Qo`shilgan qiymat solig`ining undirilish jarayonida davlat aslida yangi



Yüklə 21,09 Kb.
səhifə1/3
tarix28.09.2023
ölçüsü21,09 Kb.
#124668
  1   2   3
qqs word


O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlar, ishlar, xizmatlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash tartiblari.
2.1. Qo`shilgan qiymat solig`ining to`lovchilari, soliq obyekti va soliq
bazasini aniqlash tartibi.
Qo`shilgan qiymat solig`ining undirilish jarayonida davlat aslida yangi
qiymatni taqsimlash qatnashchisiga aylanadi, tovar yoki xizmatni sotish paytida
bu qiymatning bir qismini olishga o`z huquqi borligini ma`lum qiladi.
Qo`shilgan qiymat solig`ining to`lovchilari bo`lib, amaldagi qonun
hujjatlariga asosan ushbu soliqni budjet oldida hisob-kitobini amalga oshiruvchi
tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi yuridik shaxslar tushuniladi.
Jumladan:
1) soliq solinadigan oborotlarga ega bo`lgan yuridik shaxslar;
2) O`zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga
oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qo`shilgan qiymat solig`i
to`lash bo`yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar;
3) tovarlarni O`zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va
jismoniy shaxslar (o`z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida
tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar bundan mustasno);
4) oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganida
zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) oddiy shirkat
shartnomasining sherigi (ishtirokchisi).
Tovarlar (ishlar, xizmatlarning) sotilishiga doir aylanmalar deganda yuklab
jo`natilgan mahsulot, bajarilgan ishlar, ko`rsatiladigan xizmatlar tushuniladi.
Tovarlarning sotilishida o`zi ishlab chiqargan va chetdan sotib olingan barcha
tovarlarning sotilishiga doir aylanmalar soliq solish obyekti hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi soliq kodeksiga muvofiq qo`shilgan qiymat
solig`i solish obyekti bo`lib tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishi bo`yicha 35
aylanmalar hisoblanadi, qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilingan, o`z ishlab
chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanadiganlar bundan mustasno.

Notijorat tashkilotlar (tadbirkorlik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni,


xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlari mustasno) hamda soliq solishning
soddalashtirilgan tartibi bo`yicha soliq to`lovchilar qo`shilgan qiymat solig`ini
to`lovchilar bo`lib hisoblanishmaydi.
Soliq qonunchiligida nazarda tutilgan holda yagona soliq to`lovini
to`lovchilar bo`lgan yuridik shaxslar soliq bo`yicha hisobga olish joyidagi davlat
soliq xizmati organlariga yilning navbatdagi choragi boshlanguniga qadar bir
oydan kechiktirmasdan, yangi tashkil etilayotgan yagona soliq to`lovini
to`lovchilar bo`lgan yuridik shaxslar esa faoliyat boshlanguniga qadar taqdim
etiladigan yozma bildirishga asosan ixtiyoriy asosda qo`shilgan qiymat solig`ini
to`lashi mumkin.

Yüklə 21,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə