B
1
, B
2
, B
6
va folat
kislota yetishmasligi, 40-50% ida karotin yetishmasligi aniqlangan [36;51].
Vitaminlar yetishmasligi nafaqat bahorda, balki kuz va yoz fasllarida ham uchrab turar
ekan [46;48].
Mikronutrientlar tanqisligi aholining ayrim qatlamlarida emas, balki hamma qismida
uchraydi [34].
Shunday qilib, mikronutrientlar tanqisligi ommaviy va doimiy harakatdagi omil bо‘lib,
butun mamlakatning rivojlanishiga, sog‘lig‘iga salbiy ta’sir kо‘rsatadi [36;38;51].
Mikronutrientlar tanqisligining oldini olishda birinchi navbatda tо‘g‘ri (ratsional)
ovqatlanishni yо‘lga qо‘yish kerak [6;7;8;46;48;51;56].
Tо‘g‘ri yoki oqilona ovqatlanish sog‘lom turmush tarzining asosiy shatlaridan biri
hisoblanadi [6;31;44]. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobotlarida kishilar
sog‘lig‘ining 50-52% i turmush tarziga, 20 % i irsiy omillarga (nasl-nasabiga), 20 % i atrof-
muhitga va qolgan 8-10 % i esa tibbiy xizmat darajasiga bog‘liqligi qayd qilingan [6; 25; 31; 44].
Bu о‘rinda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 2004 yil 7 dekabrda
sо‘zlagan nutqida: “ ... odamzodning sog‘lig‘i kо‘p jihatdan , avvalambor, uning о‘ziga bog‘liq.
7
Buning uchun u о‘z xayotini oqilona yо‘lga qо‘yishi, har qanday kasallikning oldini olish uchun
sog‘lom turmush tarzi va turmush madaniyati talablariga amal qilishi shak-shubhasiz katta о‘rin
tutadi ...” degan fikrlari ayni muddaodir [1].
Oqilona yoki ratsional ovqatlanish dastavval har kimning qanday oziq-ovqat mahsulotlarini
qancha va qachon iste’mol qilishni tushunib yetishga hamda unga amal qilishiga bog‘liq [46;50].
Bu holat insonning meyoriy о‘sib rivojlanishida, jismoniy va aqliy jihatdan barkamol
bо‘lishida hamda turli xil xastaliklardan himoyalanishida asosiy omillardan biri bо‘lib
hisoblanadi [51].
Ovqat ratsionida mikronutrientlarning meyorda bо‘lishi organizmdagi barcha fiziologik
jarayonlarning normal bо‘lishida katta ahamiyatga ega. Aytib о‘tilganidek mikronutriyentlarga
vitaminlar va mineral moddalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |