Qo`shilgan qiymat solig`ining undirilish jarayonida davlat aslida yangi


Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlar



Yüklə 21,09 Kb.
səhifə3/3
tarix28.09.2023
ölçüsü21,09 Kb.
#124668
1   2   3
qqs word

Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlar
(O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-211-moddalari) Soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar
(O’zR.SKining 209-moddasi) Soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni,
xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti.(O’zR. SKining 208-moddasi)
Soliqdan ozod qilinadigan sug’urta xizmatlari
(O’zR.SKining 210-moddasi) Soliqdan ozod qilinadigan import
(O’zR. SKining 211-moddasi) 45
Qo`shilgan qiymat solig`idan quyidagi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
realizatsiya qilish oborotlari ozod etiladi:
- davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari hamda
boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan ko`rsatiladigan, davlat boji va yig`imlar
undiriladigan xizmatlar;
- maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarni tarbiyalashga doir xizmatlar;
- bemorlar va keksalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
- dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari, diniy
ashyolarni realizatsiya qilish, diniy tashkilotlar hamda birlashmalarning udumlar
va marosimlar o`tkazishga doir xizmatlari;
- protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun mo`ljallangan inventarlar,
shu jumladan, ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan
buyumlar va inventarlar, shuningdek, nogironlarga ko`rsatilayotgan ortopedik
protezlash xizmatlari, protez-ortopediya buyumlari va nogironlar uchun
mo`ljallangan inventarlarni ta`mirlash hamda ulardan foydalanishga doir ishlar
bo`yicha xizmatlar;
- davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish
ustaxonalarining mazkur muassasalar tomonidan realizatsiya qilinadigan
mahsulotlari;
- pochta markalari (kolleksiya qilinadiganlaridan tashqari), markali
otkritkalar, konvertlar;
- aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar to`lash bo`yicha xizmatlari;
- budjet mablag`lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya
ishlari. Ushbu imtiyozni olish uchun tegishli moliya organining budjetdan
mablag`lar ajratish to`g`risidagi xulosasi asosdir;
- shahar yo`lovchilar transportining xizmatlari (taksidan, shu jumladan,
yo`nalishli taksidan tashqari), shuningdek, temiryo`l va umumiy foydalanishdagi
avtomobil transportida (taksidan, shu jumladan, yo`nalishli taksidan tashqari)
shahar atrofidagi yo`nalishlarda yo`lovchilar tashish xizmatlari; 46
- oliy, o`rta, o`rta-maxsus, kasb-hunar o`quv yurtlarida, shuningdek,
kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bilan shug`ullanuvchi
tashkilotlarda ta`lim berishning haq evaziga o`qitishga doir qismi bo`yicha
xizmatlar;
- vakolatli davlat organiga saqlab turish uchun topshirilgan qimmatbaho
metallar;
- chet el havo kemalariga xizmat ko`rsatish yuzasidan bevosita O`zbekiston
Respublikasi aeroportlarida va O`zbekiston Respublikasining havo bo`shlig`ida
amalga oshiriladigan xizmatlar, shu jumladan, aeronavigatsiya xizmati;
- sanatoriy-kurort, sog`lomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari va
bolalar dam olish oromgohlarining xizmatlari, shuningdek, jismoniy tarbiya va
sport muassasalarining tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xizmatlari;
- gidrometeorologiya va aerologiya ishlari;
- geologiya va topografiya ishlari;
- O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining, uning tarkibiga kiruvchi
korxonalar va tashkilotlarning hamda O`zbekiston Milliy axborot agentligining
asosiy faoliyatiga doir mahsulot va xizmatlar;
- O`zbekiston Respublikasi hududidan eksport qilinayotgan tovarlarni
tashish, tushirish, qayta yuklash, ekspeditsiya qilishga doir xizmatlar, ishlar;
- O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo`yicha xalqaro va
chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar)
yuridik shaxslar oladigan, shuningdek, grantlar hisobiga olingan tovarlar (ishlar,
xizmatlar);
- uy-joy fondini saqlash va ta`mirlash yuzasidan aholiga ko`rsatilayotgan
xizmatlar;
- aholini elektr energiyasi bilan ta`minlash;
- davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni o`rgatish xizmatlari;
- o`zi yetishtirgan qishloq xo`jaligi mahsuloti;
- ichki ishlar organlari huzuridagi qo`riqlov bo`linmalari xizmatlari;
- va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oborotlar. 47
Moliyaviy xizmatlarning quyidagi turlari qo`shilgan qiymat solig`idan ozod
etilgan:
- to`lovlar, o`tkazmalar, qarz majburiyatlari, cheklar va to`lov vositalari
bilan bog`liq operatsiyalar, inkasso bo`yicha operatsiyalar;
- milliy valyuta va chet el valyutasi bilan bog`liq operatsiyalar;
- qimmatli qog`ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli
qog`ozlar) bilan bog`liq operatsiyalar;
- akkreditivlar ochish va ularga xizmar ko`rsatish;
- pul mablag`larini konvertatsiya qilish bo`yicha operatsiyalar;
- chet el valyutasi bilan ayirboshlash operatsiyalarini tashkil etish;
- kassa operatsiyalari (banknot va tangalarni qabul qilib olish, berish, qayta
hisoblab chiqish, maydalab berish, almashtirish, saralash va saqlash);
- forfeiting va factoring operatsiyalari;
- lombard operatsiyalari (garovga qo`yilgan mol-mulkka qisqa muddatli
kreditlar berish);
- jamg`arib boriladigan pensiya tizimi mablag`larining oboroti;
- va boshqa oborotlar.
Qo`shilgan qiymat solig`idan ozod etilgan sug`urta xizmatlari bo`lib
quyidagilar hisoblanadi:
1) sug`urta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa,
qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilinadi:
a) sug`urta qilish, birgalikda sug`urta qilish va qayta sug`urta qilish
shartnomalari bo`yicha sug`urta mukofotlari;
b) qayta sug`urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo`yicha vositachilik
haqi va tantyemalar;
d) sug`urta agenti, sug`urta va qayta sug`urta brokeri, syurveyyer hamda
sug`urta bozirining professional ishtirokchilarining xizmatlari uchun vositachilik
haqi;
e) qayta sug`urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo`yicha sug`urta
to`lovlari ulushining qayta sug`urtalovchilar tomonidan to`lanadigan to`lovini; 48
f) sug`urta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar, ajasterlar,
syurveyyerlar, assistans xizmatlari va shu singarilar) ko`rsatgan xizmatlardan
olinadigan daromadlar;
h) qayta sug`urta qilish shartnomalari bo`yicha depo mukofotiga
hisoblangan hamda qayta sug`urta qildiruvchi tomonidan qayta sug`urtalovchiga
o`tkazilgan foizlar;
i) hayotni sug`urta qilish shartnomalari bo`yicha sug`urta qildiruvchilar
taqdim etgan zayomlardan olinadigan daromadlar;
j) sug`urtalovchining (qayta sug`urtalovchining) investitsiya faoliyatidan
olinadigan daromadlar, shu jumladan, sug`urta rezervlari va sug`urta fondlari
mablag`larini investitsiyalashdan olinadigan daromadlar;
k) sug`urta qilish, birgalikda sug`urta qilish va qayta sug`urta qilish
shartnomalari bo`yicha franshizlarini qoplashdan olinadigan daromadlar;
l) qonun hujjatlariga muvofiq sug`urtalovchiga o`tgan, sug`urta
qildiruvchining (naf oluvchining) yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslardan
talab qilish huquqini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
m) qayta sug`urta qilish shartnomalari muddatidan ilgari tugatilgan
taqdirda, ular bo`yicha sug`urta mukofotlarining qaytarib berilgan qismi
summalari;
n) bevosita sug`urta faoliyatini amalga oshirishdan olinadigan boshqa
daromadlar;
2) sug`urta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, qo`shilgan qiymat
solig`idan ozod qilinadi:
a) sug`urta to`lovi (sug`urta tovoni);
b) preventive tadbirlar o`tkazish uchun beriladigan mablag`lar;
d) sug`urta qilish shartnomasi uchun beriladigan mablag`lar;
e) sug`urta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablag`lar.
Tovarlarni import qilishda quyidagi hollarda qo`shilgan qiymat solig`idan
ozod etiladi: 49
1) jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona
to`g`risidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan normalari doirasida olib
kirilayotgan tovarlar;
2) chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan
vakolatxonalari rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek, ushbu
vakolatxonalarning diplomatik va ma`muriy-texnik xodimlari, shu jumladan,
ularning o`zlari bilan birga yashayotgan oila a`zolari shaxsiy foydalanishi uchun
mo`ljallangan tovarlar;
3) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan
tartibda insonparvarlik yordami tariqasida olib kirilayotgan tovarlar;
4) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami
maqsadida, shu jumladan, texnik ko`mak ko`rsatish maqsadida olib kirilayotgan
tovarlar;
5) davlatlar, hukumatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan grant
mablag`lari hisobidan olib kirilayotgan tovarlar;
6) dori vositalari va tibbiy (veterinariya) buyumlari, shuningdek, dori
vositalari va tibbiy (veterinariya) buyumlari ishlab chiqarish uchun olib
kirilayotgan xomashyo;
7) O`zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq
tasdiqlanadigan ro`yxat bo`yicha olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalar,
shuningdek, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berisgh
texnologik asbob-uskunalarni yetkazib beriosh kontrakti shartlarida nazarda
tutilgan bo`lsa. Import qilingan texnologik asbob-uskunalar olib kirilgan
paytdan e`tiboran uch yil mobaynida eksportga realizatsiya qilingan yoki tekin
berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyoz qo`llanilgan butun
davr uchun qo`shilgan qiymat solig`i to`lash bo`yicha majburiyat tiklangan
holda bekor qilinadi;
8) investor bilan davlat mulkini boshqarish bo`yicha vakolatli davlat organi
o`rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida olib
kiriladigan mol-mulk; 50
9) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig`i mavjud bo`lgan
taqdirda, telekomunikatsiyalar operatorlari va tezkor qidiruv tadbirlari
tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo`yicha maxsus organ
tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari;
10) bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan chet el
investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar o`z ishlab chiqarishida foydalanish
uchun olib kirayotgan xomashyo, materiallar va yarim mahsulot.

Yüklə 21,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə