Laboratoriya ishi №11 Mavzu: ishqoriy-yer metallari. I shning nazariy asosi



Yüklə 47,83 Kb.
tarix28.01.2023
ölçüsü47,83 Kb.
#99635
11-laboratoriya ishi


LABORATORIYA ISHI № 11
Mavzu: ISHQORIY-YER METALLARI.


I shning nazariy asosi
Berilliy va magniy elementlar davriy sistemasining ikkinchi guruh bosh guruppachasida joylashgan bo‘lib, bu guruhchaga yana kalsiy, stronsiy, bariy va radioaktiv radiy elementlari kiradi. Ushbu elementlarning davriy sistemada joylashgan o‘rinlarini, elektron konfigurasiyalarini, atomlarining o‘lchamlarini, namoyon qiladigan valentliklarini va oksidlanish darajalarini ko‘rsating. Metallarning kuchlanish qatorida metallik xossalari qanday o‘zgarishini ko‘rsating. Metallarning kuchlanish qatorida bu metallar qanday o‘rinni egallashini izohlab bering.


I shning bajarish tartibi
Berilliy va magniyning xossalari.
a) Metallik magniy suyultirilgan va konsentrlangan kislotalar bilan qanday reaksi-yalarga kirishishini bilish uchun alohida olingan probirkalarga suyultirilgan va konsen-trlangan nitrat, sulfat va sirka kislotalardan olib ularning ustiga metallik magniydan oz-ozginadan soling. Kuzatilgan hodisalarni izohlang. Reaksiya tenglamasini yozing.
b) 1-1,5 sm uzunlikdagi magniy lentasini chinni kosacha ustiga yoqing yoki toza temir qoshiqchaga magniy kukunini olib gaz gorelkasi alangasida yondiring. Olingan moddaga bir necha tomchi konsentrlangan xlorid kislota eritmasidan tomizing va ajralib chiqayotgan gazni aniqlang. Magniy havoning qaysi tarkibiy qismlari bilan reaksiyaga kirishadi? Kuzatilgan hodisalarni izohlang va tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
Metallik magniyning suv bilan o‘zaro ta’siri. Magniy lentasining bir bo‘lakchasini (1-2 sm) olib uning sirtidagi oksid pardasini jilvir qog‘oz bilan tozalang. Probirkaga 3 – 4 ml distillangan suv quying va unga tozalangan magniy lentasini tushiring. Uy temperaturasida reaksiya bormasligini belgilang. Probirkani past gaz alangasida qizdiring. Nima kuzatiladi? Olingan eritmaga bir tomchi fenolftalein eritmasining rangining o‘zgarishi eritmada qanday ionnning hosil bo‘lganligini ko‘rsatadi? Probirkaga 0,3-0,5 g NH4CI tuzi kristalidan soling. Nima kuzatiladi? Kuzatilgan natijalarni izohlang. Qizdirilganda magniyning suv bilan o‘zaro ta’sir etish reaksiyasining tenglamasini yozing. Nima uchun NH4+ ishtirokida magniy suv bilan aktivroq reaksiyaga kirishadi.
Magniy gidroksidning olinishi va xossalari. Magniyning biror tuzi eritmasiga ishqor eritmasidan ta’sir ettirib magniy gidroksidini hosil qiling. Probirkadagi eritmani 3 ta toza probirkaga bo‘ling. Birinchi probirkaga 10% li xlorid kislota, ikkinchi probirkaga ishqor eritmasi va uchinchi probirkaga ammoniy xlorid eritmalaridan quying. Sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni kuzating. Reaksiya tenglamalarini yozing. Agar ishqor eritmasi o‘rniga ammiak eritmasi solinsa magniy gidroksidi to‘liq cho‘kmaga tushadimi? Berilliy gidroksidi va magniy gidroksidlari asoslarning qaysi tipiga kiradi? Berilliy va magniy gidroksidlarning dissosiasiyalanish reaksiya tenglamalarini yozing.
Ishqoriy - yer metallarining gidroksidlarining olinishi
a) Alohida olingan probirkalardagi CaCI2, SrCI2, BaCI2 eritmalariga karbonat ionlari aralashmasi bo‘lmagan o‘yuvchi natriy eritmasidan quying. Har bir probirkada ajralgan cho‘kma miqdoriga e’tibor qiling. Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Tajribani NaOH o‘rniga karbonat ionlari aralashmalari bo‘lmagan suyultirilgan NH4OH eritmasi bilan takrorlang. Olingan natijalarni yuqoridagi tajriba bilan solishtiring. Tajriba natijalariga izoh bering. Reaksiya tenglamalarini yozing.
Ishqoriy-yer metallarining karbonatlarini olish. Ishqoriy-yer metallarining tegishli tuzlariga soda eritmasidan qo‘shib kalsiy, stronsiy va bariy karbonatlarni hosil qiling. Hajmli oq cho‘kma karbonatlarni hosil bo‘lishini kuzating. Probirkalarning cho‘kmalari bilan asta - sekin qizdiring. Cho‘kmalarning ko‘rinishi o‘zgarishiga e’tibor bering. Hamma probirkalarga suyultirilgan xlorid kislota eritmasidan qo‘shing. Reaksiya tenglamalarini yozing.
Ishqoriy-yer metallarini sulfatlarini olish. Tegishli tuzlar eritmalariga suyultirilgan N2SO4 yoki Na2SO4 eritmalaridan quyib kalsiy sulfat, stronsiy sulfat va bariy sulfatlarni hosil qiling. Olingan cho‘kmalarning rangini belgilang. Reaksiya tenglamalarini yozing. Cho‘kmalarning har birini xlorid va nitrat kislotalarda eruvchanligini sinab ko‘ring. Tuzlarning eruvchanligini jadvaldan taqqoslang.
Kalsiy, stronsiy va bariy tuzlarining alangani bo‘yashi. Platina simini xlorid kislotada yuvib, gaz gorelkasi alangasida qizdirib tozalang. Tozalangan platina simini kalsiyning biror tuzi eritmasiga botiring va uning rangsiz gaz gorelkasi alangasining pastki qismiga tuting. Alanganing qizg‘ish rangga bo‘yalishini kuzating. Tajribani yuqoridagidek o‘tkazib stronsiy tuzlari alangani och qizil, bariy tuzlari esa sarg‘ish - yashil rangga bo‘yashini kuzating va tegishli xulosa chiqaring.
Yüklə 47,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə