Reja:  Idrok



Yüklə 46,37 Kb.
səhifə3/5
tarix30.12.2023
ölçüsü46,37 Kb.
#164659
1   2   3   4   5
Reja  Idrok-fayllar.org

Tafakkur

inson
aqliy faoliyatining yuksak shakli;
obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni.
Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish qurolishuningdek, inson faoliyatini amalga
oshirishning asosiy sharti sanaladi. U
sezgi
,
idrok
,
tasavvurlarga
qaraganda voqelikni
toʻla va aniq
aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular ortasidagi
boglanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yol bilan aks ettirishga aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok
va tasavvurgina nisbatan chuqurroq va tolaroq aks etadi. Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz
mumkin bolmagan narsa yoki hodisalarni, narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning boglanish
va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamizTafakkur
— inson
miyasining
alohida funksiyasi.
Uning
nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining
oʻzaro munosabatidan iborat.
Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza,
gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning
ongida
tushunchalar
,
hukmlar
, xulosalar shaklida ifodalanadi (qarang
Ong
). Tafakkur til va nutq bilan
chambarchas
bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi.
Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba
boshqa kishilarga ham beriladi. Inson
oʻzining Tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan
boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida
oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan,
tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar,
xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson Tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib,
bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar
oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar,
munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va
qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda
oqibatini oldindan
koʻrish imkoniyatiga ega.




Tafakkur koʻpgina fan sohalari (


falsafa
,
mantiq
,
jamiyatshunoslik
,
ped.,
fiziologiya
,
kibernetika
,
biologiya
.)ning tadqiqot obʼyekti
hisoblanadi. Psixologiyada Tafakkur voqelikni umumlashtirish
darajasiga, muammoni yechish vositasi xususiyatiga, holatlarning
inson uchun yangiligi, shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga koʻra bir
necha turlarga (koʻrgazmali harakat, koʻrgazmaliobrazli, amaliy,
nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va h.k.) ajratib tadqiq
qilinadi. Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va ishlab chiqarish.da
odamlar oʻrtasidagi aloqa va munosabatlar ham Tafakkur yordamida
namoyon boʻladi. Jamoada tanqidiy qarash, oʻzini oʻzi tanqid,
baholash, tekshirish, oʻzini oʻzi tekshirish, nazorat qilish, oʻzini oʻzi
nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan iborat Tafakkur sifatlari
vujudga keladi. Insonning inson tomonidan idrok kilinishi ham
Tafakkur bilan uzviy aloqadadir. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar,
takliflar Tafakkurning mahsuli hisoblanadi.
Psixologiya
Tafakkurning
filogenetik (insoniyat paydo boʻlishi davri), ontogenetik (kishi umri
davomida) bilishga oid tarixiy jihatlarini ham oʻrganadi. Hozirgi
zamon fanining juda koʻp murakkab masalalari Tafakkurdagi mantiqiy
jarayonlarni yanada chuqurroq oʻrganishni taqozo etmoqda.




NUTQ — tilning fikr ifodalash va almashish


jarayonlarida
amal
qilishi, tilning alohida ijtimoiy
faoliyat
turi
sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki
(ovozli) va yozma ravishda
namoyon
boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni
soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda
qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.

Lingvistik nazariyada Nutq tushunchasi muayyan
til
jamoasida
qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til
tushunchasiga hamda ijtimoiy
borliq
(
hayot
)ning eng xarakterli
koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroqtil tushunchasiga
qaramaqarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulqatvori va faoliyatiga
taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga
xizmat qiladigan asl N . (tashqi
nutq
), yaʼni ga-pirish, til
belgilarining
eshitish aʼzolari
tomonidan
idrok
qilinadigan
(
ovoz
yozib oluvchi uskunalar yorda-mida qayd etiladigan va qayta
takrorlanadigan) artikulyatsiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning
yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi.




Asl nutq («tashqi nutq») bilan bir qatorda ichki Nutq ham bor. U


soʻzlovchi ongida bilishga yordam beradigan turli xil masalalarni
muhokama qilish va hal etishga qaratiladi. Ichki Nutq tashki Nutq
asosida, tovush yoki yozuv qoʻllanmagan holda, faqat ovozli Nutq dagi
soʻzlar haqidagi aniq tasavvurlar bilan kechadigan ak/shy jarayonlar
tarzida amalga oshadi. Yozma Nutq ogʻza-ki Nutqdan bir qadar
shakllanganligi, soʻzlarning oʻta sinchkovlik bilan tanlab olinishi,
grammatik jihatdan aniq, lekin murakkab shakllanganligi, ogʻzaki Nutq
uchun xos boʻlgan ohang, mimika va qoʻl harakatlarining bevosita qoʻllana
olmasligi bilan farqlanadi. Nutqning monologik (q. Monolog) va dialogi k
(q. Dialog) turlari mavjud.

Nutq aloka-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar,
chunonchi, poetik vazifa ham bajarishi mumkin. Nutqning alohida
koʻrinishi oʻqishdir.

Har bir kishining Nutq individual, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi;
va-holonki, asosiy til unsurlari — lugʻat tarkibi va grammatik qurilishi
yakka shaxslargagina tegishli boʻlmay, umumnikidir, yaʼni muayyan til
jamoasiga umuman taalluqyai boʻladi. Nutq kishi ta-fakkuri, uning ongi
bilan chambarchas bogʻliqsir. Nutqda kishining oʻy-fikrlari shakllanadi va
mavjud boʻladi. Nutq tufayli va Nutq asosida borliqni umumlashgan holda
mavxumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik
mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin boʻladi.
Nutq kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi,
oʻyxayollari, hissiyoti, irodasi va b. ning namoyon boʻlishi va amal
qilishida, kishi ongining rivojlanishida xam katta ahamiyatga ega.




Nutq o‘stirish metodikasi pedagogik fan sifatida maktabgacha ta'limda bolalar nutqini


o‘stirishni puxta egallagan mutaxassis tayyorlashda buyurtmachi sifatida, ilmiy izlanishlar
asosida yaratilgan ―Ilk qadam‖ tayanch dasturini o‘quv jarayoniga joriy etish, nutq
o‘stirish metodikasi bo`yicha bilim va malakalarni shakllantirishning nazariy va amaliy
jihatdan mutanosibligini ta'minlaydi, nutq o‘stirish usullarini ishlab beradi. Uni
takomillashtirish, eng qulay usulni qo`llash orqali bolalarga ona tilini amaliy o‘rgatish,
nutqda til birliklaridan foydalanish, o‘zaro nutqiy muloqot munosabatida ona tilida fikrni
to‘g‘ri, ifodalay olish, tengdoshlari nutqini tinglab tushunish nutqda til birliklarini ajrata
bilish (tovush, so‘z) nutq meyyorlarini ishiga mos holda o`rganib borish, unga amal qilish
kabi faoliyatini shakllantiradi. Demak, nutq o‘stirish metodikasi fani maktabgacha ta'limda
nutq o‘stirish vazifasini amalga oshiradi, bolalarda ifodali, aniq, lo`nda va obrazli
so‘zlashishni shakllantirish orqali ona tilini amaliy o‘rgatadi, bolalarga ta'lim beradi. Nutq
o‘stirish metodikasi fani maktabgacha ta'limda bolalarni og‘zaki nutqini o‘stirish,
tengdoshlari va kattalar bilan nutqiy muomala malakalarini shakllantirish orqali nutqda
so‘zdan to‘g‘ri va o`rinli foydalanish, ya'ni nutq va xulq egasi bo‘lish kabi ma'naviy axloqiy
sifatlarni, so‘zlash odobini egallashni shakllantiradi. Nutq o‘stirish metodikasi pedagogik
fan sifatida rivojlantiruvchi vazifani bajaradi. Ya'ni usulika bolalar nutqini o‘stirish orqali
ularning nutq a'zolarini anatomik-gimnastik mashq qildirish orqali nutqning ravon
tushunarli bo‘lishini ta'minlaydi: bolalar tafakkuri, aqliy faoliyatini rivojlantiradi, ularda
nutq odobi, ma'naviy barkamollikni shakllantiradi. Chunki yaxshi rivojlangan nutq
tushunarli ta'sirchan bo`ladi, bola o‘z nutqini to‘zatib boradi.




Nutq vazifasi va shakli. Kattalar bilan ko‘rgazmali vaziyatdan chetga chiqadigan mavzular


bo‘yicha muloqot qilishni yo‘lga qo‘yish. Tengdoshlar bilan jamoaviy o‘yinlarda o‘yinga
kirishib ketish uchun sharoitlar yaratish. O‘z nutq faolligi paydo bo‘lishini rag‘batlantirish:
muloqotdagi sheriklarga iltimos va takliflar bilan murojaat qilish; o‘yin vaziyatlari, o‘rin
bosuvchi buyumlar, rollarni belgilashda nutqdan foydalanish.Buyumlar xususiyatlari va
ularning qanday maqsadda ishlatilishiga, turmushdagi sababli aloqalar va munosabatlarga
qiziqishni, qiziqtirayotgan masalaga oid savollarni va qisqa matn shaklidagi (3- 4 ta gap)
mulohaza va fikrlashlarni rag‘batlantirish. Lug‘at. Bolalarni buyumlarning yangi nomlari,
ularning sifati, umumlashtiruvchi nomlari bilan tanishtirish, qiyoslashda qarama-qarshi
ma'noli (antonimlar) so‘zlardan foydalanishga, ko‘rgazmali vaziyatga tayanmasdan
lug‘atdan foydalanishga undash. Grammatik qurilish. Yangi so‘zlarni grammatik jihatdan
o‘zgartirishga va gapdagi so‘zlar bilan kelishtirishga undash. So‘zlar va ularning shakllarini
mustaqil ravishda hosil qilish, nomlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik aloqalarni tadqiq
qilishning o‘ziga xos bolalarcha usuli sifatida so‘z ijodkorligidan foydalanish. Narsalar va
hodisalar o‘rtasidagi aloqalarga oid o‘z tushunchalarini murakkablashtirilgan gap tuzilmasi
(yoyilmagan oddiy, bog‘langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gap) orqali aks ettirish.
Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni rivojlantirish (berilgan u yoki bu
tovushni talaffuzda ajratish va so‘zda eshitish qobiliyati). Artikulyatsiyani, unlilarni va
oddiy undosh tovushlarni aniq talaffuz qilish, shovqin bilan chiquvchi va sonor tovushlarni
to‘g‘ri talaffuz etishni o‘zlashtirish qobiliyatini takomillashtirish. Nutqning ifoda jihatini,
nutq sur'atini, ovoz kuchini, nutqiy nafasni erkin tartibga solish qobiliyatini rivojlantirish.




Insonning Er sayyorasida yashovchi birorta mavjudotga xos bo‘lmagan sifat – yangilik


yaratish qobiliyatini o‘rganib, inson psixikasining yana bir noyob hodisasi bilan
to‘qnashamiz. Uning mohiyati insonning o‘z ongida real voqelikda hali mavjud bo‘lmagan
obrazni yaratishdan iborat, bunday obraz yaratishning asosini esa o‘tmish tajribasi tashkil
etadi.

Idrok, xotira va tafakkur bilan bir qatorda inson hayotiy faoliyatida xayol ham muhim
o‘rinni egallaydi. Xayol bilish jarayoni bo‘lib, unda voqelik vositali tarzda aks etadi. Aks
ettirishning vosita materiallari sifatida idrok obrazlari, xotira taassurotlari namoyon
bo‘ladi. Tafakkur kabi xayol ham o‘tmish tajribasini qayta ishla bilan yangi bilimlarni
yaratishga qaratilgan.

SHunday qilib, xayol – bu real voqelikni aks ettiruvchi taassurotlarni, qayta tuzish va shu
asosda yangi taassurotlarni yaratish jarayoni. Xayol – bu obraz, tasavvur yoki g‘oya
shaklidagi yangilik yaratishning psixik jarayoni.

Xayol obrazlari idrok obrazlari va xotira tasavvurlaridan ularda inson hali duch kelmaganlari
aniqlanishi va shu tarkibda bo‘lishi bilan farq qiladi. Bular inson ko‘z o‘ngida sodir
bo‘lmagan va bo‘lishi mumkin bo‘lmagan hodisalar, dalillar, voqealardir. Xayol obrazlari
o‘zida sodir bo‘lishi kutilgan voqea va hodisalarni tutishi mumkin. SHu bilan birga,
xayollarda kashf etilgan yangilik doimo haqiqatda mavjud bo‘lganlar bilan u yoki bu
darajada bog‘langan bo‘ladi. Xayol obrazlari idrok obrazlariga, shuningdek, xayolda chuqur
o‘zgarishlarga uchraydigan xotira tasavvurlariga ham tayanadi. Insonning individual
taraqqiyoti jarayonida xayol tafakkur bilan uzviy aloqada shakllanadi. Xayol obrazlarini
tuzish inson aqliy taraqqiyotining yuqori darajasidagina amalga oshishi mumkin.




Ko‘p hollarda xayol yangi echimni topish zaruriyati tug‘ilganida, ya’ni, harakatdan o‘zib


ketgan holda aks ettirish talab etilgan muammoli vaziyatda yuzaga keladi.

Xayol natijasida inson kelajakni oldindan ko‘ra oladi va o‘z hulq-atvorini boshqaradi, atrof-
olamni ijodkorlik bilan o‘zgartiradi. Xayol – mehnat faoliyatida shakllangan psixik
faollikning maxsus tarzda inson tomonidan ifodalanishi. Xayol voqelikni avvaldan aks
ettirishni ta’minlaydi, bunda o‘tmishning kelajakdagi proeksiyasi hosil
qilinadi. Xayol insonga vaziyatda yo‘l topishga va bevosita amaliy harakatlarning
aralashuvisiz masalalarni hal etish imkonini yaratuvchi ko‘rgazmali-obrazli tafakkurning
asosi bo‘lib xizmat qiladi. Xayol obrazlari faqat insonda mavjud bo‘lgan real olam
obrazlarining alohida tomonlarini qayta ishlab chiqish yo‘li bilan yaratiladi.

Xayol doimo insonning amaliy faoliyatiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Inson biror harakatni
amalga oshirishdan avval, uni qanday bajarish zarurligi va uni qanday bajarishini tasavvur
qiladi. SHunday qilib, u avvaldan keyinchalik sodir bo‘ladigan amaliy faoliyatda ishlab
chiqariladigan moddiy jism obrazini yaratadi.

Xayol faoliyati inson hissiy kechinmalari va uning iroda harakatlarini tadbiq etish bilan
uzviy holda bog‘langan.

Xayolning fiziologik asosi nerv aloqalarini dolzarblashtirish, ularning emirilishi, qayta
guruhlarga qo‘shilib, yangi tizimlarga birlashishi, o‘tmish tajribada shakllanib bo‘lgan
vaqtinchalik aloqalar yangi uyg‘unliklarining hosil bo‘lishidan iborat. Bunda mavjud
bo‘lgan vaqtinchalik aloqalarning oddiy holda dolzarblashtirilish yangilikning yaratilishiga
olib bormaydi. YAngilikning yaratilishi avval bir-biri bilan uyg‘unlashmagan vaqtinchalik
nerv aloqalaridan hosil bo‘lgan uyg‘unlikni taqazo etadi. Xayol jarayoni ikkila xabarlovchi
tizimlarning hamkorlikdagi faoliyatidan iborat. Bunda ikkinchi xabar tizimi – so‘z katta
ahamiyatga ega bo‘ldi.




Inson hayotida xayol qator maxsus vazifalarni bajaradiUlardan birinchisi voqelikni


obrazlarda ifodalash va masalalarni hal etishda ulardan foydalanish imkoniyatiga ega
bo‘lishdan iboratdir. Xayolning bu vazifasi tafakkur bilan bog‘liq bo‘lib, unga organik tarzda
kiritilgandir.

Xayolning ikkinchi vazifasi emotsional holatlarni boshqarishdan iborat. O‘z xayoli
ko‘magida inson qisman bo‘lsada, ko‘pgina ehtiyojlarni qondirish, uning natijasida yuzaga
kelgan zo‘riqishni kamaytirishga layoqatli bo‘ladi.


Yüklə 46,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə