Qadimgi turkiy til



Yüklə 119,66 Kb.
səhifə2/4
tarix30.03.2023
ölçüsü119,66 Kb.
#103708
1   2   3   4
1-maruza. Qadimgi turkiy til predmeti, maqsad va vazifalari

1. Qadimgi turkiy til
2. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi
3. O‘zbek adabiy tili tarixi
O‘zbek tili tarixi fanining Qadimgi turkiy til predmeti o‘zbek tilining bir necha yuz yillik shakllanish va taraqqiy etish dinamikasini kuzatish, davrlar osha yetib kelgan qo‘lyozma manbalar va ularning mavjud nashrlaridagi ashyoviy materiallarga suyangan holda fonetik, morfologik, leksik hamda sintaktik xususiyatlari haqida bilim berish vazifasini bajaradi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – tarixiy tilshunoslikning nazariy va amaliy masalalarini tahlil qilish, o‘zbek tili tarixini davrlashtirish masalasiga munosabat bildirish, eski turkiy adabiy til va uning yodgorliklarini tavsiflash, eski o‘zbek adabiy tili va shu tilda bitilgan yozma manbalarni tahlil qilish, o‘zbek tilining fonetik, leksik, grammatik taraqqiyotiga doir ma’lumotlarni umumlashtirish, o‘zbek adabiy tilining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini tahlil qilish, o‘zbek adabiy tilining qardosh turkiy tillar bilan munosabatini faktik material asosida yoritish ilmiy-nazariy ma’lumot berishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirish, ta’lim oluvchilarda qayd etilgan masalalar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fanni o‘qitishning vazifalari talabalarda qadimgi turkiy tilning vujudga kelishi va davrlari bo‘yicha bilimlarni shakllantirish va mustahkamlash; oltoy tillari oilasi, turk va mo‘g‘ul tillarining alohida ajralib chiqishi, turkiy tillar tarixida xun davri, qadimgi turkiy til yodgorliklari fonetikasi, leksikasi, morfologiyasi va gap qurilishi haqida bilim berishdan iborat. Qolaversa, bu predmet ko‘k turk yozuvi bitigtoshlari, qadimgi turk-moniy yozma yodgorliklari, turk-budda diniy-falsafiy asarlari va ularning til xususiyatlari, qadimgi turkiy yozuvlar va ularning imlo qoidalari, qadimgi turkiy yozma manbalar tili va uslubi, ko‘hna yozuvlar tarixi haqida tasavvurga ega bo‘lish; til tarixi masalalariga doir metodlarni, kichik matnlarni fonetik, grammatik tahlil qilishni bilishi va ulardan foydalana olish; tarixiy tilshunoslikning nazariy va amaliy masalalarini tahlil qilish, qadimgi turkiy til va uning manbalariga doir ma’lumotlarni hozirgi o‘zbek tili hamda shevalariga qiyoslash, o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyotiga doir ma’lumotlarni umumlashtirish, o‘zbek adabiy tilining qardosh turkiy tillar bilan munosabatini faktik material asosida yoritish ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashadi.

Yüklə 119,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə