Raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklif chizig’i



Yüklə 444,64 Kb.
səhifə1/10
tarix24.06.2023
ölçüsü444,64 Kb.
#118775
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi



MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………………………………..

I.Bob. Qisqa muddatli oraliqda raqobatlashuvchi firma foydasini maksimallashtirish va uning taklif chizig’i…


1.1 Mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor tushunchasi…………


1.2 Qisqa muddatli oraliqda ishlab chiqarish hajmini aniqlash va foydani maksimallashtirish…


II.Bob. Raqobatlashgan firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklifi


2.1 Raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklif chizig’i.


2.2 Raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda tarmoq muvozanati.


2.3. Qisqa muddatda firmaning muvozanati


Xulosa………………………………………………………………………….


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……………………………………………..

KIRISH

Ilmiy tilda “raqobat” so‘zining ikki xil ta’rifi mavjud. Birinchisi, bozor tuzilmasini ta’riflovchi raqobat, ya’ni, raqobatlashgan bozor, mukamal raqobat, monopolashgan raqobat. Ikkinchisi, firmalarning bozorda o‘zaro bahslashishi, kurashish usulini xarakterlovchi raqobat, ya’ni, raqobat kurashi, narxli va narxsiz raqobat.

Raqobat – bu ne’matlar miqdori va iste’mol talabi cheklangan joyda yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi. Iste’molchilar ham, firmalar ham raqobatlashishi mumkin. Raqobat quyidagilarga ko‘maklashadi:

• ishlab chiqarishni kengaytirish va ixchamlashtirishga


• ilg‘or yangiliklarni joriy etishga
• resurs xarajatlarini tejashga
• iqtisodiyotning umumiy samaradorligini oshirishga
• talabning qulay qondirilishiga
• narxlarni tenglashtirish va pasaytirishga.

Bozor tuzilmalarini anglatuvchi terminlar monopoliya, monopsoniya, oligopoliya grek tilidan olingan bo‘lib, poleo – sotaman, psoneo – sotib olaman, mono – bir, oligos – bir qancha, poli – ko‘p degan ma’nolarni anglatadi.
Bozor tuzilmasi bozorning eng muhim jihatlarini o‘zida aks ettiradi: Masalan, tarmoqdagi firmalar soni, firmalarning bozorga kirib borishi va chiqib ketish imkoniyatlari, sotib oluvchilar soni, alohida firmalarning bozordagi narxlarga ta’sir eta olish qobiliyati. Firmaning bozordagi narxlarga ta’sir eta olish qobiliyati qanchalik past bo‘lsa, mazkur tarmoq shunchalik raqobatbardosh hisoblanadi.
Bozor tarkibini tahlil qilishni osonlashtirish uchun iqtisodiy nazariyada raqobatning quyidagi 4 ta modeli alohida ajratib ko‘rsatiladi.


  1. Mukammal raqobat


  2. Monopolistik raqobat


  3. Sof monopoliya


  4. Oligopoliya.



Mazkur kurs ishini yozishda raqobatlashgan bozor va uning shartlari. Firmaning, yalpi, o’rtacha va chekli daromadlari. Korxona foydasi. Korxona foydasini maksimallashtirishni nazariy jihatdan asoslash va uni grafik usulda tahlil qilish yoritib beriladi.

I.Bob. Qisqa muddatli oraliqda raqobatlashuvchi firma foydasini maksimallashtirish va uning taklif chizig`i

1.1. Mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor tushunchasi.


Bozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor bo`ladi,
- agar unda quyidagi shartlar bajarilsa:
- sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday bo`lsa, shunday qabul
- qiladilar va ular narxga ta`sir qila olmaydilar;
- bozorga yangi sotuvchilarni kirishi va sotuvchilarni bozordan chiqishi cheklanmagan;
- sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab chiqmaydi;
- bozor sub`ektlari bozor to`g`risida to`liq axborot olish imkoniyatiga ega.
Bunday shartlar bajariladigan bozor mukammal raqobatlashgan bozor hisoblanadi yoki sof raqobatlashgan hamda raqobatlashgan bozor deb qaraladi. Raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmaning raqobatlashuvchi firma deb qaraladi. Bundan keyin raqobatlashuvchi firma to`g`risida gapirilganda, biz raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmani nazarda tutamiz.
Demak, raqobatlashgan bozorda tovar narxi bozorda talab va taklif asosida shakllanadi va unga sotuvchi ham xaridor ham ta`sir qila olmaydi:
. (1)
Raqobatlashgan bozorda har bir alohida sotuvchi tomonidan sotiladigan tovarning bozorda sotiladigan umumiy tovar miqdoridagi ulushi juda oz bo`lgani uchun ham u tovar narxini o`zgartira olmaydi.
Mukammal raqobatlashgan bozorda sotuvchilar ham xaridorlar ham ko`p.
Raqobatlashgan bozorni tahlil qilganimizda bozordagi tovarlarni bir xil deb, ya`ni ularning sifati bir xil deb qaraymiz. (Amalda tovarning sifatiga qarab, ularning narxi har xil bo`ladi, sifatli tovarning narxi sifati pastroq tovarning narxiga ko`ra yuqori bo`ladi).
Raqobatlashgan bozorda umumiy daromad firma tomonidan ma`lum miqdordagi ne`matni sotishdan olgan daromadiga teng, ya`ni umumiy daromad sotilgan mahsulot miqdorini uning narxiga ko`paytmasiga teng:
, (2)
bu erda yoki - umumiy daromad; - narx; - sotilgan ne`mat miqdori.
Umuman olganda, daromad sotilgan mahsulot miqdoriga bog`liq bo`lganligi uchun, u ko`rinishida yoziladi.

Yüklə 444,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə