R. I. G im u s h, F. M. M a t m u r o d o V


Investitsion menejmentning mohiyati



Yüklə 4,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/86
tarix30.09.2023
ölçüsü4,17 Mb.
#125057
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   86
Innovatsion menejment. Gimush R.I. (1)

1.1.4. Investitsion menejmentning mohiyati
Ko‘pgina maxsus iqtisodiy adabiyotlarda investitsion menejment — bu 
korxonaning investitsion faoliyati barcha tomonlarini boshqarish jarayoni deb 
ta ’riflanadi. Shu bilan birga, investitsion menejmentning asosiy maqsadi kor­
xonaning turli rivojlanish bosqichlarida investitsion strategiyani amalga oshirishni 
ta’minlashda hamda investitsion loyihalami samarali amalga oshirishda o‘z aksini 
topadi. Bunday faoliyat natijasida, rivojlangan mamlakatiar tajribasida moddiy 
va inson resurslari samarali muvofiqlashtirilishi loyiha qiymatining 20% ga yaqin 
miqdorini iqtisod qilish mumkinligi amalda isbotlanmoqda.
24


Strategik maqsadlami amalga oshirish jarayonida esa, investitsion menej- 
ment muhim masalalar majmaasini hal etishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozimdir.
Birinchidan,
samarali investitsion faoliyat hisobiga korxonalarni jadal 
iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini ta ’minlash. H ar qanday firma va kompaniya 
tashkil etilgan kunidan boshlab, uning rivojlanish strategiyasida ishlab 
chiqarish, faoliyatini kengaytirish, m ahsulot assortim enti o ‘sib borishi va 
hududiy diversiflkatsiyalashni ta ’minlanishi ko‘zda tutiladi. Bunda birinchi 
navbatda, kompaniyaning uzoq muddatli strategik maqsadlarini ta ’minlash 
investitsion faoliyat orqali amalga oshiriladi. Investitsiya faoliyati samara- 
dorligi va iqtisodiy rivojlanish sur’atlari o ‘rtasida uzviy bog'liqlikning mavjud 
bo'lishi m uhim ahamiyatga egadir.
Ikkinchidan,
investitsion faoliyat natijasida olinadigan daromadni (foy- 
dani) ko‘paytirishni ta ’minlash. Foyda faqatgina investitsiya faoliyati na- 
tijalarini belgilabgina qolm ay, balki u m um iy xo ‘jalik faoliyatini ham
ta ’riflaydi. Lekin korxonalarnitig iqtisodiy rivoji uchun balans foydasiga 
nisbatan so f foyda ko'proq kerak b o lad i. Shuning uchun ham bir necha 
muqobil qarorlar ichidan sarf qilingan xarajatga nisbatan sof foydasi ka- 
folatlangan loyihalarni tanlab olish zarurdir.

Yüklə 4,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə