Reja: Kirish. Asosiy qism


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 46,21 Kb.
səhifə5/10
tarix11.12.2023
ölçüsü46,21 Kb.
#145780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Turar joylardagi avariya va halokatlar, kelib chiqish sabablari, oqibatlari va harakatlanish qoidalari.

Foydalanilgan adabiyotlar:
O.Qudrаtоv, G‘. G‘аniеv, O‘. Yo‘ldаshеv Hаyot fаоliyat хаvfsizligi T. “Аlоqаchi” 2005 y
А.E.Pаrmоnоv, А.Igаmbеrdiеv Hаyot fаоliyati хаvfsizligi T.: «Iqtisоd-Mоliya» 2007 y T.
Qudrаtоv vа b. Fаvqulоddа vаziyatlаr vа muhоfаzа tаdbirlаri. Tоshkеnt 2004 y. Qo’shimcha adabiyotlar
Х.Rахimоvа, А.Аzаmоv, T.Tursunоv Mеhnаtni muхоfаzа qilish.-T.: «O‘zbеkistоn» nаshriyoti 2003 y.
O'zbekiston Respublikasi Vazlrlar Mahkarnasining 427-son Qarori: "O'zbekIston Respublikasida aholini favqulodda vaziyatlardan muhofazaqilishga tayyorlash tartibi to'g'risida", 1998. 7 10.
12. O'zbekiston Respllblikasi Vazirlar Mahkarnasining SS8-son Qaron·
"O'zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda lliarni oldini olish va xarakat qihsh davlat tizimi to 'g'risida", 1997. 23.12.
13 O'zbekiston Respllblikasi Vazirlar Mahkarnasining 455-son Qarori: "Texnogen - tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to'g'risida", 1998.27 10.


Elektron ta`lim resurslari
1. www.ziyonet.uz
2. www.tdpu.uz
3. www. tdtu.uz


Ko‘chkining ko‘p uchraydigan sabablaridan biri yonbag‘irning yuvilishi, yog‘in ta’sirida namlanishi, zilzila yoki inson faoliyati (portlatish ishlari va boshq.) bo‘lishi mumkin.
Ko‘chki hajmi o‘nlab va yuzlab ming kub metrga, ayrim hollarda undan ham oshishi mumkin. Ko‘chki tezligi yiliga bir necha metrdan, soniyasiga bir necha metr bo‘lishi mumkin. Ko‘chkining eng katta tezligi zilzila vaqtiga to‘g‘ri keladi. Tuproq surilishi turar joy va ishlab chiqarish binolariga, muhandislik va yo‘l inshootlariga, magistral quvurlari va elektr tarmoqlariga shikast etkazishi va vayron qilishi bilan birga, odamlarga jarohat etkazishi va qurbon bo‘lishlariga olib kelishi mumkin.

Ko‘chki vaqtida qanday harakat kilish kerak?

Ko‘chki ehtimoli yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi signalni olgach, elektr asboblari, gaz va suv tarmog‘ini o‘chiring, avvaldan ishlab chikilgan rejaga asosan zudlik bilan o‘tkaziladigan evakuatsiyaga tayyorlaning. Ko‘chki joyi va tezligidan kelib chiqib harakat qiling. Ko‘chki surilishi sekin (bir oyda metr) harakatlanayotgan bo‘lsa, imkoniyatdan kelib chiqib, xavfli hududda qolishi mumkin bo‘lgan binolarni tark eting, mebel, buyumlarni olib keting va h.k. Ko‘chki tezligi bir kecha-kunduzda 0,5-1,0 m bo‘lsa, avvaldan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq evakuatsiya tadbirlarini amalga oshiring. Evakuatsiya vaqtida o‘zingiz bilan hujjatlar, qimmatli buyumlar, sharoitdan kelib chiqib va ma’muriyat ko‘rsatmasiga binoan issiq kiyimlar va oziq-ovqat mahsulotlari oling. Xavfsiz joyga zudlik bilan ko‘chib o‘ting va zarurat bo‘lsa, qutqaruvchilarga ko‘maklashing.

Ko‘chki ro‘y berganidan so‘ng omon qolgan bino va inshootlar tekshirib chiqiladi, elektr, gaz va suv tarmoqlaridagi shikastlar aniqlanadi. Jarohatlanmagan bo‘lsangiz, qutqaruvchilar bilan birgalikda jabrlanganlarga ko‘maklashing va imkoniyat doirasida birinchi yordamni ko‘rsating.

Suv toshqini ko‘prik, yo‘l, bino va inshootlarni vayron qilishi, katta moddiy zarar keltirishi mumkin. Suv tezligi soniyasiga 4 metrdan ortgan va suv qatlamining balandligi 2 metrdan oshgan hollarda odamlar hamda jonivorlar nobud bo‘lishi mumkin. Vayronaliklarning asosiy qismini kelib chiqishi bino va inshootlarga suv massasining gidravlik zarba berishi bilan katta tezlikda muz parchalari, suzuvchi vositalarning turli bo‘laklari va boshqalar kirib kelishi sabab bo‘ladi. Suv toshqini to‘satdan yuzaga kelib, bir necha soatdan 2-3 haftagacha davom etishi mumkin.

Suv toshqiniga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?

Agar hududingiz suv toshqini xavfiga tez-tez uchrab tursa, u holda ehtimoliy suv toshish chegarasini, shuningdek yashash joyingizga yaqin bo‘lgan tepaliklarni, ularga boruvchi eng yaqin yo‘llarni o‘rganib chiqing va esda saqlab qoling. Oila a’zolaringizni uyushgan va yakka evakuatsiya talablari bilan, to‘satdan keskin suv hajmi oshib boradigan hollarda to‘g‘ri harakat qilish qoidalari bilan tanishtiring. Qayiq, sol va ularni tayyorlash uchun ishlatiladigan qurilish materiallarining turgan joyini yodda tuting. Oldindan evakuatsiya vaqtida olib chiqib ketiladigan hujjatlar, mol-mulk va dori-darmonlar ro‘yxatini tuzib qo‘ying. Maxsus jomadon yoki ryukzakka qimmatbaho buyumlaringiz, zarur issiq kiyim, oziq-ovqat zaxirasi, suv va dori-darmonlarni solib qo‘ying.




Yüklə 46,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə