Name of presentation



Yüklə 2,41 Mb.
tarix08.05.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#109008
ALEKSANDR GUMBOLDTNING GEOGRAFIYA FANIGA QO\'SHGAN HISASI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA’LIM FAN VA INOFATSIYALAR VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

TABIY FANLAR FAKULTET

GEOGRAFIYA TA’LIM YO’NALISH

222-TALABASI

ALIQULOVA MARG’UBA

TAQDIMOD ISHI

ALEKSANDR GUMBOLDTNING GEOGRAFIYA FANIGA QO'SHGAN HISASI

Ma’lumki, geografiya eng qadimgi fanlardan biri bo‘lib, o‘rganadigan hodisalarining doirasi juda keng.


Geografiyaga “Yer yuzi tabiati, aholisi va inson xo‘jalik faoliyatini o‘rganuvchi fandeb berilgan

Geografik qobiq sayyoramizdagi eng yirik geotizim, ya’ni Yerning qattiq (litosfera), suv (gidrosfera), havo (atmosfera) hamda hayot (biosfera) qobiqlarining o‘zaro tutashuvi va ta’siri doirasida vujudga kelgan va rivojlanayotgan juda murakkab yaxlit tabiiy tizimdir.

Geografik qobiq, o‘z navbatida, bir-biri bilan bog‘langan ko‘plab katta-kichik tabiiy geografik birliklarga, ya’ni quruqlik va suvlik, materiklar va okeanlar, tabiiy geografik o‘lkalar, tabiat zonalari, provinsiyalar, tabiiy geografik okruglar va hokazolarga bo‘linadi

Geografiya jamiyatning tarixiy rivojlanishi mobaynida paydo bo‘lgan hududiy tuzilmalar – mamlakatlar, viloyatlar, shahar va qishloqlarni ham o‘rganadi.

Geografik qobiq va uning tarkibiy qismlaridagi voqea-hodisalarni boshqa fanlar ham o‘rganadi, lekin aynan geografiya bu obyekt va jarayonlarni o‘zaro bog‘liqlikda, ma’lum hudud chegaralarida bir butunligicha tadqiq etib, hududlar va butun Yer yuzi haqida yaxlit kompleks ilmiy tasavvurni shakllantiradi.

Buning natijasida, aholi geografiyasi, shaharlar geografiyasi (geourbanistika), siyosiy geografiya (jahon siyosiy xaritasi, etnogeografiya (xalqlar geografiyasi), din geografiyasi va boshqa geografik fanlar vujudga kelgan.


Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya doirasida ham shunga o‘xshash tarmoqlanish jarayoni rivojlanib bormoqda.

Geografiya fanining vazifasi fan va jamiyatning rivojlanishi bilan o‘zgarib bordi. Bugungi kunda zamonaviy geografiyaning oldiga qo‘ygan vazifalari bir qancha bo‘lib, eng asosiy vazifasi tabiat va jamiyat o‘zaro munosabatlarini uyg‘unlashtirishdir.

Geografiya fanlarida turli ilmiy-amaliy masalalarni o‘rganish jarayonida qator tadqiqot usullaridan foydalaniladi.

Bulardan eng muhimlari – ekspeditsiya, tasviriy, kartografiya, statistik, qiyosiy geografik, rayonlashtirish usullari.

Shuningdek, borgan sari geografik tadqiqotlarda matematik va kompyuter modellashtirish, aerokosmik, geokimyoviy va geofizik kabi zamonaviy tadqiqot usullarining ahamiyati hamda qo‘llanilish qamrovi kengayib bormoqda.

Geografik fanlar tizimida geografik xaritalarni tuzish va ular bilan ishlashni o‘rganadigan kartografiya fani alohida o‘rin va ahamiyatga ega.

Hozirgi davr geograflari turli joylar tabiati, aholisi va xo‘jaligini tasvirlash va tavsiflash bilan cheklanib qolmasdan, turli tabiiy va ijtimoiy hodisalarning vujudga kelish va hududiy tarqalish qonuniyatlarini o‘rganadilar, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va ziddiyatlarni atroflicha tahlil qiladilar

Ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarni hududlarning o‘ziga xos sharoit va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar.


Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə