R. I. G im u s h, F. M. M a t m u r o d o V


Innovatsion menejmentda nazorat



Yüklə 4,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/86
tarix30.09.2023
ölçüsü4,17 Mb.
#125057
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   86
Innovatsion menejment. Gimush R.I. (1)

Innovatsion menejmentda nazorat.
Nazorat m enejm entning predm et 
funksiyasi sifatida innovatsiyadagi boshqaruv siklini yakunlaydi va bu bi- 
lan boshqa barcha funksiyalarning samaradorligini ta ’minlaydi. Innovat­
sion m enejmentda nazorat funksiyasining mohiyati shundan iboratki, u 
berilgan tashkiliy shartlar asosida qabul qilingan maqsadlarga erishishga 
yo'naltirilgan belgilangan rejaviy vazifalarni bajarilishini ta ’minlaydi.
Nazorat vazifalariga quyidagilar kiradi:
• innovatsion faoliyat va uning natijalari to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish 
va tizimlashtirish;
• olingan faoliyat natijalari holatini baholash;
• faoliyat natijalariga ta’sir qiluvchi omillar, chetga chiqish sabablari tahlili;
• rivojlanish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan qarorlarni tayyor- 
lash va bajarish.
Tashkilotda nazoratni tashkil qilishning asosiy mazmuni bo‘lib quyidagi 
belgilar hisoblanadi: nazorat maqsadi, predmet sohasi, ko'lami va nazorat shakli.
Strategik nazorat yuqori menejment faoliyatining IKga mohiyati bo‘lib 
hisoblanadi va u innovatsiya rivojlanishining hisobi, baholanishi, natijalar 
tahlili, ilg'or tamoyillarini amalga oshirishni ko‘rib o'tadi. 
U
strategiyani 
shakllantirish bosqichida ham, uni realizatsiya qilish bosqichida ham ish- 
tirok etadi. IKning strategik nazorati hayotiy zarur bo'lgan tizim larga 
yondashadi: marketing, ilmiy-texnik prognozlarga, m a’nsulot portfeliga. 
Strategik nazoratni tashkil etish va o'tkazishda sifatli baholash usullari- 
dan, tendensiyalarni solishtirma baholashdan foydalaniladi.
Operativ nazorat tashkilotdagi o 'rta va quyi boshqaruv tizimini o ‘z 
ichiga oladi. U joriy hisobga, amalga oshirilayotgan innovatsion jarayon- 
larni tahliliga yo‘naltiriladi va belgilangan rejaviy vazifalarni ijro etishni 
o ‘z vazifasi deb biladi. Operativ nazorat obyektlari bo‘lib mavzuviy va ishlab 
chiqarish vazifalari, ishni olibborish muddatlari, rejada ko'rsatilgan resurs- 
lar, IK faoliyati bilan bog'liq xarajatlar hisoblanadi. Operativ nazoratni 
tashkil etish va o'tkazishda miqdoriy hisob va innovatsion loyihalar holati 
tahlili usullaridan foydalaniladi.
IKdagi boshqaruv nazoratining barcha turlari predm et belgisi 
b o ‘y ic h a
moliyaviy va m a’muriyga ajratiladi.
20



Yüklə 4,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə