Reja: Ekspertizaning mohiyati va mazmuni


Ekologik ekspertizaning o’tkazish tartibi



Yüklə 43,5 Kb.
səhifə4/4
tarix24.12.2023
ölçüsü43,5 Kb.
#158625
1   2   3   4
ekologik eks

Ekologik ekspertizaning o’tkazish tartibi
O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qumitasining 4.05.93 yildagi №8 – TK qarori bilan ekologik ekspertizaning o’tkazish tartibi tasdiqlangan.

    • Qo’llanilish sohasini mazkur hujjat bilan belgilaydi:

    • Xalq xo’jaligi ob‘ektlari va komplekslarini qurish loyihalari va texnika – iqtisodiy (hisoblar) asoslarini Davlat ekologik ekspertizasidan (DEE) o’tkazishning bir xil tartibini;

    • DEE dan o’tkazishda tomonlarning vazifalarini va javobgarliklarini belgilayd

Hujjat quyidagilar uchun majburiydir:

    • O’z faoliyatida salbiy ekologik oqibatlarni yўqotish (engillatish) ga jamiyat oldida kafillik beruvchi loyiha– hujjatga buyurtma beruvchi tashkilotlar uchun;

    • Loyiha hujjatni ishlab chiqaruvchi va buyurtma beruvchiga ekologik xavfsizlikni ta‘minlashga kafillik beruvchi tashkilot uchun;

    • Tabiatdan foydalanish va atrof – muhitni muhofaza qilishni nazorat qiluvchi davlat tashkilotlari uchun.

    • Me‘yoriy hujjatlar uchun quyidagi manbalardan foydalanildi:

    • O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qumitasining 1992 yilda tasdiqlangan va xalq xo’jaligi ob‘ektlari, komplekslarini qurish uchun maydon tanlashda, texnik – iqtisodiy asoslar va loyihalarni ishlab chiqishda (rekonstruktsiyalashda), kengaytirish va texnik qayta jihozlashda atrof – muhitga ta‘sirni baholash tartibi to’g’risida (instruktsiya) yo’riqnoma;

    • Korxonalarni, binolar va inshootlarni qurish uchun loyiha – smeta hujjatlarining tarkibi, ishlab chiqish, muvofiqlashtirish tartibi to’g’risidagi 1.02.01-85 dagi SniP yo’riqnima;

    • O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yildagi 9 dekabr Qarori bilan qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni.



Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi
Davlat ekologik ekspertizasini (DEE) o’tkazayotgan ekspert organi loyihani va xo’jalik faoliyati loyihasi bo’yicha ekspert komissiyasining jamlama xulosasini ko’rib chiqadi va «DEE xulosasi»ni tayyorlaydi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
- ekologik oqibatlar va loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari to’g’risida xulosalar.
- qiziquvchi tomonlarning fikr va takliflarini ko’rib chiqish davomida paydo bo’lgan mulohazalar.
- ko’rilayotgan xo’jalik faoliyati loyihasini amalga oshirish shart-sharoitlari bo’yicha buyurtmachi va qiziquvchi tashkilot va muassasalar uchun tavsiyalardan iborat bo’ladi.
«DEE ning xulosasi» O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiat qumitasi ekspert kengashi majlisida muhokamaga chiqarilishi mumkin.
«DEE ning xulosasi» loyiha buyurtmachisiga va boshqa qiziquvchi tashkilotlarga yuboriladi.
Xo’jalik faoliyati loyihasini amalga oshirish uchun mablag’ faqat «DEE ning xulosasi» ijobiy bo’lsagina ajratiladi. Ekspertiza tugagach, xujjatlarning to’liq komplekti buyurtmachilarga qaytariladi. Xujjatlarning nusxasi ekspertiza o’tkazgan organ arxivida olib qolinadi, rasmiylashtiriladi va belgilangan ish yuritish tartibiga asosan saqlanadi.
DEE ni o’tkazishda tomonlarning vazifalari va javobgarligi xo’jalik faoliyati loyihasining va boshqa xujjatning buyurtmachisi va ishlab chiquvchi quyidagilarni ta‘minlashi shart:
- mazkur xujjatning bo’limlariga mos ravishda DEE ga beriladigan xujjatlarning to’la komplektini.
- DEE ni o’tkazish ishlariga Respublikada belgilangan tartibda xaq to’lashni.
- ekspertiza o’tkazilayotgan organ talabiga binoan, ekspert komissiyasi (guruxi, ekspert) ning ishlashi uchun zarur qo’shimcha axborot berishni ta‘minlaydi.
Ekspert komissiyasi (gurux, ekspert) javob beradi:
- ekspertizaga berilgan xujjatlarni o’z vaqtida va sifatli ko’rib chiqilishiga, jamlama xulosani tayyorlash, xulosa va takliflarning asosligiga.
- ekologik ekspertizani o’tkazish me‘yor va qoidalariga rioya qilinishiga mas‘ul hisoblanadi.
DEE ni o’tkazuvchi ekspert organi javob beradi:
- ekspert komissiyasini (guruxini) tuzish, ekspertlarni tanlash, ularning mehnatini to’g’ri tashkil qilishga.
- ko’rib chiqilayotgan xo’jalik faoliyati loyihasi amalga oshirilishi mo’ljallanayotgan (yoki amalga oshirilayotgan) hududning atrof-muhiti holati to’g’risidagi ma‘lumotlar bilan ekspertlarni ta‘minlashda yordam berishga.
- ekspertiza o’tkazishning oshkoraligini ta‘minlashga, ko’rilayotgan faoliyat loyihasini ekspertlar tomonidan ob‘ektiv ravishda baholash uchun shart-sharoit yaratishga.
- DEE ni o’tkazishda m‘yorlar va qoidalarga rioya qilinishiga.
- ekspertlar ishiga o’z vaqtida xaq to’lashga mas‘uldir.
Yüklə 43,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə