Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

10-bob. Yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi
64. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2,
5.8.7, 5.8.8 yo‘l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo‘l belgilari bo‘lmasa, haydovchilar
harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur
yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o‘lchamlarini hisobga olgan holda o‘zlari aniqlaydilar.
Bunda harakatlanish ikki tomonlama bo‘lgan yo‘l qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov
qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka ko‘tarilishdagi
qo‘shimcha tasmalar, yo‘nalishli transport vositalarining to‘xtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga
olmagan holda, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan deb hisoblanadi.
Tramvay yo‘li, ajratuvchi tasma, uzluksiz 1.1, 1.3 yo‘l chiziqlar yoki uzuq-uzuq tomoni chapda
joylashgan 1.11 yo‘l chizig‘i bilan ajratilgan yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish taqiqlanadi.
65. To‘rt va undan ortiq tasmali, harakat ikki tomonlama bo‘lgan yo‘llarda qarama-qarshi
yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmalarga chiqish taqiqlanadi.
66. Harakat ikki tomonlama bo‘lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo‘l chizig‘i bilan
belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo‘llarda, ikki yo‘nalishda harakatlanish uchun
mo‘ljallangan o‘rta qatorga faqat quvib o‘tish, aylanib o‘tish, chapga burilish va qayrilib olish
uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan
chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
67. Aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda hamda aholi punktlarida ayrim turdagi transport
vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruxsat etilgan yo‘l
qismlarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining o‘ng chetiga
yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. O‘ng tasmalar bo‘sh bo‘lganda chap tasmalarni egallash
taqiqlanadi.
Aholi punktlarida ushbu bandning 
birinchi xatboshi
va ushbu Qoidalarning 
69

123 
va 
161-
bandlaridagi 
talablarni hisobga olgan holda, haydovchilar o‘zlariga qulay bo‘lgan harakatlanish
bo‘lagidan foydalanishlari mumkin. Harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band
bo‘lganda harakatlanish qatorini faqat o‘ngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, to‘xtash yoki
to‘siqni aylanib o‘tish uchun o‘zgartirishga ruxsat etiladi.
Biroq, bir yo‘nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yo‘lda chetki chap qatorni
harakat serqatnovligi sababli boshqa bo‘laklar band bo‘lgan hollarda, shuningdek, quvib o‘tish,
chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish
uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.
Boshqa hollarda yuk avtomobillariga yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanish taqiqlanadi.
Harakat bir tomonlama bo‘lgan yo‘lning chap bo‘lagida to‘xtash va to‘xtab turish ushbu
Qoidalarning 
88-bandiga
 muvofiq amalga oshiriladi.
68. Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin bo‘lmagan yoki texnik sabablarga ko‘ra
tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib o‘tish, quvib o‘tish, chapga burilish
yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yo‘lning chap tomonida
to‘xtashdan boshqa hollarda faqat chetki o‘ng qatorida harakatlanishlari kerak.
69. Bir yo‘nalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay
yo‘lidan, shu yo‘nalishdagi boshqa tasmalar band bo‘lganda harakatlanishga, shuningdek, aylanib
o‘tishga, chapga burilish va qayrilib olishga ushbu Qoidalarning 
56-bandini
hisobga olgan holda
ruxsat etiladi. Biroq bu tramvayga xalaqit bermasligi kerak. Qarama-qarshi yo‘nalishdagi tramvay
yo‘lidan harakatlanish taqiqlanadi.
Agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yo‘l belgilari o‘rnatilgan bo‘lsa, chorrahadan o‘tishda
tramvay yo‘llaridan harakatlanish taqiqlanadi.
70. Agar qatnov qismi yo‘l chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan bo‘lsa, transport vositalarining
harakatlanishi qat’iy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta
tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib o‘tishga ruxsat etiladi.


71. Reversiv harakatlanishli yo‘lga burilishda haydovchi transport vositasini shunday
boshqarishi kerakki, bunda transport vositasi qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki o‘ng
qatorni egallashi kerak. Shu yo‘nalishdagi boshqa tasmalardan ham harakatlanish ruxsat etilganiga
ishonch hosil qilingandan keyingina haydovchiga qayta tizilishga ruxsat etiladi.
72. Qoidalarning 
88

166-bandlarida
ko‘zda tutilganlardan boshqa hollarda transport
vositalarining ajratuvchi mintaqalar, yo‘l yoqalari, trotuarlar, piyodalar yo‘lkalarida, velosiped
yo‘lkalari, velosipedchilar uchun tasmalar, piyodalar va velosipedchilarning birga va alohida
harakatlanadigan yo‘laklarda mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
Bu joylarda yo‘ldan foydalanish va kommunal xizmat mashinalarining harakatlanishiga,
shuningdek, bevosita yo‘l yoqalari, trotuarlar yoki piyodalar yo‘lkalari oldida joylashgan savdo
shoxobchalari, korxonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun boshqa imkoniyati
bo‘lmagan transport vositalariga yaqin yo‘ldan kirishga ruxsat etiladi. Bunda harakatlanish
xavfsizligi ta’minlangan bo‘lishi shart.
73. Haydovchi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda,
to‘qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek, yo‘l harakati
xavfsizligini ta’minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.
74. Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali
yo‘llarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin bo‘lmagan, shuningdek, uzunligi 7
metrdan ortiq bo‘lgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari o‘zi va
oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida, ularni quvib o‘tayotgan transport vositalari
oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.
Quvib o‘tish taqiqlangan yo‘llarda, shuningdek, transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi
tarkibida va serqatnov bo‘lgan yo‘llarda harakatlanayotganda ushbu talabga amal qilinmaydi.
75. Agar biror to‘siq sababli qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanish qiyin bo‘lsa, to‘siq o‘z
tomonida bo‘lgan haydovchi yo‘l berishi kerak.
76. Agar yo‘l belgilari va chiziqlari boshqa yo‘nalishni ko‘rsatmagan bo‘lsa, haydovchilar
ajratuvchi bo‘lagi bo‘lmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llardagi xavfsizlik orolchalari,
ustunchalar va yo‘l inshooti qismlari (ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich ustunlari va shunga o‘xshashlar)ni o‘ng
tomondan aylanib o‘tishlari kerak.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə