Reja Kirish Havo elektr uzatish tarmoqlarida ish bajarishda tashkiliy choralar. Havo elektr uzatish tarmoqlari ustunlaridagi ishlar Portlovchi moddalar turlari Ochiq kon ishlarida qo’llaniladigan sanoat portlovchi moddalari


Havo elektr uzatish tarmoqlari ustunlaridagi ishlar



Yüklə 31,29 Kb.
səhifə3/6
tarix12.12.2023
ölçüsü31,29 Kb.
#148580
1   2   3   4   5   6
Karyerlarda elektr uzatish liniyalarini xavfsiz ishlatish. Karyerda qo\'llaniladigan portlovchi moddalar

Havo elektr uzatish tarmoqlari ustunlaridagi ishlar
Havo elektr uzatish tarmoqlari simlarini va ustunlarini ajratib buzish, hamda ustun elementlarini almashtirish ish rahbari ishtirokida texnologik karta yoki ish bajarish loyihasi asosida bajarilishi zarur.
Faqat ustunning mahkam va chidamli ekanligiga ishonch hosil qilingandagina, ustunga chiqish va uning ustida ishlashga ruxsat etiladi. Ustunlarni mustahkam turganiga shubha tug’ilgan taqdirda (ustunlarni yerga mo’ljaldan kam chuqurlikda ko’milganligi, tuproqni yumshoq va maydaligi, yog’ochlarni chiriganligi, betondagi darzlar va hokazolar), ularni mahkamlash zaruriyatini va yo’llarini ish rahbari yoki ishboshi ish joyida belgilaydi.
Ustunlarni tortqichlar yordamida mahkamlash ishlari ustun ustiga chiqmasdan turib, ya‘ni teleskopik minora yoki boshqa odamlarni ko’tarishga mo’ljallangan mexanizmlarni bevosita ustun yoniga o’rnatib, yoki bu ishlarni ustunlarga ko’tarilmasdan o’rnatiladigan maxsus mustahkamlash qurilmalaridan foydalanib amalga oshirilishi kerak. Ustun mustahkamlanganidan so’ng, unga ko’tarilishga ruxsat etiladi.
Simlarni bir tomonlama tortishilishiga mo’ljallanmagan ustunlar, hamda vaqtincha shunday tortilish paydo bo’lishi mumkin bo’lgan taqdirda, ularni ag’darilib tushmasligi uchun oldindan mahkamlangan bo’lishi shart.
Oraliq ustunlarni oldindan mahkamlamasdan turib, ularga osilgan simlarni butunligini buzish va sim bog’ichlarini bo’shatish, man qilinadi.
Quyidagi brigada a‘zolarini ustunga chiqishiga ruxsat etiladi:
- III guruhga — barcha turdagi ishlarni bajarish uchun ustunning yuqorisigacha chiqish;
- II guruhga — uzib qo’yilgan elektr uzatish tarmog’ini barcha ustunlarini yuqorisigacha chiqib bajariladigan ishlarga, uzilmagan elektr uzatish tarmog’ida esa, ustundagi eng pastki simdan ishlayotgan ishchining boshigacha bo’lgan masofa 2 m qolguncha, ustunni tok o’tkazmaydigan qismida bajariladigan barcha ishlarga (ustunlarni bo’yash bilan bog’liq ishlar bundan mustasno);
- I guruhga — yer sathidan 3 m gacha bo’lgan balandlikdagi (ishchining oyog’igacha) barcha turdagi ishlarga;
Yuqorida bajariladigan ayrim turdagi ishlar, texnika xavfsizligi qoidalarida qayd qilingani bo’yicha, ushbu ishlarni bajarish uchun elektr xavfsizligi guruhiga ega bo’lgan xodimlar tomonidan bajarilishi kerak.


Yüklə 31,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə