Geografiya o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish reja: kirish



Yüklə 149,5 Kb.
səhifə1/3
tarix15.06.2023
ölçüsü149,5 Kb.
#117439
  1   2   3
GEOGRAFIYA O‘QITISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH


GEOGRAFIYA O‘QITISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Reja:
kirish

  1. Maktab darsligi bilan ishlash, ta’lim jarayonida sinfda va sinfdan tashqari bajariladigan ishlar

  2. Geografiya ta`limida "Google Earth” dasturi

  3. Transport geografiyasi ni ta’lim texnologiyalari asosida o’qitishga doir

Xulosa
Foydalanilgan adabiyot
kirish

Darslik о‘quvchilar uchun asosiy qо‘llanma, ular oladigan bilimlarning eng muhim manbaidir. О‘quvchilarni kitobdan foydalanishga о‘rgatish maktab geografiyasi oldiga qо‘yilgan eng muhim vazifalardan biridir. О‘quvchilar darslik bilan о‘qituvchi rahbarligida ishlaydilar. О‘qituvchi о‘quvchilarni darslik bilan о‘quv yilining boshida tanishtiradi. О‘qituvchi darslikning kartalari, sxemallari, jadvallari, profillari, rasmlari, ilovalari, savollari topshiriqlari va ularning ahamiyatini tushuntirib, topshiriqlari va ularning ahamiyatini tushuntirib, darslik bilan ishlash yо‘llari haqida umumiy kо‘rsatma beradi. Dasturga muvofiq ravishda, shuningdek darslik yordamida о‘quvchilarning sinfda va uyda bilim faoliyatini faollashtirishga e’tibor berilgan. Yangi ilmiy tushuntirishlar kiritish, ishlab chiqarishning rivojlanishi, joylashish qonuniyatlari muhim iqtisodiy – geografikfaktlar misolida tushuntirish, о‘quvchilarni fan usullari bilan tanishtirib maktab iqtisodiy geografiyasi ilmiy saviyasini oshirishning eng muhim yо‘llaridir.


Darslik karta- sxema, diagramma, grafik, rasm va jadval kabi illyustratsiya materiallariga boy. Ular darslik mazmunining tarkibiy bо‘lagi bо‘lib, о‘quvchining obyekt va jarayonlarga doir tasavvurlarini muayanlashtirish, ularning bilim faoliyatini faollashtirish, mantiqiy tafakkurini tarbiyalash vositasi bо‘lib xizmat qiladi. Illyustratsiya materiallaridan foydalanishga о‘qituvchining vazifasi о‘quvchilarga muayyan tasavvur yoki tushuncha hosil qilish bilan birga illyustratsiya faktlarni tahlil etishga taqqoslay olish usullarini о‘rgatishdan iborat.
Ishlab chiqarish jarayoni xususan turli tarmoqlarning aloqadorligini aks etgan rasm va sxemalarga alohida ahamiyat berish zarur. Ularni tahlil etish geografik tasavvur va tushunchalarni muayyanlashtiradi.
О‘zbekiston sanoatining tarkibi va qishloq xо‘jaligiga yaroqli yerlar tarkibiga doir diagrammalardan ayrim tarmoqlarning rivojlanish dinamikasining tushunish mumkin.
Darslikdagi karta-sxema darsda ham, uy topshirig‘ini bajarishda ham muhim rol о‘ynaydi. Ular xalq xо‘jaligining muayyan sohasigina bag‘ishlangan mavzuli karta-sxemalardan, viloyatlar iqtisodi aks etitirgan majmuali karta-sxemalardan iboratdir. Karta sxema bilan ishlash о‘quvchilarga karta bilan ishlash malakasini takomillashtiradi. Illyustratsiya materiallaridan qay о‘rinda, qay holda, foydalanishni bilmoqchi bо‘lgan о‘qituvchiga darslik muayyan yо‘llanma beradi. Chunonchi, matn orasida berilgan “diagrammaga qarang”, “jadvalga qarang” kabi topshiriqlar hamda har bir mavzu oxiridagi savol topshiriqlar ana shunday funksiyani bajaradi.
Darslik ilovasidagi jadvallarda xilma-xil mazmundagi statistik ma’lumotlar berilgan. Bu ma’lumotlar Respublika va alohida viloyatlar halq xо‘jaligining tarkibi va rivojlanishiga doir tasavvur va tushunchalar shakllanishiga xizmat etishi lozim.
Agar о‘quvchi kartaga qarab fikr yurita olsa u egallagan bilim yanada mustahkamlanadi.
О‘zbekiston iqtisodiy geografiyasini о‘rganish jarayonida iqtisodiy- geografik obyektlarni kuzatish maqsadida о‘quv ekskursiyalari о‘tkaziladi. Ekskursiya sanoat obyektiga va qishloq xо‘jalik ishlab chiqarishga tashkil etiladi. Dasturda ekskursiya uchun maxsus soat ajratilgan emas. О‘quv ekskursiyani о‘tkazish uchun 5-6 soat vaqt kerak bо‘ladi. О‘quv rejasiga ekskursiyaga aloxida vaqt ajratilgan taqdirda ham, uni dars jadvalida kо‘rsatilgan muddatda о‘tkazib bо‘lmaydi. Shuning uchun о‘quv ekskursiyalari dasturdagi tegishli mavzuni о‘rganishdan oldin yoki mavzu о‘rganib bо‘lingandan sо‘ng о‘tkazilishi mumkin.
Ammo ekskursiya respublika ishlab chiqarish majmuasiga yetakchi tarmoqqa qarashli korxonalarda о‘tkazilish shart. Qishloq maktablarida sanoat obyektiga ekskursiya о‘tkazish imkoniyati yо‘q desa ham bо‘ladi. Ammo, stansiya yoki gidrouzel, muhim transport tuguni, mashina – transport parki kabi obyektlardan birontasi bо‘lishi mumkin. Agrosanoat birlashmasiga ekskursiya о‘tkazish imkoniyati topilsa, kо‘ngildagidek, ish bо‘ladi. Chunki agrosanoat birlashmasi qishloq xо‘jalik ishlab chiqarish bilan sanoatning о‘zaro bog‘liqligini yaqoll ifodalaydi. Ekskursiya о‘tkazishdan oldin unga о‘qituvchi va о‘quvchilar yaxshi tayyorgarlik kо‘rishlari kerak. Har qanday korxonaga uyushtirilgan ekskursiya iqtisodiy geografik mazmundan kо‘ra kо‘proq ishlab chiqarish texnologiyasini tushunishga xizmat qiladi. Ekskursiyadan kо‘zlangan maqsad, darslikdan о‘rganilgan nazariy masalalarni amalda kо‘rsatishdan iborat.
Qishloq xо‘jalik ishlab chiqarishga uyushtiriladigan ekskursiya asosan jamoa, shirkat, aksiyadorlik, ferma, fermer xо‘jaligi kabilarga о‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Mustaqil ishlarning turi har bir darsning mazmuni, didaktik maqsadi, о‘quvchilarning yoshi va saviyasiga muvofiq belgilanadi. О‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasida о‘quvchilar darsda va uyda bajaradigan musaqil ishlar respublika iqtisodiy geografiyasiga materiallarini ongli о‘zlashtirishga, orttirilgan malaka va kо‘nikmalarni mustahkamlashga qaratiladi. Mustaqil ishlar о‘quvchilarni mustaqil xulosa chiqarishga fakt va xodisalarni umumlashtirishga, raqamlar, kartografik, materiallar bilan ishlashga qancha kо‘p da’vat etsa, о‘quvchilar faktik materialni shuncha ongli о‘zlashtiradilar, binobarin, о‘rganilgan bilim mustahkam bо‘ladi. Eng muhim о‘quvchilarda mustaqil bilim olish kо‘nikmasi tarkib topadi. Mustaqil ishlash о‘quvchilarni tez toliqtirmaydi. Kishi olgan bilimini muayyan malaka va kо‘nikmasiz amalda tadbiq qilish qiyin. Biron qoidani, yoki biron qonuniyatni aytish bilan uni turmushda qо‘llash orasida muyayan malaka va kо‘nikma zarur. Malaka va kо‘nikma tarkib topishi uchun turli mazmundagi amaliy ishlar о‘tkazish kerak. Mustaqil ishlar har qancha ahamiyatga ega bо‘lmasin uni mezonga rioya qilmoq lozim. О‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasidan mustaqil ishlar mezonini belgilashda dastur talabidagi darslik asos bо‘ladi. Lekin bunda har qaysi о‘quvchining saviyasi, xususan geografiyadan bilim darajasi inobatga olinadi. Bu fanni о‘rganish yuzasidan о‘quvchilarning mustaqil ishlarni tashkil etish uchun alohida imkoniyatlar mavjud. Darslikda о‘quv materialining о‘lkashunoslik tamoyiliga muvofiq berilgani, fakt va hodisalarini bir-biriga solishtirib va umumlashtirishga da’vat etuvchi savol va topshiriqlar zarur miqdorda, о‘z о‘rnida berilganligini ham mustaqil ishlar alohida qulayliklar yaratadi.
Darsda bajariladigan ishlar quyidagilardan iborat.
A) о‘quv materialini о‘quvchilar mustaqil о‘rganib,muayyan xulosa chiqarishlariga undovchi savollar
B) ilgari olingan bilimlarni о‘rganilayotgan materila bilan taqqoslash
V) darslikning illyustratsiya materiali bilan ishlash,
G) diagramma, jadval tuzish,
D) darslikdagi savol va topshiriqlarga javob tayyorlash,
YE) jadval ma’lumotlari bilan ishlash,
J) yozuvsiz karta tо‘ldirish,
Mustaqil ishlar oddiydan asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. mustaqil ishlarning murakkablashtirib borilishini M.K Kovalevskaya 3 bosqichga bо‘lgan.
1. Yangi fakt va hodisalarni izlashni talab etuvchi nisbatan yengil topshiriqlar. Bular “Qayerda?” “qay vaqtda”, “Qancha?” degan savollarga javob beruvchi topshiriqlarni о‘z ichiga oladi. Masalan, “О‘zbekistonning qayerlarida rangli metall rudalari joylashganligini aniqlang”, “О‘zbekistonning qayerlarida yirik GES lar va GRESlar qurilgan?”.
2. geografik hodislarning sabab – oqibatlarini belgilash va tushuntirish talab qiluvchi nisbatan murakkab topshiriqlar. Topshiriqlarni berishda “Tushuntiring” Isbotlang” degan talablar va “nima uchun”, “ Qanday qilib”, “Nega” degan savolar quyiladi.
Masalan, “nima uchun dengizda tashilgan yuklar arzon tushadi” tushintiring yoki “о‘zbekistonning iqlim sharoiti dehqonchilikning ixtisoslashuviga qanday ta’sir etadi?”
3. fakt va hodisalarni umumlashtirishni talab etuvchi nazariy yо‘nalishdagi muhim va qiyin topshiriqlar. Bunday topshiriqlar umumiy tushuncha, qonuniyatlar va ish usullarini tushuntirishni nazarda tutadi. Masalan, “Tabiiy resurslarga xо‘jalik nuqtai nazardan baho berish nima, turli xо‘jalik tarmoqlarini belgilovchi mayeyor nimadan iborat” yoki qanday omillar hududiy ixtisoslashtrishni belgilaydi.
Ayrim mavzularni о‘tishda mustaqil ishlarni quyidagicha tashkil qilish mumkin. О‘zbekistonning yozuvsiz kartasida paxta tozalash zavodi bilan kanop zavodlarini belilab qо‘ying? Qishloq xо‘jaligi geografisi mavzusini о‘rganishda mustaqil ishni dastlab matn oldidan berilgan savollarga javob tayyorlashdan boshlash kerak. Bu savollar quyidagilardan iborat.

  1. Qishloq xо‘jaligi qanday hususiyatlariga kо‘ra sanoatdan farq qiladi?

  2. Qishloq xо‘jaligi qanday tarmoqlardan iborat?

  3. Siz yashab turgan rayonda qishloq xо‘jaligining qaysi tarmoqlari rivojlangan.

  4. Paxtaning asl vatani qayer?

  5. Paxtadan qanday mahsulotlar olinishini eslang?

Darslik bilan ishlashdan tashqari, о‘quvchilarni adabiyotlar bilan ishlashga qiziqtirish, undan zarur geografik ma’lumotlarni topa olishga о‘rgatish lozim. О‘quvchilarni qо‘shimcha adabiyotlar bilan ishlashga qiziqtirish uchun о‘qituvchi ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlardan qiziq faktlar, ajoyib о‘simliklar yoki xayvonlar haqida, aholining urf-odatlari haqida sо‘zlab berishi kerak. Qо‘shimcha adabiyotlar yuzasidan beriladigan topshiriqlar bir yoki necha о‘quvchiga topshirilishi mumkin.

Umumiy o`rta ta`lim tizimida o`qituvchi tomonidan bajariladigan muhim vazifa o`quvchilarning olgan bilim, ko`nikma va malakalarini kelajak hayotida amalda qo`llash ya`ni kompetensiyaviy ta`lim-tarbiya berishdan iborat. Biz pedagoglar har bir o`quvchiga shaxs sifatida qarashimiz kerak. Sababi, maktab ostonasidan kirgan har bir o`quvchi – ertangi kundagi jamiyat a`zosi, kelajak egasidir. Yosh avlodga sifatli ta`lim-tarbiya berish uchun hozirgi taraqqiyot bosqichida bo`layotgan iqtisodiy-ijtimoiy va yangi texnologik o`zgarishlar, ta`lim tizimini yangi pog`onaga ko`tarish uchun ta`lim sohasida eng maqbul usullarni qo`llash ehtiyoji tug`ilmoqda.


Ta`lim tizimida geografiya fanining o`rni bo`lakcha. Geografiya yer yuzasining tabiati, aholisi va xo`jalik faoliyatini o`rganuvchi ko`hna hamda navqiron fandir. Fanlar ichida geografiya fanidagidek ko`plab ma`lumotlarga va qo`shimcha manbalarga boy fanni uchratish qiyin.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ta`lim tizimida ham izchil amalga oshirilmoqda. Chunki bu soha o`quvchilarga murakkab ilmiy tushunchalarni izohlashda, biron-bir hududning aniq tasvirini ko`rsatishda, turli interfaol mashg`ulotlarni o`tkazishda yengillik tug`dirmoqda. O`qituvchilar uchun dars o`tish jarayonida asosiy ko`makchiga aylanganligini aytib o`tish joizdir.
Geografiya darslarida ma`ruza, og`zaki bayon, tushuntirish orqali ko`p samaraga erishib bo`lmaydi. Biz o`qituvchilar har bir darsda o`quvchilarni lol qoldirishni unutmasligimiz kerak. Zero, "donolikga intilish lol qolishdan boshlanadi”.
Har bir geografiya o`qituvchisining o`z darslariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni avvalo Microsoft - Word, Excel, Power Point dasturlaridan boshlashi zarur. Word dasturida o`qituvchi kundalik dars rejasi va darsga ta`luqli bo`lgan yozuv ishlarini bajarsa bo`ladi. Excel dasturi murakkab hisoblanib, geografiya uchun ko`p xizmat qilishi mumkin. Ayniqsa iqtisodiy-ijtimoiy geografiya kurslaridagi jadval, chizma va diagrammalarni tayyorlashda ko`p qulayliklarga ega. Power Point dasturida darsning barcha bosqichlari uchun taqdimot tayyorlab ketma-ketlikda matn, rasm va videoroliklarni namoyish etish mumkin.
Geografiya ta`limida "Google Earth” dasturi o`qituvchining eng yaqin ko`makchisiga aylanishi zarur. Bu dastur sayyoramizning landshaftini va relyefini asl holida ko`rsatish imkoniyatiga ega. Hatto kichik hududlarni ham yuqoridan ko`rish imkoniyati mavjud. Bunda albatta kompyuter internet tarmog`iga ulangan bo`lishi zarur.
"Pinnacle studio” videorolik tayyorlovchi dastur hisoblanadi. Ma`lumki, geografiyaga ta`luqli videoroliklar ko`plab topiladi. Ammo u videoroliklarning barcha qismlari dars mavzusiga mos kelmaydi. Bunda biz ushbu dasturning imkoniyatlaridan foydalanib, kerakli, mavzuga mos joylarini olib va mikrofon orqali ovozlashtirgan holda o`quvchilarga namoyish etishimiz mumkin.
O`qituvchi darsga puxta tayyorgalik ko`rishi uchun wikipedia.org, ziyonet.uz, geografiya.uz kabi internet resurslarining o`rni katta. Bu saytlar orqali maktab geografiya ta`limining barcha mavzulariga mos qiziqarli va qimmatli ma`lumotlarni topish mumkin. Shuningdek, google.com qidiruv tarmog`idan foydalangan holda foto va videomanbalardn foydalanish yaxshi samara beradi.

Qashqadaryo viloyatining xo‘jalik tarmoqlaridan biri transport bo‘lib yuk va yo‘lovchilarni tashishning yagona vositasidir. Transport viloyatda ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va joylashishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Qashqadaryo viloyatida moddiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchi va xizmatchilarning 5,3% dan ortiqrog‘i transportda band.


Qashqadaryo hududidagi temir yo‘llar, avtomobil, havo, quvur elektron transporti respublika transporti yagona tizimining ajralmas qismidir. Qashqadaryo viloyatida tabiiy gaz, neft, gaz kondensati, kaliy tuzlari, rudali qazilmalar, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi xom ashyolari va boshqa tabiiy boyliklardan foydalanishda quruq yerlarni o‘zlashtirishda, sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda transportning ahamiyati katta. Chunonchi viloyat hududida Qarshi cho‘lining o‘zlashtirilishi transportning hamma turlarini rivojlantirishni taqozo etadi. Viloyatda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar va xom ashyosini boshqa mintaqalarga yetkazishda va chetdan hamda mamlakatning boshqa viloyatlaridan zarur mahsulot va xom ashyolarni keltirishda transport muhim xo‘jalik ahamiyatga egadir.
Mamlakat transporti istiqlol tufayli mustaqil bo‘ldi. Ungacha asosiy transport turlarini tashkil qilish, boshqarish va undan foydalanish huquqi respublikaning o‘zida emas edi. Masalan, 1920-1991 yillarda respublika transportining asosiy turlari sobiq Ittifoqning Markaziy vazirliklariga bo‘ysungan.
Ma’lumki, hozirgi zamon transporti rivojlanishida ikki qarama-qarshi omilni kuzatish mumkin: birinchidan ilmiy texnik inqilob sharoitida telekommunikasiya va aloqa, tezkor pul o‘tkazmalari, uyali aloqa vositalari, innovasiyalar, internet, masofadan o‘qish va o‘qitish kabilar transportning ahamiyatini biroz pasaytirsa, ikkinchi tomondan, yangi yer va suv, mineral xom ashyo va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish rekreasiya hamda mahalliy va xalqaro turizmning rivojlanishi aholi migrasiya harakatchanligining faollashuvi iqtisodiy integrasiyalashuv jarayonlarining rivojlanib borishi transportga bo‘lgan ehtiyojini yanada kuchaytiradi.
Mamlakatimiz iqtisodiy geografik va geosiyosiy o‘rni xususiyatlaridan kelib chiqib, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq hukumat transport xavfsizligini ta’minlashga katta e’tibor qarata boshladi. Darhaqiqat, O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi va dunyoning taraqqiy etgan davlatlar qatoridan munosib o‘rin olishida sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda xo‘jalikning boshqa tarmoqlarini rivojlanishida transport tarmog‘ining ahamiyati muhim hisoblanadi. O‘zbekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan hududda joylashganligi hamda shimoliy, sharqiy va g‘arbiy tomondan dengizlarga chiqish uchun eng kamida 3 ming km masofani bosib o‘tishi bu mamlakatning iqtisodiy aloqalarini qiyinlashtiradi, yuk tashishni qimmatlashtirib, mahsulotlarni raqobatga chidamsiz qilib qo‘yadi. Binobarin,YU mustaqillikning dastlabki yillarida eng qisqa xavfsiz va arzon transport kommunikasiyalarini qidirib topish vazifasi dolzarb bo‘lib qoldi. Chunki, bu vazifani hal etish mahsulot tannarxini tushirishga yordam beradi va shu bilan birga tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Temir yo‘l transporti zamonaviy texnika bilan jihozlangan bo‘lib, yuk oborotini oshirishda yetakchi rolni o‘ynamoqda. Qashqadaryo viloyatida temir yo‘llar va shohbekatlarning qurilishi 1915 yildan boshlandi. Shu yilda Kogon-Qarshi-Amudaryo-Termiz temir yo‘li, Qarshi-Koson shohbekatlari qurib bitkazildi. 1924 yilda uzunligi 122 km bo‘lgan Qarshi-Kitob temir yo‘li ishga tushirildi. 1925 yilda Kogon-Qarshi-Amudaryo-Termiz temir yo‘li Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanba shahrigacha yetkazildi.
Keyingi yillarda viloyat hududida shahar va qishloq o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni taraqqiy ettirish va mustahkamlash, yangi sanoat tarmoqlarini barpo etish, quruq yerlarni o‘zlashtirish, tabiiy boyliklardan foydalanishga katta e’tibor berildi. Shu boisdan viloyatda transport tarmoqlari rivojlana bordi. Viloyatda Qarshi shohbekatidan tashqari Kitob, G‘uzor bekatlari qurildi. Qarshida Qarshi shohbekati, vagon va lokomativ deposi, xizmat ko‘rsatuvchi 6 ta distansiya kasalxona, savdo tarmog‘i, temir yo‘lchilar madaniyat saroyi kabilarni o‘z ichiga oladigan transport tuguni vujudga keltirildi. Qarshi temir yo‘li ishlab chiqarish birlashmasiga Kitob, Tanxoz, Yakkabog‘, Qarshi, Nishon, Koson, Talimarjon hamda Muborak stansiyalari kiradi.
Janubiy O‘zbekistonning tashqi aloqalarini amalga oshirishda, yuk va yo‘lovchi tashishda asosan avtomobil hamda temir yo‘l transportlaridan foydalanilmoqda. 2000 yilda respublika bo‘yicha avtomobil transportida 701,2 mln t.yuk tashilgan bo‘lib, shuning 10,0 foizi (70,5 mln.t.) Janubiy mintaqa hissasiga to‘g‘ri kelgan. 2009 yil yakunlari bo‘yicha esa yuqoridagi transport turida 745,2 mln.t.yuk o‘z manziliga yetkazib berilgan (o‘sish 106,3%). Iqtisodiy rayon miqyosida bu ko‘rsatkich sakkiz yil mobaynida 11,9 foizga kamayib, 55,1 mln tonnaga teng bo‘ldi. Bunda asosiy kamayish Qashqadaryo viloyati zimmasiga to‘g‘ri keladi. (35,3 mln t.dan, 21,6 mln t.ga). Sababi tashilayotgan yuklarning asosiy qismi quvur va temir yo‘l transporti orqali amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda yangi temir yo‘llarining ishga tushirilishi munosabati bilan ushbu transport turida yuk jo‘natish 2000 yilga nisbatan 2009 yilda deyarli 138,0 foizga oshdi (42087,0 ming t.dan 58091,1 ming t.). Ko‘rilayotgan davr mobaynida iqtisodiy rayon doirasida ham bu ko‘rsatkich 134,0 foizga, ya’ni Qashqadaryo viloyatida 129,4 foizga va Surxondaryo viloyatida 149,4 foizga o‘sdi.
Shaxsiy avtomobillarda yo‘lovchi tashishning ortib borishi natijasida temir yo‘l transportidan foydalanish kamayib bormoqda. Masalan, respublika temir yo‘llarida 2004 yilda 15268,6 ming yo‘lovchi tashilgan bo‘lsa, 2009 yilga kelib 11487,7 ming kishi ushbu transport xizmatidan foydalangan. Respublikada bo‘lganidek, Janubiy iqtisodiy rayonda ham aholining temir yo‘llardan foydalanish darajasi pasayib bormoqda. 2004 yilda 1425,1 ming yo‘lovchi temir yo‘l transportidan foydalangan bo‘lsa, oradan besh yil o‘tib bu ko‘rsatkich 983,3 ming kishiga tushib qoldi.
2009 yil ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat temir yo‘llarining 21,4 foizi, qattiq qoplamli avtomobil yo‘llarining esa 15,0 foizi mazkur mintaqa ulushiga to‘g‘ri keladi, temir yo‘llarning jami uzunligi 904,8 km., qattiq qoplamli avtomobil yo‘llarining uzunligi 6200 km ga teng (Qashqadaryoda 3500 km va Surxondaryoda 2700 km).
Bugungi kunda Qashqadaryo xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini va viloyat aholisi ehtiyojlarini qondirish darajasida rivojlangan avtomobil transportiga ega.
Qashqadaryo viloyati O‘zbekistonning tarkibiy qismi sifatida qo‘shni mamlakatlarni barchasi bilan xalqaro ahamiyatga molik bo‘lgan yirik avtomagistrallar qurishda ishtirok etmoqdalar. Jumladan, Hind okeaniga chiqishga imkon beradigan “Termiz-Hirot-Karachi” avtomobil yo‘li qurilishida va shu yo‘nalishda mavjud bo‘lgan yo‘llarni qayta ta’mirlashda o‘z ulushini qo‘shish bilan qatnashib kelmoqda.
Havo transporti. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida va iqtisodiy aloqalarning o‘sishida havo transportining roli ortib bormoqda. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga chuqur kirib borishi bilan uning ahamiyati yanada oshib bormoqda. Hozirgi kunda “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi xilma-xil tipdagi havo transporti vositalariga ega. Jumladan, unda qishloq xo‘jalik ishlariga mo‘ljallangan “AN-2”, mahalliy yo‘llarda qatnaydigan “AN-24” va “IL-114” xalqaro yo‘llarda qatnaydigan “IL-76”, “IL-62”, “IL-86” hamda “A-310”, Boyn kabi samolyotlar mavjud.
Viloyatda havo transporti xizmatini yaxshilash maqsadida yangi tipdagi samolyotlar qabul qilaoladigan darajada aeroportni jihozlash va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Natijada Qarshi shahar aeroportining xizmat kursatish ko‘lami ancha kengaydi. Shahar aeroporti orqali mamlakat ichkarisida ham hozirgi mamlakatlari o‘rtasida yo‘lovchilarni va pochtani tashish ishlari ancha kengaytirildi. Kelajakda mamlakatimiz yo‘lovchi aylanmasi harakatida havo transportining salmog‘i oshib boraveradi.
Quvur transporti. Transportning bu tarmog‘i 1960 yillardan keyin vujudga keldi. Uning vujudga kelishi viloyat hududida neft va gaz konlarining ochilishi va o‘zlashtirilishi bilan birga bog‘liq. Viloyatda quvur transportini rivojlantirish katta afzallikka ega. U viloyat korxonalari va aholi manzilgohlarining gazlashtirilishini, ichimlik suvi bilan ta’minlanishini yaxshilash bilan birga ishlab chiqarishning rivojlanishini, mehnat unumdorligini oshishini, ishlab chiqaradigan mahsulotlar tannarxining kamayishini, atrof muhitning nisbatan toza bo‘lishini ta’minlaydi.
Viloyat hududi yer bag‘rilarning tabiiy gaz va neft manbalariga boy bo‘lganligi sababli ulardan viloyat ichkarisida va tashqaridagi iste’molchilarga gaz, neft, suvni yetkazib berishda quvur transporti eng qulay va arzon transport vositasidir. Katta zahirali gaz konlarining ochilishi va foydalanishga topshirilishi munosabati bilan XX asrning oltmishinchi yillaridan keyin gaz quvurlari qurilgan boshlandi. O‘tgan davrda Qora-Xitoy-Qarshi, Sho‘rtan-Muborak, Sho‘rtan-Buxoro-Gazli, Sho‘rtan-Shirin-Toshkent gaz quvurlari hamda Shahrisabz botig‘idan Qarshi, Muborak, Nishon, Beshkent shaharlarini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan suv quvurlari o‘tkazilgan.
Bozor munosabatlari sharoitida transportni hududiy tashkil qilish va rivojlantirish jarayoni qator omillarga bog‘liq. Avvalambor, buning uchun tabiiy zahiralar, ya’ni mineral xom ashyo manbalari, yer-suv boyliklari qulay relyef shakli talab qilinadi. Shu bilan birga ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning ham ahamiyati katta. Chunonchi, aholi va mehnat resurslari, transport va boshqa infratuzilma tarmoqlari transportni joylashtirish va rivojlantirishga yanada kuchlirov ta’sir ko‘rsatadi. Bu va shunga o‘xshash shart-sharoitlar mamlakatning turli hududlarida turlicha bo‘lib, shu bois transport tizimlarini alohida olingan hududlar bo‘yicha o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 149,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə