Psixika va ongning taraqqiyoti Reja



Yüklə 115,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü115,04 Kb.
#140830
  1   2   3   4
3-Ong va psixikaning taraqiyoti



Aim.uz 
Psixika va ongning taraqqiyoti 
Reja: 
1. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti: 
1) psixikaning taraqqiyot bosqichlari; a) seskanuvchanlik; b) sezuvchanlik. 
2) hayvonlar xatti - harakati tiplari: 
a) instinkt; b) ko`nikma; v) intellektual harakat. 
2. Psixikaning muhit va a`zolar tuzilishiga bog`liqligi 
3. Inson ongining rivojlanishi 
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 
Seskanuvchanlik 

psixika taraqqiyotining dastlabki bosqichi bo`lib tirik organizmning biologik 
ahamiyatga ega qo`zg`atuvchining ta`siriga javob berish. 
Sezuvchanlik 

psixika taraqqiyotining yuqoriroq bosqichi, sezish bilan bog`liq. 
Tropizm 

biologik omillarga reaktsiya qilish usullari. 
Sensor bosqich 

sodda hayvonlarning tashqi muhit ta`sirini tanlab aks ettirishi. 
Pertseptiv bosqich 

yuksak nerv tizimiga ega bo`lgan hayvonlarning tashqi muhitdagi narsalarni yaxlit 
holda aks ettirishlari 
Instinkt 

hayvonlarning tug`ma xatti -harakati 
Intellektual harakat 

faxm - farosat bilan bog`liq xatti - harakatlar 
Ong 

psixikaning yuksak darajasi 
Ontogenetik taraqqiyot 

bitta organizmning rivojlanishi 
Filogenetik taraqqiyot 

butun insoniyat rivojlanishi 
1. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti 
1) psixikaning taraqqiyot bosqichlari. 
Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to organik materiyaning yuksak hamda 
murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bo`lmish aks ettirish 
xususiyatiga, ya`ni turli ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki 
moddalarning o`zaro mexanik fizik va kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon bo`lishi mumkin. Tirik 
materiyaga o`tishda harakatning shakli sifat jihatdan o`zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik 
shakllari xosdir. Tirik materiya taraqqiyotining ma`lum bosqichida aks ettirishning sifat jihatidan yangi 
shakli bo`lmish psixika yuzaga keladi. Hamma tirik organizmlar, o`simliklardan tortib hayvonlargacha 
evolyutsiyaning barcha bosqichida aks ettirishning biologik shakli bo`lgan seskanuvchanlik xususiyatiga 
ega. Seskanuvchanlik - tirik organizmlarning biologik ahamiyatiga ega bo`lgan ta`sirlarga javob qaytarish 
qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlarda elementar seskanuvchanlik xususiyati bor bo`lib, 
ular tashqi muhit ta`siriga harakat bilan javob qaytaradi, muhit ta`sirida hujayra protoplazmasininng 
xususiyati o`zgaradi. Biologik omillarga maxsus harakatlar bilan reaktsiya qilish usullariga tropizm deb 
ataladi. Tropizmlar har xil bo`ladi, fototropizm - tirik organizmning issiqlik ta`siri ostida harakat qilishga 


Aim.uz 
moyilligidir, xemotropizm - ma`lum fizik - ximiyaviy muhitni tanlab olishga moyilligidir, topotropizm tirik 
organizmning mexanik qo`zg`atuvchi ta`siri ostida harakatlanishdir. Tropizmlar o`simliklarning o`z-o`zini 
boshqarishiga imkon beradi. Hayvonlarda ta`sirlanishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga kelgan. YUksak 
tashqil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a`zolari tarkib topadi. Narsalarning 
organizm uchun aslida befarq, ya`ni organik ehtiyojlarini qondirmaydigan belgilari (hidlari, shakllari, 
ranglari) signallik ahamiyatiga ega bo`ladi. Hayvonlarda o`simliklarga qaraganda sezuvchanlik tufayli 
ancha ko`p ta`sirlarni aks ettirish vujudga keladi. Masalan, infuzoriyalarning ular uchun neytral (befarq) 
bo`lgan yorug`likka reaktsiya qilishlari kuzatilgan. Tajriba quyidagicha o`tkazilgan: suv to`ldirilgan nayga 
sodda hayvonlar joylashtirilib, naychaning bir tomoni isitilgan, Bir hujayrali hayvon termotropizmga ega 
bo`lganlari tufayli tezlik bilan naychaning iliq tomoniga o`tib olganlar. Naychaning bir tomoni isitilish 
bilan birga bir vaqtda yoritilib ham borilgan. Oddiy sharoitda yoruqlikka neytral munosabatda bo`luvchi 
infuzoriyalarga yorug`lik bilan birgalikda ular uchun qulay bo`lgan issiqlik bir necha marta ta`sir 
ko`rsatilgan taqdirda infuzoriyalar issiqlik ta`siridan qat`iy nazar yorug`likka to`planaverganlar. Bu sensor 
bosqich bo`lib hisoblanadi. Sensor bosqich uchun xarakterli xususiyat shundan iboratki, bu bosqichda 
organizm narsalarning o`zini emas, balki alohida xususiyatlarini aks ettiradi. Bunday aks ettirish 
evolyutsion taraqqiyotning quyi darajasi - to`rsimon va ganglioz asab tizimiga ega hayvonlarda kuzatiladi. 
Masalan: Biror bir hashorot o`rgimchak to`riga tushishi bilan uni o`z ipi bilan o`ray boshlaydi. 
Ko`pgina tajribalardan ma`lum bo`lishicha, o`rgimchak uchun faqat bir xususiyatlar, to`r orqali 
beriladigan tebranish, vibratsiya ahamiyatlidir. Tebranish to`xtashi bilan o`rgimchak ham o`lja tomon 
harakatlanishdan to`xtaydi. Keyingi bosqich pertseptiv yoki idrok qilish bosqichi deb ataladi. Bu 
bosqichga mansub hayvonlar atrof - muhitning ayrim xususiyatlarini emas, balki ularni butun narsalar 
sifatida aks ettiradi. Keyingi bosqich - intellektual bosqichi (aql) bo`lib, yuksak darajada rivojlangan 
hayvonlarga, ya`ni odamsimon maymunlarga xosdir. 

Yüklə 115,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə