini 0,5 m gacha chuqurlikda qazish ishlari;
- havo elektr uzatish tarmoqlari trassalarini daraxtlar va shox-shabbalardan tozalash ishlari (bunda, kesilgan daraxtlar simga ag’anab tushmasligiga, shox-shabbalar kesilganda odamlarni simlarga yaqin kelib qolmasligiga va ularni simlar ustiga tushmasligiga qarshi ko’riladigan choralarini bajarish talab qilinmagan hollarda);
Elektr xavfsizligi bo’yicha II guruhga ega bo’lgan ishchiga, havo elektr uzatish tarmog’ida farmoyish bilan quyidagi ishlarni bajarishga ijozat beriladi:
- ob-havo yaxshi paytda va qulay yo’l sharoiti bor joylardagi havo elektr uzatish tarmog’ini ko’rib chiqish;
- ustunlardagi doimiy belgilarni va yozuvlarni tiklash;
- burchak o’lchash asboblari yordamida havo elektr tarmoqlarini yergacha bo’lgan balandligini o’lchash;
- yong’in chiqmasligi uchun ustunlar atrofini o’t-o’lanlar va shox-shabbalardan tozalash;
- ustunlardagi bandajlarni bo’yash;


Yüklə 31,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə