Reja:  Idrok



Yüklə 46,37 Kb.
səhifə1/5
tarix30.12.2023
ölçüsü46,37 Kb.
#164659
  1   2   3   4   5
Reja  Idrok-fayllar.org


Reja:  Idrok


Idrok,taffakur,nutq va


hayol turlari.




Reja:



1.Idrok

2.Tafakkur

3.Nutq

4.Hayol turlari.




Idrok


— tirik organizmning maʼlumotlarni qabul qilib, qayta ishlash jarayoni;
organizmga obʼyektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangi
vaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi.

Idrok ongning ,miyaning ijodiy jarayonidir. Idrokning fiziologik asosi bosh miya yarim
sharlari poʻstlogʻining analiz va sintez faoliyatidan iborat. Bu faoliyat sezgi
aʼzolarimizga taʼsir qilib turgan narsalarning bitta xususiyati bilan emas, balki jami
xususiyatlarining taʼsiri bilan bogʻliq. Idrok ana shu barcha xususiyatlar oʻrtasidagi
muvaqqat bogʻlanish (qarang
Assotsiatsiya
) natijasida yuzaga keladi. Inson
miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan idrok jarayoniga kishining
tajribasi, bilim, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqalar ham ishtirok etadi
(qarang
Appersepsiya
). Shuning uchun kishilar ayni bir narsa yoki hodisani yoshlari,
maʼlumotlari, turmush tajribalari, kasblari, ijtimoiy kelib chiqishlari, xarakteri,
qobiliyati va qiziqishlarida koʻrinadigan shaxsiy xususiyatlariga qarab har xil idrok
qiladilar. Masalan, tegishli ixtisosi boʻlmagan kishining birorta yangi mashinani idrok
qilishi ixtisosi bor odamning idrokiga qaraganda tor va yuzaki boʻladi.

Idrokning muhim xususiyatlaridan biri barqaror (konstant)ligidir. Inson bir vaqtda
idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saqlab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega.
Bir narsaning ana shunday qayta tiklangan timsoli (qarang
Tasavvur
) idrok
jarayonining ajralmas qismi. Idrokning xususiyati koʻp jihatdan hissiy kechinmalarga
(shodlik, gʻamginlik, tajanglik va h.k.) ham bogʻliq. Masalan, kishining taʼbi xira
vaqtida tabiat manzaralari unga allaqanday soʻniqdek koʻrinsa, taʼbi chogʻ vaqtida u
butunlay boshqacha koʻrinadi.







Yüklə 46,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə