Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt



Yüklə 289,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix21.12.2023
ölçüsü289,69 Kb.
#153797
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami 

4
 
Affekt
(latincha affectus – ruhiy hayajonlanish, qiziqish) qisqa muddatda va shiddat bilan 
sodir bo’ladigan hissiy, hayajonli jarayon: hulq-atvor, hatti-harakat ustidan nazoratning susayishi 
tufayli ro’y beradigan kuchli his-tuyg`u (g`azablanish, qo’rqish, nafratlanish, shodlanish). 
Mutaxassislar normal va patologik affektlar borligini, shuningdek, affektiv reaksiyalarga ozroq 
yoki ko’proq moyil bo’ladigan shaxslar ham bo’lishini ta’kidlashadi. O’zida affektiv reaksiyaga 
nisbatan hislarga erk bermaslik insondagi normal psixik holat hisoblanadi. Affektlar ta’siriga 
beriluvchi kishilar odatda olomon orasida sarosimalik uyg`otishga moyil bo’ladilar. 
Anglash
– psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shaqliga ko’chirishdan iboart psixik 
jarayoni bo’lib, bu mazmunni boshqa kishilarga yetkazib berish imkonini beradi. Anglamoq o’ziga 
xabar bermoq, o’z tajribasi hisiyoti, ehtiyoji, qiziqishi va b. to’g`risida o’ziga tushuntirish 
demakdir. Anglash demak nimadir to’g`risida o’z-o’ziga hisob berishdir. Sub’ektiv holda u yoki 
bu vaziyat, kechinma va boshqalarni aniq-ravshan va nazorat qilinadigan in’ikosidir. 
Amaliy psixologiya
– ijtimoiy amaliyotning turli sohalaridagi amaliy vazifalarni hal 
qilishda foydalaniladigan amaliy bilimlar va texnologiyalar majmuasidir. Amaliy psixologiyaning 
muhim xususiyati shundaki, u yoki bu vazifalar ularning manfaatlari uchun hal etilayotgan 
iste’molchi yoki buyurtmachini hamisha ko’rsatish mumkin. 
Aql
– insonning ma’naviy va ruhiy faoliyatida barcha oliy narsalar xodiaslarni qanday 
bo’lsa, aynan shunday xolda bilish qobiliyati, mavxum fikrlash va tushunchalar yaratish 
xususiyati. 
Ahloq
- ijtimoiy ong shaqllaridan biridir. Kishilarning tarixan tarkib topgan hulq – atvori, 
yurish – turish, ijtimoiy va shaxsiy xayotga o’zaro, shuningdek jamiyatga bo’lgan munosabatlarini 
tartibga solib turuvchi barqarormuayyan norma va qoidalar yig`indisi. 
Attraksiya
– (lotincha so’z – attrahere –yoqtirish, o’ziga jalb etish) – bu bir insonning 
boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirish, o’zaro mobillikni 
tushuntiruvchi emotsional hisdir. 
Aloqa
– makon yo vaqtda bir – biridan muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki yoki 
bir necha hodisa yo ob’ektning o’zaro bog`lanish hodisasi. 
Anglash
- psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shaqliga ko’chirishdan iborat psixik 
jarayon bo’lib, bu mazmunni boshqa kishilarga yetkazib berish imkonini beradi. Anglamoq 
o’zicha xabar bermoq, o’z tajribasi xissiyoti, extiyoji, qiziqishi va boshqalar to’g`risida 
tushuntirish demakdir. Anglash demoq nimalar to’g`risida o’z – o’ziga xisob berishdir. Sub’ektiv 
xolda u yoki bk vaziyat, kechikma va boshqalarni ochiq – ravshan va nazorat qilinadigan 
inikosidir. 

Yüklə 289,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə