Qo`shilgan qiymat solig`ining undirilish jarayonida davlat aslida yangi



Yüklə 21,09 Kb.
səhifə2/3
tarix28.09.2023
ölçüsü21,09 Kb.
#124668
1   2   3
qqs word

SOLIQ SOLISH OBYEKTI
(O`zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksining 198-moodasi)
soliq solinadigan
oborot
soliq solinadigan
import
Amaldagi soliq kodeksining 198-moddasiga ko`ra qo`shilgan qiymat
solig`ining obyekti bo`lib, tovar (ish, xizmat)larni realizatsiya qilish oboroti
hamda tovarlarning importi hisoblanadi.
Tovarlarni (ish va xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti deganda – yuklab
jo`natilgan tovarlar (ish va xizmatlar) qiymati tushuniladi, ya`ni yuklab
jo`natilgan tovarlar (ish va xizmatlar) uchun mablag`i kelib tushishi davridan
qat`i nazar korxona qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha budjet oldida hisobkitoblarni amalga oshirishi shart.
Qo`shilgan qiymat solig`ini aniqlashda realizatsiya bo`yicha soliq
solinadigan aylanma miqdori realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar, xizmatlar
qiymati asosida, qo`llaniladigan narxlar va ta`riflardan kelib chiqib, agar Tovar
aksizosti mahsuloti bo`lsa, aksiz solig`ini hisobga olgan holda ularga qo`shilgan
qiymat solig`ini kiritmasdan belgilanadi. Shu o`rinda, aksizosti mahsulotlarni
realizatsiyasidan qo`shilgan qiymat solig`i hisoblanishida munozarali holat
yuzaga keladi, chunki mahsulotdan hisoblangan aksiz solig`i qo`shilgan qiymat
solig`i tortiladigan obyektga aylanadi, boshqacha qilib aytganda aksiz solig`idan
yana bir marta soliq hisoblanadi. Bu to`g`ri budjetga qo`shilgan qiymat solig`i
tushumini ko`paytiradi, lekin soliqqa tortilish tamoyillari haqida ham
unutmasligimiz kerak. Bizning aksizosti mahsulotlardan qo`shilgan qiymat
solig`i hisoblashda aksiz solig`ining soliq solinadigan aylanmaga kiritilmasligi
hisob-kitoblarni ixchamlashtirish bilan bir qatorda, uni soliqqa tortish
tamoyillariga moslashtirishga olib keladi.
Soliq solinadigan import deganda esa O`zbekiston Respublikasining
bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar hisoblanadi (qo`shilgan qiymat
solig`idan ozod etilgan import tovarlardan tashqari). Tovarlar natural haq tarzda
berilganda yoki kassa orqali o`z xodimlariga tannarx bahosidan past qilib
sotilganda soliqqa tortiladigan oborot tovarlar (ish va xizmatlar) ni ishlab
chiqarishning haqiqiy xarajatidan kam bo`lmagan miqdorda belgilanadi.
Soliq kodeksiga ko`ra quyidagilar tovarlarni (ish va xizmatlar)ni
realizatsiya qilish oboroti hisoblanmaydi: 37
1) soliq to`lovchining xarajatlari sifatida qaraladigan uning o`z ehtiyojlari
uchun tovar berish, ishlar bajarish, xizmatlar ko`rsatish (yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig`ini hisoblab chiqarishda chegirilmaydigan xarajatlar
bundan mustasno);
2) bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy bo`linmasi tomonidan boshqa
tarkibiy bo`linmasiga ishlab chiqarish ehtiyojlari (zavod ichki oboroti) uchun,
agar tarkibiy bo`linmalar Soliq kodeksiga muvofiq mustaqil soliq to`lovchilar
bo`lmasa, mol-mulk berilishi, ishlar bajarilishi, xizmatlar ko`rsatilishi;
3) soliq to`lovchining o`z ehtiyojlari uchun o`z kuchi bilan qurilish, montaj,
qurilish-montaj ishlarini bajarishi;
4) garov qiymatiga ega bo`lgan qaytariladigan tarani, shu jumladan, shisha
idishni jo`natish. Qaytariladigan tara mahsulot solib jo`natilgan, qiymati ushbu
mahsulot qiymatiga kiritilmaydigan hamda shu mahsulotni yetkazib berish
uchun tuzilgan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda mahsulot
yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim bo`lgan taradir. Agar tara belgilangan
muddatda qaytarilmasa, bunday tarani berish soliq solinadigan oborotga
kiritiladi;
5) yuridik shaxsning ishtirokchisi (muassisi) muassislar (ishtirokchilar)
tarkibidan chiqaanda (chiqib ketganda), shu jumladan, tugatilganlik, (bankrotlik)
yoki qayta tashkil etilganlik munosabati bilan chiqqanda (chiqib ketganda) unga
dastlabki hissa doirasida mol-mulkni berish, shuningdek, oddiy shirkat
shartnomasi bo`yicha sherikka (ishtirokchiga) uning mazkur shartnoma bo`yicha
sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkida bo`lgan ulushi qaytarilayotganda
yoki bunday mol-mulk taqsimlanganda mol-mulkni berish;
6) tugallanmagan qurilishning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va
obyektlarini bepul asosda berish;
7) bankning mol-mulkni o`z filiallariga berishi;
8) oddiy shirkat shartnomasi bo`yicha sherikning (ishtirokchining) ulushi
sifatida tovarlarni (ish va xizmatlar)ni, boshqa mol-mulk va mulkiy huquqlarni
berish; 38
9) tovarlarni va boshqa mol-mulkni qayta ishlash asosida berish;
10) ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida mol-mulkni mulkdordan
ishonchli boshqaruvchiga berish;
11) ishonchli boshqaruv shartnomasi tugatilgan taqdirda, mol-mulkni
mulkdorga berish;
12) obyekt qiymatini ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) oladigan ijara
(lizing) to`lovchining bir qismi tarzida qoplash.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish yoki alohida bir tarmoqni


rivojlantirishni rag`batlantirishda jahon tajribasida keng qo`llaniladigan
usullardan biri, soliq imtiyozini berishdir. Lekin soliq to`lashdan bir soliq
to`lovchining ozod etilishi boshqa soliq to`lovchi zimmasiga ko`proq soliq yuki
tushishi bilan bog`liq jarayondir. Shuningdek, qo`shilgan qiymat solig`idan ozod
etilish yoki alohida soliqqa tortish tartibining joriy qilinishi xo`jalik
subyektlarining ushbu soliq to`lashdan butunlay ozod etilganligini ko`rsatmaydi.
Qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilinishda faqat ishlab chiqarilgan tovarlar
realizatsiya qilinishida soliqqa tortilmaydi xolos. Lekin ushbu tovarni ishlab
chiqarishga ketgan xom ashyo, materiallar avvaldan sotib olinish paytida
qo`shilgan qiymat solig`iga tortilgandir. Qo`shilgan qiymat solig`idan ozod
qilinishi, alohida soliqqa tortish tartibi joriy qilinishi xo`jalik subyektlarining
moliyaviy faoliyati uchun o`ziga xos ikki xususiyatga egadir. Birinchidan,
qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilingan yoki alohida soliqqa tortish tartibi
joriy qilingan xo`jalik subyektlari o`z tovar va xizmatlarini sotganda ushbu tovar
va xizmatlar tannarxiga ishlab chiqarish materiallarini sotib olish vaqtida
to`lagan qo`shilgan qiymat solig`i kiritiladi va mahsulot bahosiga o`z-o`zidan
qo`shilgan bo`ladi hamda boshqa ishlab chiqarish uchun tannarxning unsuri
sifatida o`zida aks ettiradi.
Qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilinish haqida gap ketganda o`ziga xos
noaniqlik yuzaga keladi. Chunki, yuqorida ko`rib o`tdikki, korxonalarning
soliqdan ozod qilinishi bilan ular budjetga soliq to`lashdan ozod bo`ladi, lekib
ishlab chiqarish uchun olingan va tovar-xizmatlarning tannarxiga o`tkazilgan
xom ashyolarni sotib olishda ularga hisoblangan qo`shilgan qiymat solig`ini
to`laydilar. Shu tufayli ishlab chiqaruvchi xom ashyo, materiallarni sotib olishda
to`lagan qo`shilgan qiymat solig`ini o`zida hisobdan chiqarishni talab qila
olmaydilar va ular o`zlari xom ashyoni sotib olishda to`lagan qo`shilgan qiymat
solig`ini tovar-xizmatlarini sotib oluvchilardan undirib olish huquqiga ega
bo`lmaydi. Qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilinish, alohida soliqqa tortish
tartibi joriy qilinishi xo`jalik subyektlari moliyaviy faoliyatiga ta`sirining
ikkinchi xususiyati shundaki, qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilingan tovar
va xizmatlarni sotib olayotgan qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchi ro`yxatida 43
turgan xo`jalik subyektlari o`zlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar
uchun soliq kreditidan foydalana olmaydilar. Shu tufayli ishlab chiqaruvchi
qo`shilgan qiymat solig`ini to`lashda tovarlarni sotishda hisoblangan soliq va
materiallarni sotib olish paytida to`lagan soliq orasidagi farqni to`lamay, balki
sotish aylanmasidan hisoblangan soliqni to`liq to`lashga majbur bo`ladi. Buning
natijasida qo`shilgan qiymat solig`iga tortish zanjirida soliqdan ozod qilingan
bo`linma tushib qolishi tufayli qo`shilgan qiymatning birmuncha katta qismi
soliqqa tortiladi va soliq to`lash og`irligi keyingi bo`linma zimmasiga tushadi.
Demak qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha berilgan imtiyozlar oxirgi
iste`molchilarga nisbatan qo`llanilmasa, korxonalarning bir-biri bilan bo`ladigan
iqtisodiy munosabatlariga salbiy ta`sir etadi. Qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha
berilgan imtiyozlarni qisqartirish, asosan tibbiyot, ijtimoiy ahamiyatga ega va
eksportga yo`naltiriladigan tovarlargagina imtiyozlarni saqlab qolish zarur.
Qo`shilgan qiymat solig`idan berilgan imtiyozning korxonalar ishlab
chiqarish faoliyatiga va narxlar ta`siri masalasiga batafsil to`xtalib o`tadigan
bo`lsak, soliqdan ozod qilingan subyektlar o`z ishlab chiqarish faoliyatiga zarur
bo`lgan resurslarni qo`shilgan qilymat solig`i bilan birgalikda sotib oladilar va
ushbu soliq miqdorini ular bajarilgan ishlar tannarxiga qo`shadilar. Bu
bajarilgan ishlar narxining o`z-o`zidan oshishiga olib keladi. Agar korxona
bajarilgan ishlar narxini oshira olmasa, u ushbu ishlarni bajarish uchun
ketadigan xarajatlarni qisqartirishi lozim (aksariyat hollarda ishlovchilarning ish
haqi kamaytiriladi, bu esa ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati pasayishiga olib
keladi). Bu o`rinda birinchi holatda qo`shilgan qiymat solig`i iste`molga,
ikkinchisida esa ishlab chiqarishga ta`sir ko`rsatadi.
Qo`shilgan qiymat solig`idan boshqa soliq turlariga nisbatan ko`proq
imtiyozlar ko`zda tutilgan bo`lib, ular Soliq kodeksida to`rt guruhga bo`lib
berilgan.
Buni quyidagi 2-chizmada ham ko’rish mumkin:
2-chizma. Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlar
1) soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya
qilish oboroti (208-modda);
2) soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar (209-modda);
3) soliqdan ozod etiladigan sug`urta xizmatlari (210-modda);
4) soliqdan ozod etiladigan import.


Yüklə 21,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə