vitamin B
2
bо‘lmasa, yosh hayvonlar о‘sishdan tо‘xtaydi, terisi va kо‘zi
zararlanadi. Bu vitamin flavin bilan 5 atomli spirt – ribotol biirikmasi bо‘lib, riboflavin deb
ataladi. U masalliqlardan kimyoviy jihatdan toza holda ajratib olingan va sintez qilingan.
Riboflavin preparatlari vitamin
B
2
siz ovqat bilan boqilayotgan hayvonlarning bо‘yini о‘stiradi
[23; 49].
Hayvon organizmi riboflavinni sintezlamaydi. Shu sababli ovqat bilan kirib turishi zarur.
Organizmda bu vitamin zapasi kо‘p emas, chunki vitamin organizmga ovqat bilan qancha kо‘p
kirsa, о‘shancha kо‘p chiqib ketadi. Bola emizadigan ayollar va hayvonlarda ovqat bilan iste’mol
qilingan riboflavin sutga о‘tib, naslning bu vitaminga ehtijini qondiradi. Odamga bir sutkada 2
mg atrofida riboflavin zarur [43]. Riboflavin achitqi, pomidor, karam, ismaloq, g‘alladoshlar
donida, hayvonlarning ba’zi organlari (buyrak, jigar, miya), tuxumda kо‘p buladi [23].
Bu vitamin hayvon va о‘simlik tо‘qimalarida keng tarqalganligi sababli odamda riboflavin
avitaminozi juda kam uchraydi. Bu avitaminozda odamning lab shilliq pardasi yallig‘lanadi,
yoriladi va pо‘st bilan qoplanadi. Shuningdek teri va muguz pardasi zararlanadi, bu parda qattiq
zararlansa, kо‘zga oq tushishi mumkin [51].
Dostları ilə paylaş: |