R. D. Shodiyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, obyekti, predmeti, maqsadi, 
vazifalari va fan sifatida paydo bo„lishi 
 
Pedagogika nuqtai nazaridan konfliktologiya 

o‗quv
-biluv jarayonida paydo 
bo‗ladigan ziddiyatlar, qarama
-
qarshiliklar, nizolar va shu kabilarni oldindan ko‗ra 
bilishning usul, vosita va yo‗llarini aniqlab beradigan psixologiya va 
pedagogikadagi ilmiy bilimlar sohasidir. 
Pedagogik faoliyatdagi konfliktlar haqidag
i ma‘lumotlarga bo‗lgan qiziqish 
eng avvalo o‗quvchilar, o‗qituvchilar va ota
-
onalarning o‗zaro munosabatlari 
asosida kelib chiqqandir. Pedagogikada asosan pedagogik muloqotdagi murakkab 
holatlar va undagi to‗siqlar haqidagi masalalarni doimiy ravishda mu
hokoma qilib 
kelinadi. Lekin, mazkur holatlar o‗z tabiatiga ko‗ra konfliktogenlar bo‗lsada, ilmiy 
manbalarda ular bunday aspektda uchramaydi. Konfliktlar haqida ma‘lumotlarning 
kam uchrashi, bu sohadagi qarama-
qarshiliklarga unchalik ham muhim bo‗lmagan 
muammo sifatida deb qaralishi sabablidir.
Pedagogikada konfliktlar qarama-
qarshi pozitsiyalarga tegishli bo‗lib, bu 
hodisalar normal yoki anomal deb baholanadi. Ba‘zi tadqiqotchilar konfliktlarni 
ta‘lim
-tarbiya jarayonini tabiiy ravishda borishini barbod etuvchi hodisalarga 
tegishli deb biladilar. Ushbu mavzuga eng adekvat yondashuv 

pedagogik tizim 
tarkibida hayotiy faoliyat davomida konfliktli holatlarni namoyon bo‗lishini tabiiy 
ravishda yaxlit aks ettirilishidir.
Pedagogik konfliktlarga tarbiyalovchi 
va tarbiyalanuvchilar (o‗qituvchi va 
o‗quvchilar, ota
-
ona va bola) o‗rtasidagi shaxslararo hamda guruhlararo, masalan, 
o‗qituvchi va sinf o‗rtasida yuzaga keladigan munosabatlardagi qarama
-
qarshiliklar kiradi. Shu bilan birga avlodlar o‗rtasidagi konflik
tlar ham pedagogik 
konfliktlarga tegishlidir. Pedagogik konfliktlar o‗z mohiyati va o‗ziga xosligi bilan 
farq qiladi. Pedagogik konfliktning o‗ziga xos farq qiladigan jihati –
ijtimoiy-rolli 
pozitsiyalarni bir-biriga qarama-
qarshi qo‗yilishdan iboratligidi
r.



Konfliktni kelib chiqish sabablarini aniqlash uni bartaraf etishga yo‗l ochib 
beradi. Aynan maktabda paydo bo‗lgan konfliktning haqiqiy sabablarini izlash va 
aniqlash pedagogik konfliktologiyaning muhim vazifalaridan biridir. 
Pedagogik konfliktlarni 
paydo bo‗lishining obyektiv va subyektiv sabablari 
mavjud ular quyidagilar: 
Pedagogik konfliktni paydo bo‗lishining obyektiv sabablari: 
-
bolaning bazaviy talablarini yetarli darajada qoniqtirilmasligi; 
-
o‗qituvchi va o‗quvchining funksional
-rolli pozitsiyalarini qarama-
qarshi qo‗yish;
-
erkinlik darajasini sezilarli ravishda cheklanishi (qat‘iy tartib
-intizom, 
bo‗y sunish, o‗qituvchi va fanni tanlash huquqining mavjud emasligi, 
mashg‗ulotlarga albatta qatnashish lozimligi va boshqalar);
-
tasavvurlarda, qadriyatlarda, hayotiy tajribadagi farqlar, turli 
avlodlarga tegishlilik; 
-
o‗quvchining o‗qituvchiga ta‘lim berish, ta‘lim olish va ma‘naviy 
jihatdan bog‗liqligi;
-
o‗quvchilarni o‗qituvchi tomonidan baholanishining zarurligi;
-
rasmiy ta‘lim tizimida o‗quvchining shaxsiy muammolarini rad 
etilishi; 
-
ta‘lim muassasasida o‗quvchi bajarishi kerak bo‗ladigan rollarning 
ko‗pchilikni tashkil etishi, ba‘zan ota
-
onalar, o‗rtoqlari va uning uchun ahamiyatli 
kishilar tomonidan bir-
biriga nisbatan zid bo‗lgan talablarning qo‗yilishi;
-
o‗quv materiali bilan hodisalar, real hayot obyektlari o‗rtasidagi 
farqlarning mavjudligi va boshqalar
Subyektiv sabablarga quyidagilar: 

o‗qituvchi va o‗quvchining psixologik nuqtai nazardan mutanosib 
emasligi; 

o‗qituvchi yoki o‗quvchida ―konfliktli shaxs‖ni aniqlaydigan (agressivlik, 
qo‗pollik, serjahllik va hakozolar) tavsifiy jihatlarning mavjudligi; 




o‗qituvchi yoki o‗quvchida kommunikativ madaniyatning mavjud 
emasligi; 

barcha o‗quvchilar tomonidan mazkur predmetni o‗zlash
tirishning zarurligi 
va aniq bir o‗quvchida unga qiziqishning yo‗qligi;

o‗quvchi va unga qo‗yiladigan talablarga uning intellektual, jismoniy 
imkoniyatlarini mos kelmasligi; 

o‗qituvchining yetarli darajada kompetent emasligi –
tajribaning 
yetishmasligi
, fan bo‗yicha chuqur bilimlarning yo‗qligi, konfliktni bartaraf etishga 
tayyor emasligi, aniq kasbiy qobiliyatni rivojlanish darajasining pastligi; 

o‗quvchi yoki o‗qituvchida shaxsiy muammolar, sertashvishlilik va stress 
holatning mavjudligi; 

o‗qituvchi yoki o‗quvchining haddan tashqari yuklanganligi;

o‗quv jarayonida ijodiy yondashuv va mustaq
i
llikning yo‗qligi; 

o‗quvchining o‗z
-
o‗zini baholashi bilan o‗qituvchi tomonidan 
baholanishdagi mutanosiblikning yo‗qligi va hakozolar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə