Reja: Ekspertizaning mohiyati va mazmuni



Yüklə 43,5 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü43,5 Kb.
#158625
  1   2   3   4
ekologik eks


Ekologik ekspertiza
Reja:


1. Ekspertizaning mohiyati va mazmuni.
2. Ekologik ekspertizani olib boruvchi tashkilotlar.
3. Tabiiy muhitga keltiriladigan zararlarning guruhlarga bo’linishi.
4. Davlat ekologik ekspertiza ob‘ektlari va tarkibi.
5. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi.

Ekspertizaning mohiyati va mazmuni

Davlat ekologik ekspertizasi faoliyati O’zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi, «Ekologik ekspertiza to’g’risida»gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2001 yildagi 491-sonli «O’zbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori, boshqa qonunlar va qonun osti xujjatlari bilan belgilanadi. Davlat ekologik ekspertizasining maqsadi xo’jalik qarori qabul qilishga olib keluvchi, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning majburiy mezonidir. DEE ning maqsadlariga – xo’jalik yoki boshqa faoliyatda mo’ljallangan amalga oshirilayotgan ekologik xavflilik darajasini aniqlash, ularning tabiatni muhofaza qilish Qonunlari talablariga mos kelishini baholash, loyihalarda tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan choralarning asoslanganligi va yetarliligini aniqlash kiradi.


Qurilishga yoki boshqa maqsadda ishlatishga mo’ljallangan sanoat korxonasining, biror qurilma yoki asbobning tabiiy muhitga ta‘sirini aniqlash uchun ular ekolyugak ekspertizadan o’tkaziladi. Ekspertizaning asosiy vazifasi tabiiy muhitni insonning zararli faoliyatidan muhofazalashdir.
Sanoat korxonalari, suv inshootlarini qurish yoki ta‘mirlash loyihalarini ekspertizadan o’tkazish, yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish imkoniyatlarini beradi. Ekspertizada qurilish va ta‘mirlashdan tashqari, davlat standartlari, kimyoviy moddalarning qo’llanish texnik sharoitlari, transport vositalari va ularni ishlatish vaqtida muhitga tarqatilgan zararli moddalari, shovqin, elektromagnit to’lqin kabilar bilan ta‘sirni kamaytirish maqsadida maxsus qurilmalar quriladi.



Yüklə 43,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə