Reja:  Idrok



Yüklə 46,37 Kb.
səhifə4/5
tarix30.12.2023
ölçüsü46,37 Kb.
#164659
1   2   3   4   5
Reja  Idrok-fayllar.org

Uchinchi vazifasi xayolning inson bilish jarayonlari va holatlari, xususan, idrok, diqqat,
xotira, nutq va hissiyotlarni ixtiyoriy boshqarishdagi ishtiroki bilan bog‘liq. Obrazlar
vositasida inson idrok, xotiralar, iboralarni boshqarish imkoniga ega bo‘ladi.

To‘rtinchi vazifasi harakat ichki rejasining shakllanishi – obrazlardan foydalanib, ularni
ongda bajarish layoqatidan iborat.

Beshinchi vazifasi – bu faoliyatni rejalashtirish va dasturlash, bunday dasturlarni tuzish,
ularning bexatoligi, joriy qilish jarayonini baholash.

Xayol yordamida biz organizmning ko‘plab psixofizioligik holatlarini boshqarishimiz,
kutilayotgan faoliyatga moyillashtirishimiz mumkin. Insonning irodaviy yo‘l bilan xayol
vositasida organik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishi, nafas olish maromi, tomir urish tezligi, qon
bosimi, tana haroratini o‘zgartirishi mumkinligini isbotlovchi dalillar ma’lumdir. Ushbu
dalillar autotrening asosida o‘z tasdig‘ini topgan.




Ijodiy jarayonda xayolning tutgan o‘rniga ortiqcha baho berish qiyin. Ijod barcha psixik


jarayonlar, shuningdek, xayol bilan ham uzviy bog‘langan. Xayolning rivojlanganlik
darajasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari ijodkorlik uchun tafakkur rivojlanganligi
darajasidan kamroq ahamiyatga ega emas.

Ijodkorlik psixologiyasi uning aniq turlari: kashfiyotchilik, ilmiy, adabiy, badiiy va
boshqalarda namoyon bo‘ladi. Ijodkorlik imkoniyati inson qobiliyatlari bilan
mustahkamlangan bilimlari bilan ta’minlanadi, va insonning sobitqadamligi bilan
rag‘batlantiriladi. Ijodkorlikning muhim sharti ijodiy faoliyatga emotsional tus beruvchi
ma’lum kechinmalarning mavjudligi hisoblanadi.

Ma’lum bir insonga ijod qilish imkoniyatini yaratuvchi , boshqalardan esa bu imkoniyatni
darig‘ tutuvchi nima ekanligi haqidagi masala mashhur olimlarni o‘tmishdan qiynab keladi.
Xuddi shunday, fransiyalik psixolog T. Ribo tomonidan asoslab berilgan ijodiy jarayonda
algoritmlashtirish va uni o‘qitishning imkoniyati mavjud emasligi haqidagi nuqtai
nazariuzoq vaqt hukmron fikr hisoblangan. Uning yozishicha: «Kashf etish metodlari»ga
keladigan bo‘lsak, haqiqatda ular mavjud emas, buning aksi bo‘lganida edi, u holda
kashfiyotchini hozirda mexanik va soatsozlarni ishlab chiqargandek, ishlab chiqarish
mumkin bo‘lar edi». Lekin asta-sekin bu nuqtai nazar shubha ostiga olina boshladi. Birinchi
o‘ringa ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyatni rivojlantirish mumkinligi gipotezasi ko‘tarildi.




Ingliz olimi G. Uolles ijodiy jarayonni tadqiq etishga harakat qilib ko‘rdi. Natijada u ijodkorlikda


to‘rt bosqichni ajratishga muvaffaq bo‘ldi, bular: I – tayyogarlik (g‘oyaning yaratilishi); II –

Yüklə 46,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə