Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt



Yüklə 289,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/14
tarix21.12.2023
ölçüsü289,69 Kb.
#153797
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Shaxsiy aloqalar 
– bu muayyan vaqt ichida ikki yoki undan ortiq kishilar o’rtasida qaror 
topadigan barqaror munosabatlardir. Dastlab o’zaro aloqadorlik ko’rinishida paydo bo’lib, keyin 
tez takrorlanishi tufayli u barqaror munosabatlarga aylanadi. Munosabatlarga misol: dushmanlik, 
musobaqa, muhabbat, do’stlik, ishbilarmonlik munosabatlari. «Jabrdiyda-agressor», «xotinboz – 


farqiga yetadigan xonim», «injiq boshliq – sustkash ijrochi» va boshqa shunga o’hshash qaror 
topgan munosabatlar ishtirokchilar ularni o’zgartirgunga qadar noaniq muddat davomida mavjud 
bo’lib turadi. 
Ehtiyojlar
– inson yoki hayvonning normal yashashi uchun zarur bo’lgan yetishmovchilikni aks 
ettiruvchi psixik yoki fiziologik keskinlik holatidir. Ehtiyojlar holat sifatida sub’ektning hayotiy 
faolligining shu ma’noda manbai hisoblanadiki, yuz bergan keskinlikni yo’qotishga qaartilgan 
sezilarli ta’sir kuchiga ega. 
Qobiliyatlar
– u yoki bu sermahsul faoliyatni egallash mahorati bilan bog`liq bo’ladigan 
insonning individual – psixologik xususiyatlari bo’lib, uning yordamida inson teng bo’lgan boshqa 
sharoitlarda ushbu faoliyatni tez va puxta, oson va mustahkam ravishda tashkil qilish va amalga 
oshirish yo’llarini o’zlashtirib oladi. 
E’tiqod
– shaxning shunday ongli yo’nalishki, unga o’y-qarashlari, prinslari va 
dunyoqarashga mos tarzda yashashga imkon beradi, e’tiqodning predmeti tarlicha bo’ladi. 
Vatanga, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, go’zallika va shunga o’xshash. 
Extiros
– uzoq vaqt davom etadigan va barqaror bo’lgan ematsional holat. 
Qattiyat
- ba’zi hollarda kishi qabul qiladigan qarshiliklar amalga oshirishda imkoniyatlarga 
ishongan xolda juda tez ma’lum bir qarorga kelish.

Yüklə 289,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə