Reja: Erga yoppasiga ishlov beradigan kul tivatorlar



Yüklə 493,5 Kb.
səhifə5/6
tarix23.09.2023
ölçüsü493,5 Kb.
#123289
1   2   3   4   5   6
Kul tivatorlarning tuzilishi turlari va ishlashi

Chopiq kultivatorlar
Sug’oriladigan ekinni parvarishlashda uning kator oraligidagi tuproqni yumshatish, begona utlar ildizini kesib ketish, o’g’itlash, juyaklar ochish kabi ishlar chopik kul tivatori yordamida bajariladi. Katordagi kuchatlarga zarar keltirmaslik uchun ularga nisbatan kul tivator tishlari birinchi kul tivatsiyalashda vx z =8…12 sm, keyingilarida vx z = 14...15 sm ximoya zonasi koldirilib joylashtiriladi.
Ishchi qismlari. Chopik kul tivatorlarida ham yerga yoppasiga ishlov beradigan kul tivatorning 46- rasmda keltirilgan ishchi qismlari va 54 - rasmdagi o’g’it solgich, rotatsion yulduzcha, juyak olgich, panjarasimon kanotli juyak olgich, oziklantirib juyak olgich, sferik disk va boshkalar ishlatiladi. Har bir kator oraligidagi tuproqqa ketma-ket ishlov berish uchun kerak bo’lgan ishchi qismlarning majmuasi bitta gryadilga o’rnatiladi.
Gryadil katorlar oraligining urtasida joylashgan bo’lib, ishchi qismlar uning ung va chap tomonlariga kerakli masofa va chuqurlikda o’rnatiladi. Har bir ishchi qism ustuni gryadilga tutkich va kulflar yordamida, uning kerakli holatini ta`minlaydigan kilib maxkamlanadi.
Utoklovchi va ukyoysimon tishlar begona utlarning ildizini kesib ketish va tuproqni qisman yumshatish uchun ishlatiladi. Ular tigining qalinligi 1,0 mm dan kamrok bo’lishi kerak. Ish jarayonida uzi o’tkirlanib turishi va yeyilishga chidamli bo’lishi uchun tigga qattiq kotishma (masalan, sormayt) payvandlangan bo’ladi. Bunday tishlarning tuproqni yumshatish darajasi, ularning engashish burchagiga bog’liq bo’lganligi sababli, ularni ustunga 12…18° kilib bolt bilan o’rnatish mumkin.
Sugoriladigan juyakdagi tuproqni yumshatish uchun, kengligi 35 mm li yumshatuvchi tishlar gullaniladi. Kupincha, bunday tishlarning dami ikki tomonlama bo’lib, bir tomoni utmas bo’lib golganda, uni 180° ga to’ntarib, ikkinchi tomoni bilan guyiladi. Bunday tishni ustunga egilish burchagi 36ѕ40° gilib o’rnatish mumkin.

54-rasm.
Katkalokni buzish, tuprogni yumshatish va begona utlarni yo’qotish va ximoya zonasini kamaytirish maksadida rotatsion yulduzcha ishlatiladi. Ulardan kuchatlarning buyi 30...40 sm ga yetgunicha foydalaniladi. Rotatsion yulduzchaning barmoklari 5...8 sm gacha tuproqqa botib yuradi. Agar yulduzchani barmoki bukilgan tomonga aylantirilsa, uning ishlov berish chuqurligi ortadi. O’g’it kumgich yerni 16 sm chuqurlikkacha yumshatib, o’g’itlaydi. Juyak olgich 16 sm chuqurlikkacha ishlov berib, begona utlarni yo’qotib maydalash, tuproqni ko’tarib kuchatlar tagini kumib ketish uchun ishlatiladi. Juyak olgich kanotining holatini o’zgartirib, tuproqni ko’tarib kumish balandligi sozlanadi. Oziklantirib juyak olgich, tuproqqa 20 sm chuqurlikkacha ishlov beradi. Sferik disklar ximoya zonasini kamaytirish uchun ishlatiladi.
Chopik kul tivatorining kamrov kengligi, ishchi qismlari o’rnatilgan gryadillar oraligi va soni, urug’ ekib ketgan seyalkaning o’lchamlari bilan moslangan bo’lishi kerak.
Agrotexnik talablar. Ishlov berish sifati yuqori bo’lishi uchun kultivator dalaga sugorilgan yerlardagi tuproq namligi 16…18 % gacha kamayganidan sung kiritilgani ma`kul. Kul tivatorning tishlari nam tuproqni yer betiga chiqarmasligi kerak. Tuproqni yumshatish chugurligi tayinlanganidan1…2) sm dan ortiq fark kilmasligi, begona utlar 98…99 % yo’qotilishi kerak.
Kuchatlar traktor g’ildiraklari va gryadildagi ishchi qismlarga tegib shikastlanmasligi uchun ular gilof va tusiklar bilan yopilishi lozim. Kul tivator bilan ishlov berganda shikastlangan kuchatlarning miqdori 1,0 % dan oshmasligi kerak. Ish vaqtida turli sabablarga kura, gryadilni yon tomonlarga burilishi 1...2 sm dan oshmasligi uchun uni bikr o’rnatish lozim.
Utoklovchi tish tigining 0,4…0,5 mm dan oshmasligi, oziglantirish uchun solinayotgan o’g’it migdori va uni kumish chuqurligining fargi tayinlanganidan 10…15 % dan ortiq bulmasligi kerak.
Umuman olganda, kul tivatordan foydalanishda maxalliy tuproq sharoiti birinchi urinda e`tiborga olinishi lozim.
Chopiq kul tivatorining tuzilishi (55- rasm). Kul tivator qismlari maxsus chopik traktorining oldi (oldingi sektsiyasi) va orga (orga sektsiyasi) tomonlariga o’rnatiladi.
Kul tivatorning oldingi sektsiya ramasi 3, traktorning ung va chap tomonidagi lonjeronlariga o’rnatiladi. Rama 3 ga pasaytirgich 25 orgali sektsiyaning turt buginli (parallelogrammli) osish mexanizmi 4 biriktirilgan. Ularga, uz navbatida, gryadil 20 lar o’rnatiladi. Gryadillarga ishchi qismlar maxkamlanadi.
Kul tivatorga beshta o’g’itlash apparati 13 va 18 (ularning ikkitasi oldi, uchtasi — orga sektsiyalarda) lar o’rnatilgan.
Gidrotsilindr 14 ning ta`sirida ko’tarish vali 15 burilib, tortki 12 va 16 lar orqali ikki yelkali richag ko’targich 8 yordamida jilov 5 dagi sirpangich 9 ni yugoriga ko’taradi. Sirpangich 9, jilov 5 ga maxkamlangan shayba 10 ga tiralib, uni jilov bilan birgalikda yuqoriga ko’taradi. Jilov esa gryadil 20 ni va unga o’rnatilgan ishchi qism 24 larni yuqoriga ko’taradi. Gryadilni yer yuzasiga nisbatan muayyan balandlikda ko’tarib yurib, ishlov berish chuqurligini me`yorida ushlab turish uchun tayanch g’ildirakcha 21 lar xizmat kiladi.
Ishlov berish chuqurligini o’zgartirish uchun ishchi qism ustunini gryadilga maxkamlaydigan kulflar yechilib, uning g’ildirakchaga nisbatan balandligi o’zgartiriladi.
Tirak 6 ning joyini jilov 5 bo’ylab o’zgartirib, prujina 7 ning siqilish darajasini o’zgartirish mumkin. Prujinaning siqilish kuchi jilov orgali gryadilga, unga o’rnatilgan qismlarga uzatilib, ularni tuproqqa botirishga va tuproqning qarshilik kuchi (zichrog yerlarda) o’zgarib kolsa, ishchi qismlar ko’tarilib ketib, tayinlangan ishlov berish chuqurligi kamayishining oldi olinadi.

55-rasm. Chopiq kul tivatorini tuzilishi.
Ishchi qismlarni joylashtirish tartibi ular bajaradigan texnologik jarayonga garab aniqlanadi. Kul tivator ishchi qismlarini bir yula to’g’ri joylashtirish uchun maxsus shablondan foydalaniladi (55- rasm). Shablon betonlanib tayyorlangan tekis maydonchada chizilgani ma`kul. Traktor shablon ustiga chiqarilib, gryadil va ishchi qismlar rasmda ko’rsatilganidek o’rnatiladi.

Vertikal tekislikda tishlar har bir gryadilda aloxida-aloxida o’rnatiladi. Shu maksadda, gryadil g’ildirakchasining ostiga galinligi tishlarni tuprogga maksimal botirish chuqurligiga teng bo’lgan taglik kuyiladi. Ishchi qismlarni kerakli chuqurlikka o’rnatishda, gryadil buylama gorizontal holatda bo’lishi lozim. Bunga parallelogrammli mexanizm ustki tortkisining uzunligini o’zgartirish orqali erishiladi. Tishning uchi g’ildirakcha tegib turgan satxga nisbatan berilgan chuqurlikka tushirilib, uning ustuni kulf yordamida maxkamlanadi.
Ishchi qismlari shablon yordamida joylashtirilgan agregatning ishi dalada tekshirib kuriladi va zarur bo’lsa, o’zgartirishlar kiritiladi.
Gryadilga ishchi qismlar muayyan ketma-ketlikda o’rnatiladi.
Birinchi katorda yulduzcha yoki disklar o’rnatiladi. Rotatsion yulduzchalar guza katori ugiga eng yagin masofada (3ѕ5 sm) kuyilib, ximoya zonasini keskin toraytirish imkoniga ega bulinadi. Birinchi kul tivatsiyada yulduzcha 3ѕ5 sm, keyingilarida — 5ѕ8 sm chuqurlikka o’rnatiladi.
Tuprogi zich bo’lgan yerlarni kul tivatsiya qilishda rotatsion yulduzchalar urniga sferik disklar ishlatilgani ma`kul, chunki ular o’tkir tigi bilan zich yerni tilib, ximoya zonasi chegarasini aniglab beradi. Natijada, orgada kelayotgan boshga tish ta`sirida ajratilib olinayotgan katta kesaklar kuchat ildizlari joylashgan tuproqni kuchirmaydi, ildizlarni shikastlantirmaydi. Bundan tashgari, tuproqqa botgan disklarni yon tomonga surish giyin bo’lganligi sababli, ular zich tuproglarda gryadilning kundalang yunalishda surilishiga yo’l qo’yma sdan, to’g’ri yunalishdan burilmay yurishini ta`minlaydi. Sferik disklarni kuchatlar katorining ukidigan 6...8 sm masofada (bu ximoya zonasining yarmidir) va 6...8 sm chuqurlikda o’rnatish kerak.


56 rasm. Kultivatorlar ishchi organlarini joylashishi
Gryadildagi ikkinchi katorga, disk yoki rotatsion yulduzchadan sung, yassi utoklovchi tishlar kuchat katori ukidan 10 sm koldirib va 6...8 sm chuqurlikda o’rnatiladi.
Uchinchi katorda, utoklovchi tishlardan sung, ukyoysimon tish juyakning urtasida 12 14 sm chuqurlikda o’rnatiladi.
O’g’itlash soshnigi eng oxirida, tuprogi yumshatilgan joydagi katorga o’rnatiladi. Agar asosiy vazifa tuproqni yumshatish bo’lsa, kichik yumshatuvchi tishlarning har birini 4ѕ6 sm chuqurlikda juyak profiliga moslab pogonalab o’rnatib, ishlov berish maksadga muvofikdir.
Ish qismlarni gryadilda joylashtirishda kuyidagi koidalarga rioya qilish kerak:
1. Ekin gator oraligidagi tuproqqa ishlov berib, kul mexnati sarfini kamaytirish maksadida ximoya zonasini kuchatlar ildiziga zarar tegmaydigan kilib, kamaytirishga intilish kerak.
2. Juyak chetida, ya`ni kuchatlarga yakin joylashgan ishchi qism eng sayoz, juyak urtasidagi tish esa eng katta chugurlikka o’rnatilib, kolganlari esa — juyakning profili (kundalang kesimini shakli) ga moslab, pokonalab joylashtiriladi.
3. Gorizontal yunalishda esa begona ut ildizlarini to’liq kesib ketishi uchun utoklovchi va universal (ugyoysimon tishlar) kamrov kengliklari o’zaro Q v ga koplanadigandek joylashtiriladi.
4. Har qanday tishni yerga ishlov berish chuqurligini tayinlashda maxalliy tuproq xususiyatlarini e`tiborga olish kerak.
Kator oraligi 60 va 90 sm bo’lgan paxtazordagi begona utlarni yo’qotish va tuproqni qisman yumshatish maksadida kul tivator ishchi qismlarini har bir juyakda joylashtirish sxemasi quyidagi rasmlarda keltirilgan.

Yüklə 493,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə