Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt



Yüklə 289,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix21.12.2023
ölçüsü289,69 Kb.
#153797
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Hayotiy ma’nolar 
– bu inson uchun uning borliq bilan befarq bo’lmagan shunday 
aloqalari majmuasiki, ularda insonning uni o’rab olgan voqeilikdan ob’ektiv bog`liqligi sifatida 
ham, uning ehtiyojlari va intilishlari ko’rinishida ham o’z aksini topadi. Biz kundalik hayotimiz 
davomida hattoki, ko’p hollarda o’zimizning turmush psixologi ekanligimizni ham unutgan holda 
ulardan juda ko’p foydalanamiz. Bu o’rinda «turmush» so’zidan tashqari «kundalik psixologiya» 
yoki «odatiy psixologiya» deyish ham mumkin. Turmush (odatiy) psixologiyasi kundalik ong 
tarkibiga kiradi. 
Xotira 
– insonning o’tmishi tajribasini eslab qolish, fikriy tashkil qilish, saqlash va qayta 
eslashga yo’naltirilgan ko’plab psixik jarayonlari, hatti-harakatlari, holatlaridir. 
Hatti-harakat 
– insonning axloqiy o’z-o’zini ko’rsatish momenti bo’lib, bunda u boshqa 
kishiga nisbatan munosabati, o’z-o’ziga, guruh yoki jamiyatga, umuman tabiatga nisbatan shaxs 
sifatida o’zini namoyon qiladi. Hatti-harakat faoliyat yoki faoliyatsizlik; so’zlarda bildirilgan 
pozitsiya; imo-ishora ko’rinishida, qarash, nutq ohangi, matnning ma’nosi shaqlidagi biron 
narsaga nisbatan munosabatda jismoniy to’siqlarni yengib o’tish va haqiqatni izlash tomon 
yo’naltirilgan harakatda kabilarda ifodalanadi. Hatti-harakat – sotsial hulq-atvorning asosiy 
birligidir, uning hamisha guvohlari bo’ladi: o’zining sotsial ifodasini topmagan ichki yechimi hali 
hatti-harakat bo’la olmaydi. Shuning uchun hatti-harakat orqaga qaytmas harakterga ega, uni 
«qayta o’ynab» bo’lmaydi – aynan shu yerdan sodir etilgan hatti-harakat uchun shaxsiy 
javobgarlik vujudga keladi. Hatti-harakatda inson shaxs sifatidagina namoyon bo’lib qolmasdan, 
balki ushbu sifatda shaqllanadi ham. 
Qayta hosil qilish
– kuzatish mumkin bo’lgan u yoki bu belgilar shaqlidagi faollashgan 
mazmunning qayta tiklanishi va qayta qurilishidan iborat bo’lgan aqliy hodisadir. 
O’ylar 
– insonning hayotidagi kelajak hayot manzaralarini aks ettiradigan shirin tasavvurlari
fantaziya va orzu-niyatlaridir. 



Yüklə 289,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə