Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Piyodalarning majburiyatlari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

4-bob. Piyodalarning majburiyatlari
15. Piyodalar trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, piyoda va velosiped yo‘lkalaridan, ular
bo‘lmaganda esa yo‘l yoqalaridan harakatlanishi kerak. Hajmi katta yuklarni olib ketayotgan
piyodalar, shuningdek, nogironlarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan shaxslarning
trotuarlar yoki piyodalar yo‘lkalaridan harakatlanishi boshqa piyodalarning harakatlanishiga xalaqit
berayotgan bo‘lsa, ular qatnov qismining chetidan harakatlanishi mumkin.
Trotuarlar, piyodalar yo‘lkalari, piyoda va velosiped yo‘lkalari yoki yo‘l yoqalari bo‘lmasa yoxud
ulardan harakatlanishning imkoniyati bo‘lmagan hollarda, piyodalar velosiped yo‘lkasidan yoki
qatnov qismining chetidan (ajratuvchi mintaqa bor yo‘llarda qatnov qismining tashqi chetidan) bir
qator bo‘lib harakatlanishlari mumkin.
Qatnov qismi chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatlanishiga
qarama-qarshi 
yo‘nalishda 
yurishlari 
kerak. 
Nogironlarning 
dvigatelsiz 
aravachasida
harakatlanayotgan, mototsikl, moped, velosiped yetaklab ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda
transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab yurishlari kerak.
Piyodalar yo‘lkasida, trotuarda, yo‘l yoqasida piyodalarning harakatlanishiga xalaqit beradigan
qurilma va to‘siqlar o‘rnatish taqiqlanadi.
16. Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga yo‘lning qatnov qismida bir qatorda to‘rt kishidan
ortiq bo‘lmasdan, faqat transport vositalarining harakat yo‘nalishi bo‘ylab o‘ng tomondan
harakatlanishga ruxsat etiladi.
Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, sutkaning qorong‘i vaqtida
yoki yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq ko‘targan
kuzatuvchilar bo‘lishi shart.
Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo‘lkalaridangina, ular bo‘lmaganda esa yo‘l yoqasidan
faqat sutkaning yorug‘ vaqtida va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.
17. Piyodalar yo‘lning qatnov qismini piyodalar o‘tish joylaridan, shuningdek, yer osti va yer usti
o‘tish joylaridan, ular bo‘lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo‘l yoqasi bo‘ylab kesib
o‘tishlari kerak.
Piyodalarga ko‘rinadigan oraliqda o‘tish joyi yoki chorraha bo‘lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va
to‘siqsiz yo‘llardan yo‘lning ikki tomoni yaxshi ko‘rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga
nisbatan to‘g‘ri burchak ostida kesib o‘tish ruxsat etiladi.
18. Yo‘l harakati tartibga solingan joylarda piyodalar tartibga soluvchining yoki piyodalar
svetoforining, ular bo‘lmaganda esa transport svetoforining ishoralariga amal qilishlari kerak.
19. Tartibga solinmaydigan piyodalar o‘tish joylarida, piyodalar yaqinlashayotgan transport
vositalarigacha bo‘lgan masofani va ularning tezligini chamalab ko‘rib, o‘tish o‘zlari uchun xavfsiz
ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘ng qatnov qismi (tramvay bekati)ga chiqishlari ruxsat
etiladi.
Shuningdek, piyodalar yo‘lni piyodalar o‘tish joylaridan tashqarida kesib o‘tishda transport
vositalarining harakatlanishiga xalaqit bermasliklari, yaqinlashayotgan transport vositalarining
yo‘qligiga ishonch hosil qilmasdan turib, ko‘rinishni cheklovchi to‘xtab turgan transport vositasi yoki
boshqa biror to‘siq panasidan chiqmasliklari kerak.
Yo‘lning qatnov qismida, shuningdek, piyodalar o‘tish joylarida harakatlanayotgan piyodalarga
telefondan foydalanish, tele, video mahsulotlarni ko‘rish, radio-audio mahsulotlarni eshitish, kitob


yoki davriy matbuot o‘qish, hamda e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan
foydalanish taqiqlanadi.
Piyodalar to‘xtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi
tomonidan yo‘lni kesib o‘tishlari shart.
20. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lmasa, yo‘lning qatnov qismi (tramvay
yo‘llari)ga chiqqan piyodalar ushlanib qolmasliklari va to‘xtamasliklari kerak. O‘tishga ulgurmagan
piyodalar xavfsizlik orolchasida, agarda u bo‘lmasa qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport oqimlarini
ajratuvchi chiziqda to‘xtashlari lozim. Keyingi harakatlanish xavfsiz ekanligiga ishonch hosil
qilgandan so‘ng va svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralarini hisobga olgan holda o‘tishni
davom etishlari mumkin.
21. Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi
mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan bo‘lsa,
piyodalar qatnov qismidan o‘tmasliklari, unda harakatlanayotganlari esa, ushbu transport
vositalariga yo‘l berishlari va zudlik bilan qatnov qismini bo‘shatishlari kerak.
22. Yo‘nalishli transport vositalarini faqat qatnov qismidan baland joylashgan kutish
maydonchalarida, ular bo‘lmaganda esa, trotuar yoki yo‘l yoqasida kutishlari kerak. Qatnov
qismidan baland joylashgan maydonchalar bilan jihozlanmagan bekatlarda yo‘nalishli transport
vositalari to‘liq to‘xtagandan so‘ng unga chiqish uchun qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi.
Undan tushgandan keyin ushlanib qolmasdan qatnov qismini bo‘shatishlari shart.
Qatnov qismi bo‘ylab bekatlarga borayotgan yoki undan qaytayotgan piyodalar ushbu
Qoidalarning 
18 — 21-bandlari
talablariga amal qilishlari kerak.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə