Qadimgi turkiy til


Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 119,66 Kb.
səhifə3/4
tarix30.03.2023
ölçüsü119,66 Kb.
#103708
1   2   3   4
1-maruza. Qadimgi turkiy til predmeti, maqsad va vazifalari

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
­- O‘zbek tili tarixi, uning taraqqiyot bosqichlari, til tarixida sodir bo‘lgan fonetik, leksik, grammatik o‘zgarishlar, til sathlarining til tarixida voqelanishi, qadimgi yozma yodgorliklar va mumtoz manbalarning til xususiyatlari borasida dastlabki bilimlarga;
- ko‘k turk yozuvi bitiktoshlari, qadimgi turk-moniy yozma yodgorliklari, turk-budda diniy-falsafiy asarlari va ularning til xususiyatlari, O‘rta Osiyo xalqlari yozuvi tarixi, arab yozuvi va uning joriy qilinishi haqida maqsadli qo‘llash ko‘nikmalariga;
- o‘zbek tili tarixiga doir yozma manbalarni tahlil qilish, so‘zlarni etimologik jihatdan qaysi qatlamga (o‘z va o‘zlashgan) oidligini aniqlash malakalariga ega bo‘lishi lozim.
Qadimgi turkiy til birinchi navbatda, tarix, xususan, etnik tarix bilan tutashadi. Turkiy qabilalar o‘rtasidagi farqlar, asosan, ularning tillari orqali aniqlanadi. Demak, qabilalar tarixini yoritishda til muhim omildir. Shu bilan birga, qadimgi turkiy til paleografiya bilan ham aloqador. Qadimgi turkiy yozuvning kelib chiqishi, alifbolaraing turli-tumanligi, boshqa yozuvlarning turkiy-run yozuviga ta’siri kabi masalalarni paleografiya o‘rganadi. Ikkinchidan, qadimgi turkiy til shu davr adabiyoti bilan tutashdir. Qadimgi turkiy yodgorliklar ham turkiy xalqlarning ilk yozma adabiyotining, ham qadimgi turkiy tilning manbaidir. Uchinchidan, qadimgi turkiy til tarixiy geografiya bilan ham tutashdir. Qadimgi turkiy yodgorliklar turli hududlarga tarqalgach, yozuvda ba’zi farqlar paydo bo‘ldi, qabilalarning tarixiy taraqqiyotida farqlar yuz berdi.
Qadimgi turkiy til falsafa bilan ham tutashdir. Qadimgi turkiy qavmlarning diniy tasavvurlari, dunyoqarashi tangrichilik ta’limotida mujassamlashgan. Bu ta’limotning izlari qadimgi turkiy yodgorliklarda saqlanib qolgan. Kul tigin ulug‘ bitigining birinchi misrasida aytilishicha, qadimgi turkiylar Tangri (osmon)niota, yerni - ona deb bilganlar. Bundan tashqari, yenisey yodgorliklarida samoviy jismlami xuddi sharqdagi ossuriylar, bobilliklar, kan’onliklar, amoriylar, pariziylar va b. xalqlar kabi xudolar kabi tasavvur qilganlarini uchratamiz. Qadimgi turkiy tilning qadimgi turkiy qabilalar falsafiy qarashlari bilan tutashligi mahsuli sifatida tilga bir qator mifologik nomlar kirib keldi, qadimgi turkiy tilda samoviy jismlarga mifologik mazmun yuklatildi. Inson o‘zini atrof-muhit, tabiat bilan bir deb bilganini, o‘zi bilan tabiat o‘rtasiga chegara qo‘ya bilmaganini qadimgi turkiy yodgorliklardagi tangrichilik ta’limoti asosida bilamiz.



Yüklə 119,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə