Reja: I. Kirish II. Asosiy qism Tarbiya maqsadi 2



Yüklə 26,04 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü26,04 Kb.
#157638
  1   2
Pedagogik fikir tarixi va amaliyotda harbiy raxbar 02


Mavzu : Pedagogik fikir tarixi va amaliyotda harbiy raxbar
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1. Tarbiya maqsadi
2.Tarbiya tamoyillari
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

Buyuk sarkarda, ma’rifatparvar, olim Abu Nasr Farobiy «Fanlar tasnifi» degan asarida «Arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqani tarbiyaviy fan deb ataydi. Chunki ular tufayli yoshlar tarbiyalanadi. Bu fanlar yoshlarimizni yanada nazokatliroq qiladi. Tarbiyaviy deb ataluvchi fanlarni yaxshi egallamasdan turib «Tabiat» to‘g‘risidagi fanlarni egallash qiyin bo‘ladi», «Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilan shakllana boradi, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi» degan edi.


Tarbiya maqsadini belgilashda jamiyat talablari, davr nafasi, milliy xususiyatlar asos qilib olinadi. Tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan-mukammal inson shaxsini tarbiyalashdir. Harbiylar jamoasi va har bir askarlar ana shu maqsadlardan kelib chiqib, tarbiyaviy ishlarning vazifalarini belgilaydi, uning mazmunini aniqlaydi, hamda qo‘mondonlar ish sharoitini hisobga olgan holda harbiylarni tarbiyalashning shakl va uslublarini tanlaydi.
Ta’limning asosiy vazifasi askarlarni bilimlar bilan qurollantirish bo‘lsa, tarbiyada harbiylarni harbiy bilim yurtlarida, jamiyatimizda qabul qilingan axloq-odob qoidalariga mos keladigan e’tiqodning axloqiy malaka va ko‘nikmalarini, ehtiyoj va intilishlarini tarkib toptirishdan iboratdir.
O‘zbek xalq pedagogi-tarbiyashunos olim Abdulla Avloniy o‘zining «Turkiy guliston» yoxud «Axloq» asarida inson kamolotida tarbiyaning rolini alohida ta’kidlab shunday degandi: «Janobi haq insonlarning asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin insondagi qobiliyatni kamolga etkazmoq tarbiya vositasida bo‘ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqlardan saqlanib, go‘zal xulqlarga odatlanib katta bo‘lsa, har kim qoshida maqbul, baxtiyor bir inson bo‘lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o‘ssa, nasihatni qulog‘iga olmaydigan, har xil buzuq ishlarni qiladigan, nodon, johil bir rasvoyi olam bo‘lib qoladi. Tarbiya qiluvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgani kabi, tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl maraziga «yaxshi xulq» degan davoni ichidan «poklik» degan davoni ustidan berib, katta qilmog‘i lozimdir. Zeroki, amri-sharifi uzra xulqimizning tuzatmoqqa amr qilinganimiz, lekin xulqimiz yaxshi bo‘lishining asosiy panjasi tarbiyadir. Axloqimiz binosining go‘zal va chiroyli bo‘lishiga tarbiyaning zo‘r ta’siri bordir.
Shariati islomiyada o‘z bolalarini yaxshilab tarbiya qilmoq otalarga farzi ayn, o‘z millatining etim qolgan bolalarni tarbiya qilmoq farzi kifoyadir-deyiladi:
«Har kishining dunyoda oromi joni tarbiyat,
Balki oxirida erur dorulamoni tarbiyat.
Tarbiyat hamroh etadur hur ila ruzvonlarga,
Gar desam bo‘lmas xato jannat makoni tarbiyat.
Ey, otalar! Jonlaringizdan suchuk farzandingiz,
G‘ayrat aylang, o‘tmasin vaqt-zamoni tarbiyat.
Moli zilli humodor tarbiyaning soyasi,
Bizda anqo tuxushdek yo‘q oshyoni tarbiyat».
Insoniyat paydo bo‘lgandan boshlab, odamlar u yoki bu shakl va mazmunda farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullanganlar. O‘sha davrda bu jarayon ba’zan ongli va ba’zan esa, ongsiz ravishda kechgan bo‘lishi mumkin. Ular davrlar o‘tishi, hayot va turmushning murakkablanishi natijasida tobora chuqurroq va keng ma’no kasb eta borgan.
Inson asosan ikki yo‘l bilan tarbiya topishi mumkin:
1. Birovlarning bevosita ta’siri, ya’ni o‘rgatishi, shuningdek, donolar fikrlari, o‘gitlari va asarlarini o‘qish orqali;
2. Inson o‘zining fikrlashi, odamlar xatti-harakatidan, qilgan va qilayotgan ishlaridan tegishli xulosalar chiqarib olish, eng qudratlisi-tafakkuri vositasida tarbiyalanishi mumkin.
Bolaning o‘sishi va tarbiyasi uning faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiya berish deganda ko‘p olimu fuzalolar faqat bolaga tarbiya berishni tushunadilar. Bizningcha, bu tushunchaga boshqacha qarab, tarbiyaga faqat bolalar emas, balki kattalarni ham jalb qilishimiz kerak.
A.S. Makarenkaning tushunchasiga qaraganda, bolaning tarbiyasi tug‘ilgan kunidan boshlanadi, balkim, har holda bu tushuncha Ovrupo pedagogikasiga, qarashlariga, ijtimoiy-iqtisodiy tamoyillariga taaluqlidir. Ammo bizning milliy pedagogikamizning qarashlariga qaraganda, bolaning tarbiyasini hayotga kelgan vaqtdan-ya’ni onaning bag‘rida bo‘lgan paytda tarbiyalash kerak.
Savol paydo bo‘lishi mumkinki, bola onaning bag‘rida bo‘lgan chog‘da, uni tarbiyachi qanday tarbiyalashi kerak?
Biz zamonaviy tarbiyachilar bilishimiz kerakki, bolani tarbiya qilishdan oldin ota-onani tarbiyalashimiz kerak. Inson tarbiyasi avvalo irsiyatga, shuningdek, atrof-muhitga ham bog‘liqdir. Xalqimizda «qush uyasida ko‘rganini qiladi» degan maqol bor. Tarbiyalanuvchi uchun eng birinchi namuna-bu ota-ona yoki tarbiyachidir. Ular bamisoli bir ko‘zgudir. Ko‘zguda nimaiki aks etsa u farzand hayotida ham o‘z izini qoldiradi.
Bu haqda xalqimizning sevimli shoiri Azim Suyun shunday degan edi:
Ey, do‘st!
Dilimga ozordir quruq nasihat,
Nasihat sohibi ko‘rsatmas ibrat.
«O‘g‘irlik qilma» - der ko‘zida yoshi,
O‘g‘ri farzandiga bir o‘g‘riboshi.
(1001 bitikdan)
Demak, inson hayotga paydo bo‘lgan chog‘dan boshlab to umrinining oxirigacha hayot va turmush odobiga o‘rgatuvchi va shu narsalarni tahlil hamda tadqiq etuvchi siymodur.
Tarbiya va tarbiyashunoslik haqidagi bu ta’rif ma’no va mazmuniga odamlarning butun umri davomidagi xulq-atvori, axloq-odobi, bu boradagi milliy an’analarga sadoqat va shularga tarbiyachi, hamda tarbiyalanuvchilarning to‘la amal qilishi, milliy qadriyat va vijdon singari fazilatlar singgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XII-chaqiriq XI-sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini tahlil qilib chiqsak, unda yuqorida qayd qilingan tarbiya va tarbiyashunoslik haqidagi fikrlar o‘z ifodasini topganini kuzatish mumkin. Unda ma’lum bo‘ladiki, bizning Konstitutsiyamiz-milliy tarbiya va tarbiyashunoslik qomusidir.
Harbiy pedagogika tarbiyaning maqsadi, mazmuni, shakl va usullari tarbiyalanuvchi shaxsning qaror topishi bilan mustahkam bog‘liq holda qarab chiqiladi.
Tarbiya davomida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtai nazari asta-sekin tarbiya topib boradi. U harbiylarning xulq-atvori hamda tevarak atrofidagi muhitning xilma-xil ta’sirlariga uning munosabatlarini belgilaydi.
Harbiy qo‘mondon sharoitida shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar tomonidan amalga oshiriladi. Ular tarbiyani jamiyatning maqsadi hamda vazifalariga muvofiq ravishda tashkil etadilar. Unda tarbiyachi va tarbiyalanuvchi so‘zlari aynan ishlatilmasada, ularning burch vazifalari aks etgan.
Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, harbiylarning shaxsiga muntazam va sistemali ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki faoliyatni ofitser va askarlarning faoliyatini o‘z ichiga oladi.
O‘rta Osiyo mamlakatlarida Islom dini qabul qilingandan so‘ng ming yildan ortiqroq davr mobaynida shu ta’limot ta’sirida tarbiyashunoslik ilmi shakllandi va rivojlandi. Ma’lumki, Islom dinida har bir musulmonda Allohning borligiga, Muhammad Payg‘ambarimiz Allohning elchisi ekanligiga til va dil bilan ishonchini nazarda tutiladi. Bu qoida musulmon maktab­larining muallimlariga qo‘yiladigan axloqiy talablardan eng birinchisi va muhimidir. Shu bilan birga O‘rta Osiyoda yashagan allomalar yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash, shuningdek tarbiyachini faoliyatiga doir ta’limotlarni ham yaratganlar.
Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziyning asarlari O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. «Guliston», «Bo‘ston» kabi pedagogik-axloqiy kitoblari maktablarda darslik sifatida o‘qitilgan.
«Guliston» asarining «Tarbiyaning ta’siri bayonida» deb nomlangan ettinchi bobida tarbiyashunoslik ilmi, tarbiyasining odobini muhim qonun-qoidalari qiziqarli hikoyatlar shaklida bayon etiladi.
XULOSA
Tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan mustahkam bog‘langan. O‘z-o‘zini tarbiyalash harbiylarning o‘z shaxsini o‘zgartirishiga qaratilgan faoliyatidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash to‘g‘ri tarbiya berish bilan birga sodir bo‘ladi va ayni vaqtda to‘g‘ri tarbiya natijasi hisoblanadi. Tarbiya jarayonida askarlar o‘zlarini tarbiyalaydilar, kamolga etkazadilar, o‘z ustlarida mustaqil ishlaydilar, o‘z harakatlarini, shaxsiy sifatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirishga harakat qiladilar. O‘z-o‘zini tarbiyalash harbiylarning o‘zida muayyan fazilatlarini o‘stirishga qaratilgan ongli intilish, iroda kuchini ishlatish jarayonidir.
O‘z-o‘zini tarbiyalash shaxsda tanqidiy qarash paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Ammo bunda tanqidiy mulohaza boshqalar xulqiga, o‘rtoqlarining faoliyatiga nisbatan emas, balki o‘z xulqi va xarakteriga, o‘z bilim va o‘zlashtirishiga nisbatan bo‘lsagina o‘z-o‘zini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bunda harbiylarda o‘zini idora qilish, o‘z harakatlari va qilmishlarini nazorat qilish, tahlil qilish imkoniyati shakllanib boradi. O‘z-o‘zini tarbiyalashda muvafaqqiyatga erishish uchun askar o‘zining xulqini to‘g‘ri baholash qobiliyatini o‘stirish, o‘zi uchun axloqiy ideal tanlash istagini vujudga keltirish kerak.

Yüklə 26,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə