Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}. ftPP{font-size


Hayvonlarning intellektual harakatlari



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/182
tarix29.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#114001
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   182
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Hayvonlarning intellektual harakatlari. 
Ayrim narsalar o’rtasidagi 
murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intellektual harakatlarning asosini 
tashkil qiladi. Yuksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o’rtasidagi 
munosabatlarni payqay oladilar va mazkur vaziyatga qarab, uning natijasini 
oldindan ko’ra olishadilar. Bunday harakatni aqliy harakat tipi deyish mumkin. 
Odamlar yuksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar orasida primatlarni 
(odamsimon maymunlarni) alohida o’ringa qo’yadilar. Ularning faoliyatining 
aktivligi, buning ustiga ularda ko’zning yuksak darajada taraqqiy qilganligi 
ularning idrok doiralarini beqiyos ravishda kengaytiradi, tajriba boyliklarini 
nihoyatda oshirib yuboradi, ko’nikmalarning tarkib topishi hamda harakat 
shakllarining vujudga kelishi uchun boshqa hayvonlardagiga qaraganda 
baquvvat asosni yuzaga keltiradi. Maymunlar intellekti (akli) ularning 
murakkab masalalarni yecha olishlari bilan ajralib qolmay, balki ular 
faoliyatining yo’nalishi bilan ham xarakterlanadi. Maymunlar qo’llariga tushib 
qolgan narsalarni soatlar davomida mayda bo’laklarga ajratadilar, odamlarni har 
xil usullar bilan o’z qafaslari oldiga jalb qiladilar, yerda sudralib ketayotgan 
xashoratni kuzatib tura oladilar. Maymunlar xulq-atvoridagi bunday 
xususiyatlarning kelib chiqishiga ularning yashash usuli sabab bo’lgan. Boshqa 
hayvonlarga nisbatan maymunlarda harakatlarning taraqqiyot darajasi qo’l 
tipidagi oldingi oyoqlarning mavjudligi bilan ham bog’liqdir. "qo’l"ning 
mavjudligi tufayli maymunlar tevarak-atrofdagi narsalar bilan juda murakkab 
munosabatlarga kirishish imkoniyatiga egadir. Ma’lum sharoitlarda 
maymunlarda instinktiv shakllari ham nomoyon bo’ladi. Biroq taraqqiy etgan 
katta maymunlarning instinktiv harakatlari taraqqiyotning pastki bosqichidagi 
hayvonlarning instinktiv harakatlaridan jiddiy farq kiladi. Masalan uy qurish 
jarayonida maymunlar materialni analiz qilib ko’rar ekan. Instinklarda tashqi 
sharoit hisobga olinar ekan. Maymunlarda ko’nikma xosil qilishning ham o’ziga 
xosligi bor. Agar past darajada rivojlangan hayvonlarda ko’nikma tez 
shakllantirilsa, 
maymunlarda 
bu 
jarayon 
biroz 
murakkab 
kechadi.
Maymunlarning "qiziquvchanligi" natijasida ularning diqqatini ko’pincha biror 
harakat va obyektga qaratish, tuplash qiyin. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə