Qayta ish mavzu: Maktabgacha yosh davri Bajardi: Ikromov a tekshirdi: Uzbekistan 2023 y Mavzu: Maktabgacha yosh davri Reja



Yüklə 80,71 Kb.
səhifə1/4
tarix23.12.2023
ölçüsü80,71 Kb.
#156821
  1   2   3   4
mAKTABGACHA YOSH





QAYTA ISH
MAVZU: Maktabgacha yosh davri

Bajardi:Ikromov A


Tekshirdi:

Uzbekistan 2023 y

Mavzu:Maktabgacha yosh davri
Reja:
1.Maktabgacha yosh davrida psixofiziologik taraqqiyotning umumiy tavsifi.
2.O‘yin maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi faoliyati sifatida (o‘yin faoliyatining mohiyati, turlari, bilish jarayonlari va shaxs taraqqiyotiga ta`sir ko‘rsatish mexanizmlari, o‘yinchoqning bola psixik rivojlanishiga ta`siri muammosi).
3.Maktabgacha yosh davrida bilish jarayonlari va nutqning rivojlanishiga xos xususiyatlar.
4.Maktabga psixologik tayyorlik muammosi.


Tayanch so`z va iboralar: “Men” konsepsiyasi, negativizm, o`yin faoliyati, nutq faoliyati, rolli o`yin, didaktik o`yin, xarakter xislatlari barqarorlashuvi, bola o’zligini anglashining tashqi va ichki belgilari.
Maktabgacha yosh davri bola kamolotining jadallashuvi va murakkab kechishi hamda o`zining muhim xususiyatlari bilanboshqa yosh davrlaridan tubdan farqlanadi. Agar maktabgacha davrda bolaga tegishlicha munosabatda bo’linmasa, unda o’jarlik vujudga kelishi mumkin.
Bola xulqida muayyan sharoitning ta’siri bilan paydo bo’lgan o’jarlik va nojo’ya qiliqlar mavjudligi, uning psixikasida jiddiy o’zgarish ro’y berganini, endi unga uning hozirgi o’sish darajasini hisobga olib, munosabatni amalga oshirish zarurligini bildiradi. Bolaning psixikasida vujudga keladigan inqirozning sabablari: 1) kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatini; 2) xohish va istagini mustaqil holda turmushda qaror toptirishga intilishini; 3) ayrim ko’zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga urinishini; 4) o’z holicha ish tutishni cheklashlaridir.
Kattalar bolaning ra’yiga, mustaqilligiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagiga, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi qiyinchilik o’z-o’zidan barham topadi, nizo yoki ixtilofning oldi olinadi.
Oila va bog’chada shaxslararo munosabatlar ilmiy asosga qurilib, oqilona qoidaga suyanilsa va pedagogik odob (nazokat) doirasidan chetga chiqilmasa, yuqorida aytilgan ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin emas.
O’jarlik, qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning vujudga kelishi − bolaning kattalarga qaramlikdan qutulishga urinish va kichik maktabgacha yosh davridan maktabgacha davrga o’tishning tashqi ifodasidir. Mustaqillikka intilish mazkur yosh davridagi o’zgarishlar, yangilanishlar, ya’ni shaxsiy xatti-harakatni va “men o’zim”ni anglashning mahsuli tariqasida ro’yobga chiqish kutiladi.
D.B.Elkoninning fikricha, bolaning xohishi bilan bu xohishning harakatda ifodalanishi o’zaro mos tushmasligi, kattalar talabiga so’zsiz itoatkorlik uning istagini umumlashtirishga olib keladi, voyaga yetganlar talabiga mos emasligi sababli shunchaki xohish, qat’iy shaxsiy xohish darajasiga o’sib o’tadi. Odatda “Men xohlayman”, “O’zim bajaraman” kabi mustaqillikka intilish harakatlari xohishning kuchayishida o’z ifodasini topadi. Xayrixohlik tuyg’usining vujudga kelishi aynan maktabgacha yoshga to’g’ri keladi. Buning zamirida bolaning mayli, niyati, orzusi, istagi, tilagi va xohishining mazmuni hamda xususiyatidagi keskin o’zgarishlar yotadi.
D.B.Elkoninning ta’kidlashicha, mazkur o’zgarishlar bevosita idrok qilinadigan buyumlarga qaratilgan xohishning mantiqan mavhumroq buyumlarga yo’naltirilgan xohishga aylanishidir. Buning asosiy sabablari, bir tomondan, bolada oddiy umumlashtirish uquvining paydo bo’lishi hisoblansa, ikkinchidan, unda nutq faoliyatining jadal sur’atlar bilan rivojlanishidir. Shundan so’ng uning faoliyati jozibador, maftunkor, jimjimador, yaltiroq narsalarning tashqi alomatlariga va ularni bevosita egallashga aloqador bo’lmay, balki mazkur narsalarning timsoli, tasavvur obrazlari, kelgusida shularning hammasini o’zlashtirish istagi asosiga quriladi. Bolaning orzu-istagi doirasidagi hali foydalanilmagan yangi, yashirin, ammo ro’yobga chiqadigan imkoniyatlar uning kattalar bilan munosabatida, muomalasida, muloqotida, o’zining shaxsiy faoliyatida, his-tuyg’usining mazmuni va rivojlanishidagi keskin, muhim o’zgarishlar uchun zarur shart-sharoitlar sifatida xizmat qiladi. Undagi tasavvur bilan uzviy bog’liq his-tuyg’ular xohishni qondirishda oldindan taajjublanish jarayoniga keng istiqbollar yaratadi. Boladagi mavjud his-tuyg’ular xohishni qondirishni bevosita aks ettirish bilan kifoyalanib qolmaydi, balki kelgusida amalga oshirish mo’ljallangan faoliyatning ahamiyatini ham o’zida mujassamlantiradi. Shuning uchun bolaning quvonchi bilan qayg’usi daf’atan qanday maqsadni ko’zlashga (amalga oshirishga) yo’nalganida emas, balki qaysi faoliyatni (ishni) rejalashtirgani bilan uzviy bog’liqdir.
Bolaning xohish va istagidagi ayrim o’zgarishlar, ularning tasavvurlar bilan birlashuvi maktabgacha yoshdagi sub’yektlarda faoliyatning yangi ko’rinishlari (rolli o’yinlar, ijodiy, tasviriy va konstruktiv faoliyat, sodda mehnat faoliyati) keng ko’lamda rivojlanishiga qulay imkoniyat yaratuvchi shart-sharoit hisoblanadi. Bola o’zining faoliyatida tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalar to’g’risidagi tasavvur obrazlaridan amaliy foydalanish bilan chegaralanib qolmay, ularga nisbatan o’zining shaxsiy emotsional munosabatini ham bildiradi. Bu hol ko’pincha ularning ijodiy o’yinlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ijodiy o’yinlarda bolaning kattalar faoliyati haqidagi, ularning o’zaro munosabati to’g’risidagi tasavvuri aks etadi, u o’zini kattalar bilan birga harakat qilayotgandek his etadi, hatto voqelikning bevosita qatnashchisi vazifasini o’taydi.
Psixologik manbalardan ma’lumki, mazkur yoshdagi bolalarni o’zlari xohlamaydigan zerikarli faoliyatga (chunonchi, yozishga, rasm chizishga, mehnatga, harakatli o’yinga) majbur qilish mumkin emas. Ular o’zlari xohlamagan mashg’ulotlarda juda tez charchaydilar. Shunday mashg’ulotlarga amaliy jihatdan yondashib, yaqqollik alomatlari kiritilsa, bolalar ishga astoydil, butun vujudlari bilan kirishib ketadi. Natijada ularda shu mashg’ulotga ijodiy munosabat vujudga keladi.
Mazkur yosh davridagi bolalarning kattalar bilan munosabatga kirishuvining eng muhim xususiyatlaridan biri − ularning xohish-istaklarini boshqarish imkoniyati mavjudligidir. Ularni kattalarning ezgu niyatiga ko’niktirish, ota-onalar va murabbiyalar mayliga bo’ysundirish mumkinligidir. Ularning boshqa yosh davrlaridagi bolalardan farqi ularda nisbatan xotirjam, barqarorroq his-tuyg’ular mavjudligi, ularning affektiv holatlardan uzoqroqlik, nizolarga kam berilishidir. Bunday bolalarda affektiv (jazavali) holat yuz berishi mumkin, lekin u vaqtinchalik bo’lib, yaqqol harakat bilan emas, balki tasavvur obrazlari dinamikasi bilan bog’liq holda yuzaga keladi.
Bevosita idrok qilinmaydigan holatlarga nisbatan his-tuyg’u, murakkab ichki tug’yon va kechinmalarning paydo bo’lishi, keyinchalik emotsional o’sish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratadi. L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, bola o’yin faoliyatida bemor singari yig’laydi, o’yinning ishtirokchisi sifatida quvnaydi. Shuning uchun uning kechinmalari bemor to’g’risidagi tasavvur obrazlarining majmuasi bilan ularning nisbatan rang-barangligi bilan aniqlanadi. Bola tanlagan rol undagi mavjud kechinmalarning amaliy ifodasi kabi gavdalanadi. Ertaklar tinglashda bolada qahramonlar to’g’risidagi dastlabki kechinmalar paydo bo’ladi, unga emotsional ta’sir etish imkoniyati tug’iladi, kechinmalarni aks ettirish esa tasav­vur doirasida vujudga keladi. Masalan: doktor − davolaydi, shofyor − haydaydi, sotuvchi − mol sotadi, uchuvchi − samolyotni boshqaradi, o’qituvchi − bolalarga bilim beradi va hokazo.
Mazkur davrni inson shaxsini shakllantirishda eng murakkab davr desak, xato qilmagan bo’lamiz. Shunga ko’ra katta yoshdagi odamlar, ota-onalar, bog’cha tarbiyachilari shu davrda bolaga undagi o’zgarishlarni, murakkab ichki kechinmalarning mohiyatini psixologik inqirozni inobatga olgan holda munosabatda bo’lsalar, ijobiy voqelikni keltirib chiqaradi. Yuqorida aytganimizdek, bu davrda bolaning irodasi, irodaviy sifati takomillasha boshlaydi, shaxsning murakkab fazilatlari xarakter xislatlari barqarorlashadi. Bola o’zligini anglashining tashqi va ichki belgilari yaqqol ko’zga tashlanadi. “O’zim” bilan bog’liq ezgu niyat mustaqillikka intilish tuyg’usini vujudga keltiradi, binobarin, ularning ta’siri tufayli unda o’z xulq-atvori, “yurish-turishi” bilan kattalarning maqtovi va olqishini eshitish ishtiyoqi tug’iladi. Shaxsning xulqini baholash keyinchalik o’zini o’zi baholash darajasiga yetadi.
Katta yoshdagi odamlar, ota−onalar, tarbiyachilar bunday hollarda o’zlarini osoyishta tutishlari, sharoitga qarab bolaga biroz yon berishlari, ba’zan ularga aytganlarini qildirishlari, kerakli paytlarda masalani ochiq qoldirishlari lozim, chunki shaxs­lararo munosabatning ba’zan muammoligicha qolishi ham maqsadga muvofiqdir. Yaxshisi asabiylik vaziyatida bolaning diqqatini boshqa narsaga (ob’yektga) jalb qilish, uni mushkul holatdan chalg’itish ma’qul. Shaxsiy kuzatishlarimizda ayon bo’ldiki, mazkur holat bolaning ruhiy dunyosiga qattiq ta’sir qiladi, u o’zining nojo’ya qiliqlari kattalarga aslo yoqmayotganini anglaydi, ichidan chuqur iztirobga tushadi.
Shu davrda organizmning tez sur’atlar bilan o’sishi oqibatida bola sho’x, serg’ayrat, tinib-tinchimas, hamma narsaga qiziquvchan, harakatchan bo’lib qoladi. Undagi bu o’zgarishlar tabiiy ekanligini kattalar yaxshi bilishlari, o’zlarining kichkintoylarga muomala va munosabatlarini tubdan o’zgartirishlari lozim. Binobarin, bola oldiga qo’yiladigan talablar muayyan shart va sharoitga muvofiq bo’lishi kerak. Amaliy faoliyatda jismoniy va ruhiy o’zgarishlarni hisobga olmaslik kattalar bilan bolalarning o’zaro munosabatlarida qator qiyinchiliklarni vujudga keltiradi; bola ota-onalar va tarbiyachilarning gapiga quloq solmaydigan, topshiriqlarni bajarmaydigan, qo’rs, hech narsaga. ko’nmaydigan bo’lib qoladi. Bunday xatti-harakatni keltirib chiqaruvchi bosh sabab bolalarning mustaqillikka intilishini kattalar tan olmasligidir. Shuning uchun ular goho kattalardan o’rinli xafa bo’ladilar, nizoning sababini to’g’ri payqaydilar.
Erkalanish bilan vujudga keladigan o’jarlik ham uch yoshlilar ruhiy dunyosida ko’p uchraydi. Bolaga me’yordan ziyod mehr-muhabbat qo’yish, uni haddan tashqari erkalatish, har qanday xohishini qondiraverish, talab va ehtiyojini so’zsiz ado etish ham unda erkalik va o’jarlikni paydo qiladi. Shuningdek, bolaning xulq-atvorini, qilgan ishini maqtayverish, uni o’rinsiz taltaytirish yoki unga nisbatan befarq munosabatda bo’lish ham o’jarlikni keltirib chiqaradi. Bolani e’tiborsiz qoldirish, nazorat qilmaslik, tekshirmaslik ham noxush oqibatlarga olib keladi. Masalan, e’tiborsizlik bolani qattiq iztirobga soladi, unda tanholik tuyg’usini, umidsizlik, begonasirash hissini vujudga keltiradi. Bular esa bolada kattalarga nis­batan ichki qarama-qarshilikni, o’zaro ziddiyatni, nizo alomatlarini tug’diradi. Ko’p hollarda bolalarni o’z mayliga, o’z holiga tashlab qo’yiladi, ularga juda barvaqt erkinlik, mustaqillik beriladi, ammo bunday qilish bola shaxsini tezroq takomillashtirishga xizmat qilmaydi. Hayot va faoliyatda har bir bolaning oldiga aniq, yaqqol talab va topshiriqlar qo’ymaslik, unga homiylik qilmaslik uning ruhiyatiga qattiq ta’sir etadi, u o’kinadi va ichidan kuyunadi. O’zining himoyachisi yo’qligini his qilish ham bolada o’jarlikni yuzaga keltiradi. Boshqacha aytganda, bolaning ruhiy olamida kattalarga nisbatan paydo bo’lgan gina−adovat uni o’jarlikka yetaklaydi. Shaxslararo munosa­batda adolat qaror topgunicha, ziddiyatning bosh sababchisi o’z xulqiga iqror bo’lgunicha qarama-qarshilik davom etadi.
O’jarlik paydo bo’lgan bolaga muomalada uni behuda erkalatmaslik, maqtamaslik, uning barcha orzu-istaklarini qondirmaslik kerak. Xoh oilada, xoh bog’chada hammaga bir xil bir maromda e’tibor berish, bolani o’z holiga tashlab qo’ymaslik o’jarlikning oldini olishga xizmat qiladi.
Bolalarda vujudga keladigan illatlar − o’jarlik, qiyiqlik, qaysarlik va hokazolarning sababini u kamol topayotgan muhitdan, unga ko’rsatilayotgan tarbiyaviy ta’sirdan, sharoitdan, shaxsni shakllantirish jarayonidagi kamchiliklardan qidirish lozim. Eng muhimi, ota-onalar ham, tarbiyachilar ham boladagi salbiy ruhiy holat o’tkinchi ekanini bilishlari, uning sabablarini haqqoniy aniqlashlari, u bilan umu­miy til topishlari, unga nisbatan samimiy munosabat­da bo’lishlari zarur.
Hayot va faoliyatda kattalar bolaning shaxsini hurmat qilishlari, uning ehtiyojlari bilan hisoblashishlari, his-tuyg’usini boshqarish imkoniyatlarini aniqlashlari kerak. Bolani sevish, uning yosh xususiyatlarini hisobga olish, qiziqishlariga e’tibor berish − o’jarlikning oldini olishning muhim shartidir.
Bolaning shaxsi tarkib topishida kattalarning axloqiy ibrati alohida ahamiyatga molikdir. Lekin yuksak fazilatlarni, insoniy xislatlarni shakllantirishda shuning o’zigina yetarli emas, chunki bola o’zicha faol harakat qilmasa, hamkorlikdagi faoliyatda ishtirok etmasa, unda hech mahal xulq-atvor ko’nikmalari hosil bo’lmaydi. Ma’lumki, o’yin faoliyatida va muloqotlarda bolaning shaxsiy fazilatlari hamda xarak­ter xislatlari uning nutqiga bog’liq holda ro’yobga chiqadi. Bolaning nutq faoliyati qanchalik ravon va boy bo’lsa, u ona tilining durdonalaridan unumli foydalana olsa, uning o’zaro fikr almashishi ham shunchalik qulay va oson amalga oshadi. Kamolotning mazkur pallasida egotsentrik nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Harakatli va rolli (syujetli va mazmunli) o’yinlar (chunonchi, “Millitsioner”, “Sotuvchi”, “Shifokor”, “Qorbobo”, “Veterinar” va boshqalar) jarayonida amaliy xatti-harakat bilan uzviy bog’liq holda bola shaxsida insoniy xislatlar tarkib topa boradi. O’yin faoliyati va turli o’yinlar bolada irodaviy sifatlarni takomillashtirishda, his-tuyg’uni boshqarishda yetakchi faoliyat vazifani o’taydi.
Rolli o’yin − maktabgacha yoshdagi bolalarning yetak­chi faoliyati. Rolli o’yin mazkur yosh davridagi bola­larning eng muhim faoliyati bo’lib, ular bunday o’yinda go’yo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita “bajaradilar”. Shu boisdan o’yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muhit voqealari, oilaviy turmush hodisalari, shaxslararo munosabatlarni umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, his-tuyg’usi, o’zaro muomala va muloqotlarining xususiyatlarini, o’ziga va o’zgalarga, atrof-muhitga munosabatini yaqqol voqelik tarzida ijro etish uchun turli o’yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini o’tovchi narsalardan ham foydalanadilar. Ammo shuni alohida ta’kidlash lozimki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o’yin ularda birdaniga emas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obrazlarining kengayishi natijasida vujudga keladi va mohiyati hamda mazmuni jihatdan oddiydan murakkabga qarab takomillashib boradi.

O’yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o’yin o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit mavjud bo’lishi kerak: a) bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to’g’risidagi xilma-xil taassurotlar tarkib topishi; b) har xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi; v) bolaning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi hal qiluvchi rol o’ynaydi.


O’yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o’yin o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit mavjud bo’lishi kerak: a) bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to’g’risidagi xilma-xil taassurotlar tarkib topishi; b) har xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi; v) bolaning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi hal qiluvchi rol o’ynaydi.


Bolalar o’yinlarining mohiyati shundan iboratki, u o’yinda u yoki bu rolni bajaradilar va eng qiziq jihati, mayda, keraksiz buyumlarning haqiqiy tirik mavjudotlarga aylantirishini xohlashi mumkin.1
Tajribalardan xulosa qilish mumkinki, 5-6 yoshdagi bolalar uchun eng muhim u o’ynayotgan rol. Rolni gavdalantirish davomida bolaning faoliyatga bo’lgan munosabati yuzaga chiqadi. Ko’rilgan vaziyatdan shunday gipoteza tug’iladi. Demak, bola o’ziga boshqa odamlarning rolini olayotgan ekan, shu rolga xos, tegishli faoliyat va munosabatlarni aks ettirish o’yinning birlamchi asosidir.2
Bolalar o’yinlarining mohiyati shundan iboratki, u o’yinda u yoki bu rolni bajaradilar va eng qiziq jihati, mayda, keraksiz buyumlarning haqiqiy tirik mavjudotlarga aylantirishini xohlashi mumkin.
Tajribalardan xulosa qilish mumkinki, 5-6 yoshdagi bolalar uchun eng muhim u o’ynayotgan rol. Rolni gavdalantirish davomida bolaning faoliyatga bo’lgan munosabati yuzaga chiqadi. Ko’rilgan vaziyatdan shunday gipoteza tug’iladi. Demak, bola o’ziga boshqa odamlarning rolini olayotgan ekan, shu rolga xos, tegishli faoliyat va munosabatlarni aks ettirish o’yinning birlamchi asosidir.
Maktabgacha yoshdagi bola asta-sekin kattalarning hayoti va faoliyati dunyosiga kirib boradi, oldin hamkorlikdagi faoliyatda namoyon bo’lgan ijobiy his-tuyg’ular, shijoat va dadillik sari yetaklovchi ruhiy kechinmalar ibrat−namuna darajasiga ko’tarilgan kattalarning ruhiy olamiga ko’chiriladi. Endi bolaning o’zi mustaqil ravishda kattalarning hayoti va faoliyatiga kirishish yo’llarini topa bosh­laydi. U keyinchalik katta kishilarning hayoti va faoliyatining barcha jabhalarida va shaxslararo munosabatlarida qatnashish istagini ko’rsatadigan bo’ladi.Shunday qilib, psixologik adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o’zaro muomalasiga qiziqadi; 2) bolalar rolli o’yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo’shqin his-tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar; 3) rolli o’yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tatbiq qiladi; 4) kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o’chmas iz qoldiradi.

Shaxs shakllanishining dastlabki davrida, ya'ni maktabgacha yoshda ham uning rivojlanishiga e'tibor berish kerak. Ota-onalar va o'qituvchilar uchun qanday muhim vazifani hal qilish kerak? Bolaning hissiy-irodaviy sohasini rivojlantirish unga his-tuyg'ularni boshqarish va e'tiborni o'zgartirishni o'rgatishdan iborat. Shu bilan birga, maktabgacha yoshdagi bola hamma narsani to'g'ri va uning "Men xohlamayman" orqali qilishni o'rganishi muhimdir. Bu uning irodasini, o'zini o'zi boshqarishini rivojlantiradi va uni boshlang'ich maktabda o'qishga tayyorlaydi.


onasi va qizi to'shakda yotishadi
onasi va qizi to'shakda yotishadi
Maktabgacha yoshdagi bolaning hissiy va irodaviy sohasini yaxshilash juda qiyin vazifadir. Uning yechimi tarbiyachilar va ota-onalardan chaqaloqqa katta sabr-toqat, e'tibor va muhabbatni, uning ehtiyojlari va imkoniyatlarini tushunishni talab qiladi. Rivojlanayotgan o'yinlar bu holatda katta yordam beradi. Ulardan foydalanish maktabgacha tarbiyachining energiyasini to'g'ri yo'nalishga yo'naltirishga imkon beradi. Masalan, hissiy va mushaklarning kuchlanishini engillashtiring yoki tajovuzni ifoda eting.

Asosiy komponentlar


Maktabgacha yoshdagi bolaning hissiy va irodaviy sohasi quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi:

Hissiyotlar. Ular bolaning atrofidagi dunyo bilan aloqa qilganda namoyon bo'ladigan eng oddiy reaktsiyalarni ifodalaydi. Tuyg'ularning shartli tasnifi mavjud. Ular ijobiy (quvonch va zavq), salbiy (qo'rquv, g'azab) va neytral (hayratlanish) ga bo'linadi.


Sezgilar. Ko'rib chiqilayotgan hududning ushbu komponenti ancha murakkab. U muayyan hodisalar, narsalar yoki odamlarga nisbatan shaxsda namoyon bo'ladigan turli xil his-tuyg'ularni o'z ichiga oladi.
Kayfiyat. Bu ko'plab omillarga bog'liq bo'lgan yanada barqaror hissiy holat. Ular orasida: salomatlik holati va asab tizimining tonusi, ijtimoiy muhit va faoliyat, oilaviy muhit va boshqalar. Kayfiyat uning davomiyligiga qarab tasniflanadi. U o'zgaruvchan yoki barqaror, barqaror va emas. Bunday omillar insonning xarakteri, uning temperamenti, shuningdek, ba'zi boshqa xususiyatlar bilan belgilanadi. Kayfiyat odamlarning faoliyatiga jiddiy ta'sir qiladi, ularni rag'batlantiradi yoki bezovta qiladi.
iroda. Bu komponent shaxsning o'z faoliyatini ongli ravishda tartibga solish va o'z maqsadlariga erishish qobiliyatini aks ettiradi. Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu komponent allaqachon kichik maktab o'quvchilarida yaxshi rivojlangan.
Xususiyatlari
Maktabgacha yoshdagi bolaning hissiy-irodaviy sohasining o'ziga xos xususiyati unga bog'liq shaxsiy xususiyatlar bolalik davrida progressiv rivojlanishga ega ekanligini aniqlashga imkon beradi. Va bu kichkina odamning faoliyati tufayli sodir bo'ladi. Shu bilan birga, bolaning atrofidagi dunyoni o'rganishning barcha yo'nalishlarini tartibga solish hissiy jarayonlarning ta'siriga bog'liq bo'lib, ularning ontogenezi chaqaloqning aqliy rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq. Va bularning barchasi kognitiv faollik, o'z-o'zini anglash va motivatsiya va ehtiyojlarning aloqasisiz mumkin emas.

maktabgacha yoshdagi bola bilan mashg'ulotlar


maktabgacha yoshdagi bola bilan mashg'ulotlar
Maktabgacha tarbiyachining hissiy-irodaviy sohasining mazmuni, shuningdek, uning yosh dinamikasi bolaning ulg'ayishi bilan atrofdagi dunyo ob'ektlariga bo'lgan munosabatining o'zgarishi bilan belgilanadi. Shunga asoslanib, quyidagi bosqichlar ajratiladi:

Tug'ilgan paytdan boshlab 1 yoshgacha bo'lgan davr. Bolaning hissiy-irodaviy sohasining normal rivojlanishining belgilari ota-onalarning tan olinishi, shuningdek, yaqinlarini ajratish va ularning mavjudligiga, ovoziga va yuz ifodalariga munosabat bildirish qobiliyatidir.


Bir yildan uch yilgacha bo'lgan muddat. Bu o'ziga ishonch va mustaqillikning minimal darajasi shakllanadigan vaqt. Bolaning hissiy-irodaviy sohasini rivojlantirishga kattalardan aralashuv faqat chaqaloq o'z qobiliyatiga shubha qilgani, nutqi yomon rivojlanganligi va motor sohasi ko'nikmalarida buzilishlar mavjudligi aniq bo'lganda talab qilinadi.
3 yildan 5 yilgacha bo'lgan muddat. Bu yoshdagi maktabgacha tarbiyachi shaxsining hissiy-irodaviy sohasi uning atrofidagi dunyoni o'rganishga bo'lgan faol intilishda, yorqin tasavvurda, shuningdek, kattalarning harakatlari va xatti-harakatlariga taqlid qilishda namoyon bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar uchun tuzatish faqat bola doimo tushkunlikka tushganda talab qilinadi, u letargiya va tashabbusning etishmasligi.
5 yildan 7 yilgacha bo'lgan muddat. Bu maktabgacha yoshdagi bolaning hissiy-irodaviy sohasining shakllanishi tufayli uning maqsadiga erishish istagi va burch tuyg'usi paydo bo'ladigan vaqt. Shu bilan birga, kognitiv va muloqot qobiliyatlari juda tez rivojlanadi.
Maktabgacha yoshning o'tishi bilan bolada hissiyotlarning mazmuni asta-sekin o'zgaradi. Ular o'zgaradi va yangi his-tuyg'ular paydo bo'ladi. Bu kichkina odam faoliyatining tuzilishi va mazmunidagi o'zgarishlar bilan bog'liq. Bolalar tabiat va musiqa bilan faolroq tanishadilar, estetik his-tuyg'ularini rivojlantiradilar. Shu tufayli ular hayotimizdagi va san’at asarlaridagi go‘zallikni his qilish, boshdan kechirish va idrok etish qobiliyatiga ega.

Maktabgacha yoshdagi bolaning hissiy-irodaviy sohasini rivojlantirish uchun o'yinlar va mashg'ulotlar ularda qiziqish va ajablanish, o'z harakatlariga va niyatlariga shubha qilish yoki ishonish qobiliyatini, shuningdek, to'g'ri hal qilingan muammodan quvonchni his qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Bularning barchasi bolalarning kognitiv qobiliyatlarini yaxshilashga olib keladi. Shu bilan birga, axloqiy his-tuyg'ular rivojlanadi. Ular bolaning faol pozitsiyasini shakllantirishda va uning shaxsiy rivojlanishida muhim rol o'ynaydi.


Hissiyotlarni ifodalash


Maktabgacha yoshdagi bolaning hissiy-irodaviy sohasidagi asosiy o'zgarishlar motivlar ierarxiyasining o'zgarishi, yangi ehtiyojlar va qiziqishlarning paydo bo'lishi bilan bog'liq. Bu yoshdagi bolalarda his-tuyg'ularning impulsivligi asta-sekin yo'qoladi, bu ularning semantik mazmunida chuqurlashadi. Biroq, bolalar hali ham his-tuyg'ularini to'liq nazorat qila olmaydi. Bu insonning organik ehtiyojlari, masalan, chanqoqlik, ochlik va boshqalar bilan bog'liq.

Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi bolaning faoliyatida hissiyotlarning roli ham o'zgarishi mumkin. Va agar ontogenezning oldingi bosqichlarida kattalarni baholash kichik odam uchun asosiy mos yozuvlar nuqtasi bo'lib xizmat qilgan bo'lsa, endi u ijobiy natija va boshqalarning yaxshi kayfiyatini oldindan ko'rishga asoslangan quvonchni his qila oladi.


Asta-sekin, maktabgacha yoshdagi bola his-tuyg'ularni ifodali shakllarda ifodalashni o'zlashtiradi. Ya'ni, yuz ifodalari va intonatsiya unga mavjud bo'ladi. Bunday ekspressiv vositalarni o'zlashtirish bolaga boshqa odamlarning tajribalarini chuqur bilish imkonini beradi.


- deb o'yladi yigit


- deb o'yladi yigit
Maktabgacha yoshdagi bolaning hissiy-irodaviy sohasini o'rganishda nutq uning rivojlanishiga muhim ta'sir ko'rsatishi aniq bo'ladi. Shu bilan birga, atrofdagi dunyoni bilish bilan bog'liq jarayonlarning intellektualizatsiyasi mavjud.

Taxminan 4-5 yoshda bolalar burch tuyg'usini his qila boshlaydilar. Uning shakllanishining asosi bolaning shaxs sifatida unga qo'yiladigan talablarni axloqiy anglashidir. Bu maktabgacha yoshdagi bolalar o'z harakatlarini atrofdagi kattalar va tengdoshlarning o'xshash harakatlari bilan bog'lashni boshlashlariga olib keladi. Burch tuyg'usi 6-7 yoshli bolalar tomonidan eng aniq namoyon bo'ladi.


Qiziqishning jadal rivojlanishi tufayli maktabgacha yoshdagi bolalar ko'pincha yangi narsalarni o'rganishda hayrat va quvonchni namoyon qila boshlaydilar. Estetik tuyg'ular ham o'zining keyingi rivojlanishini oladi. Bu bolaning ijodiy va badiiy yo'nalishdagi faolligi tufayli sodir bo'ladi.


Hissiy omillar


Bolaning hissiy-irodaviy sohasining shakllanishi sodir bo'lgan ma'lum bir asosiy nuqtalar mavjud. Ular orasida:

Maktabgacha yoshdagi bolaning his-tuyg'ularini ifodalashga hissa qo'shadigan ijtimoiy shakllarni o'zlashtirishi. Bu omil kichik shaxsning axloqiy, intellektual va estetik fazilatlarini yanada rivojlantirish uchun boshlang'ich nuqtaga aylanib, burch tuyg'usini shakllantirishga imkon beradi.


Nutqni rivojlantirish. Og'zaki muloqot orqali bolalarning his-tuyg'ulari tobora ongli bo'ladi.
Bolaning umumiy holati. Maktabgacha yoshdagi bola uchun his-tuyg'ular uning jismoniy va ruhiy farovonligining ko'rsatkichidir.
Ixtiyoriy jarayonlar
Maktabgacha yoshdagi bolalarda mustaqillikni rivojlantirish uchun maqsad qo'yish, rejalashtirish va nazorat qilishni o'zlashtirish kerak. Bu esa ixtiyoriy harakatning shakllanishi bilan mumkin.

insoniy fikrlash


insoniy fikrlash
Bunday ish maqsad qo'yishni rivojlantirishdan boshlanadi. Bu bolaning o'z faoliyati uchun aniq maqsad qo'yish qobiliyatini nazarda tutadi. Elementar ko'rinishda bunday faoliyat hatto chaqaloqlik davrida ham kuzatilishi mumkin. Bu bolaning e'tiborini tortgan o'yinchoqqa qo'lini cho'zishni boshlaganligi va agar u ko'rish doirasidan tashqarida bo'lsa, u albatta uni qidira boshlaydi.

Taxminan ikki yoshda chaqaloqlar mustaqillikni rivojlantiradilar. Ular maqsad sari intilishni boshlaydilar. Biroq, ular buni faqat kattalarning yordami tufayli qilishadi.


Maktabgacha yoshdagi bolalarning maqsadlarini belgilash faol, mustaqil maqsadlarni belgilash bilan ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, shaxsiyatning shakllanishi jarayonida ularning mazmuni asta-sekin o'zgarib turadi. Shunday qilib, kichik maktabgacha yoshda maqsadlar faqat o'z manfaatlari bilan bog'liq. Ular bolaning bir lahzalik istaklari asosida ham qo'yiladi. Keksa maktabgacha yoshdagi bolalar nafaqat ular uchun, balki boshqa odamlar uchun ham muhim bo'lgan narsaga intilishadi.


Faoliyat motivlari


Maktabgacha yoshda bolaning xatti-harakatini belgilaydigan narsaning izolyatsiyasi mavjud. Bu barcha boshqalarda ustunlik qiladigan etakchi motivdir. Bu kattalar bilan muomala qilganda sodir bo'ladi. Rivojlanayotgan ijtimoiy vaziyat natijasida bolaning muayyan harakatlari ancha murakkab ma'noga ega bo'ladi.

Taxminan uch yoshdan boshlab bolalarning xatti-harakatlariga motivlar tobora ko'proq ta'sir qiladi. Ular mustahkamlanadi, ziddiyatga tushadi yoki bir-birini almashtiradi. Bu yoshdan keyin ixtiyoriy harakatlarning intensiv shakllanishi kuzatiladi. Va ularni mukammal o'zlashtirish maktabgacha tarbiyachi faoliyatining asosiy maqsadiga aylanadi. Asta-sekin harakatlar boshqarila boshlaydi. Bola sensorimotor tasvir tufayli ularni boshqarishni boshlaydi.


3-4 yoshda bolalar kognitiv muammolarni hal qilish uchun o'yinlardan tez-tez foydalanishni boshlaydilar. Ular maktabgacha yoshdagi bolalarning hissiy-irodaviy sohasini rivojlantirishga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Buning uchun eng samarali rag'batlantirish - undirish va mukofotlash motivlari. 4 yoshida bolalar o'z faoliyati ob'ektini ajratib ko'rsatishni boshlaydilar va ma'lum bir ob'ektni o'zgartirish maqsadini tushunadilar. 4-5 yoshda maktabgacha yoshdagi bolalarning katta qismi axloqiy motivlar bilan ajralib turadi. Bolalar o'zlarining xatti-harakatlarini vizual nazorat orqali boshqaradilar.


5-6 yoshda maktabgacha yoshdagi bolalarning arsenalida ularni chalg'itmaslikka imkon beradigan ba'zi texnikalar paydo bo'ladi. Besh yoshga kelib, bolalar faoliyatning turli tarkibiy qismlari o'zaro bog'liqligini tushuna boshlaydilar.


Olti yoshga to'lgach, bolaning faoliyati umumlashtiriladi. Unda maktabgacha tarbiyachining tashabbusi va faoliyati bilan baholanishi mumkin bo'lgan ixtiyoriy harakatlar shakllanadi.


6-7 yoshga kelib, bolalar allaqachon o'zlarining yutuqlari bilan ko'proq bog'lanishadi. Shu bilan birga, ular tengdoshlarining muvaffaqiyatlarini ko'radilar va baholaydilar.


Kattaroq maktabgacha yoshdagi bolalarda iroda aqliy jarayonlarda kuzatila boshlaydi. Bu ularning fikrlash va xotira, tasavvur, nutq va idrok kabi ichki ruhiy xususiyatlariga tegishli.


Emotsional-irodaviy sohani rivojlantirish


Bola bilan noto'g'ri muloqot quyidagilarga olib kelishi mumkin:

Bolaning onaga bir tomonlama bog'lanishi. Bunday jarayon ko'pincha bolaning tengdoshlari bilan muloqotga bo'lgan ehtiyojining cheklanishiga olib keladi.


Ota-onalarning noroziligini bildirish yoki ularsiz. Bu bolada doimiy qo'rquv va hayajon hissini rivojlanishiga yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning psixikasida ota-onalar tomonidan o'z his-tuyg'ularini yuklash natijasida yuzaga keladigan qaytarilmas jarayonlarni boshdan kechirish mumkin. Bunday hollarda bolalar o'zlarining his-tuyg'ularini sezishni to'xtatadilar. Masalan, ba'zida kichkina odamning hayotida sodir bo'layotgan turli xil voqealar unga hech qanday his-tuyg'ularni keltirib chiqarmaydi. Biroq, kattalarning unga biror narsa yoqdimi yoki yo'qmi, tengdoshlari yoki atrofidagi kattalarning muayyan harakatlaridan xafa bo'lganmi degan doimiy savollari chaqaloq bunday vaziyatlarni sezishi va ularga qandaydir tarzda munosabat bildirishi kerakligiga olib keladi. Buni qilishga arzimaydi.

Bolalarning hissiy-irodaviy sohasini rivojlantirish uchun ota-onalar va o'qituvchilar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'yinlar, musiqa darslari, rasm chizish darslari va boshqalarni o'tkazishlari kerak. Bunday maxsus tashkil etilgan tadbirlar jarayonida bolalarga idrok tufayli paydo bo'lgan his-tuyg'ularni boshdan kechirish qobiliyati o'rgatiladi.


Hissiy-irodaviy sohaning faol rivojlanishi ikkita texnikani qo'llash orqali osonlashadi. Bu qum, shuningdek, ertak terapiyasi. Keling, ularni batafsil ko'rib chiqaylik.



Yüklə 80,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə