Qudratov Muhriddin hba-83



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#137890
1   2   3   4   5   6   7
soliq maruza

Daromad- keng maʼnoda kirim boʻlgan har qanday pul mablagʻlari yoki pul qiymatiga ega boʻlgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy subʼyekt o'z faoliyati natijasiga kura oladigan pul va tovar — moddiy tushum. D. pul va moddiy shaklga ega boʻlib, ularning yigʻindisi jami D.ni hosil qiladi. D. egalik nuqtai nazaridan aholi D.i, korxona (korporativ) D.i va davlat D.iga boʻlinadi. Aholiga tegadigan D. ish haqi, foyda, foiz, renta, dividend shakllariga ega 

Renta- (nem. rente, lot. reddita — qaytarib berilgan) — 1) keng maʼnoda — mulk egalarining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmasdan yer, mol-mulk, kapitaldan muntazam oladigan daromadi; ssudaga berilgan kapitaldan foiz, yer egalarining ijaraga berilgan yer uchastkasidan, uy-joy egalarining ijaraga berilgan binolardan muntazam oladigan daromadi. Tor maʼnoda R. — qatʼiy daromadli pul kapitali va qimmatli qogʻozlar egalari foiz shaklida oladigan daromad. Aksariyat hollarda R. tushunchasi yerni ijaraga berish natijasida olinadigan daromadga nisbatan qoʻllaniladi ,2) sugurta polney boʻyicha sugʻurta tashkiloti tomonidan sugʻurtalangan shaxsga har yili toʻlanadigan pul summasi.

Dividend (dividendum — taqsimlanadigan narsa) — aksiyadorlik jamiyati foydasidan aksiya egasiga har yili beriladigan va uning daromadiga aylangan qismi. Dividend miqdori aksiyadorlar jamiyatining sof foydasi, aksiyalar soni va qiymatiga bogʻliq. Dividend har yili (soliqlar toʻlanib rivojlantirish uchun ajratmalar chiqarilib, zaxiralar toʻldirilgach, obligatsiyalar boʻyicha foizlar va direktorlarga beriladigan mukofot haqi toʻlangandan soʻng) aksiyadorlarning qoʻlidagi aksiya miqdori va turiga muvofiq taqsimlanadi. Taqsimlanadigan hissa Dividend massasi, aksiyalar nominali qiymatlariga koʻra foizlarda ifodalangan daromad esa Dividend stavkasi deb ataladi. Dividend miqdori oddiy aksiyalar boʻyicha jamiyatning oʻsha yilda koʻrgan foydasiga bogʻliq. Imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga qatʼiy foiz stavkasi miqdorida oldindan belgilanadi. Eng yuqori Dividend olinganda baʼzan ularning bir qismi qoʻshimcha chiqarilgan bepul aksiyalar tarzida aksiyadorlarga toʻlanadi. Qoʻlida aksiyalarning asosiy hissasini toʻplagan aksiyadorlar va korporatsiyalar Dividendning eng koʻp qismini oladi. Dividend yilda bir marta beriladi


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə