Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


qatnov qismlari kesishmasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

qatnov qismlari kesishmasi — yo‘llarning qatnov qismlari o‘zaro kesishib o‘tadigan va
tasavvur qilinadigan chiziqlar bilan aniqlangan hudud;
qatnov qismi — yo‘lning relssiz transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qismi;
sutkaning qorong‘i vaqti — kechki g‘ira-shiraning oxiridan tonggi g‘ira-shiraning
boshlanishigacha bo‘lgan oraliqdagi vaqt;


harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi uchun yetarlicha
keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday
bo‘ylama tasmasi;
haqiqiy vazn — transport vositasining yuki, haydovchi va yo‘lovchilari bilan birgalikdagi vazni;
yo‘l berish (to‘sqinlik qilmaslik) — yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozi bo‘lgan
boshqa yo‘l harakati qatnashchisining harakat yo‘nalishi yoki tezligini o‘zgartirishga majbur etishi
mumkin bo‘lgan hollarda, harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biror-bir manyovr
bajarishi mumkin emasligini bildiruvchi talab;
yo‘l harakati qatnashchisi — yo‘l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi,
yo‘lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaxs;
imtiyoz — mo‘ljallangan yo‘nalishda boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin
harakatlanish huquqi;
to‘xtab turish joyi — transport vositalarini tashkiliy to‘xtab turishi (joylashtirilishi) uchun
mo‘ljallangan, tegishli yo‘l belgisi bilan belgilangan, qatnov qismining bir bo‘lagi yoki qatnov
qismiga, trotuarga, yo‘l yoqasiga, ko‘prikka, estakadaga va ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining boshqa
obyektlariga tutashgan, maxsus jihozlangan joy;
pulli to‘xtab turish joyi — to‘lov asosda foydalaniladigan to‘xtab turish joyi;
harakatlanish uchun xavf — yo‘l harakati jarayonidan o‘sha yo‘nalishda va o‘sha tezlikda
harakatlanishni davom ettirish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishiga tahdid qiladigan omil;

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə