Professional futbol ligasi tomonidan


-bob.  Musobaqa ishtirokchilarining liboslariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/32
tarix25.05.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#112847
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
PFL-Musobaqalar otkazish reglamenti 2021

19-bob. 
Musobaqa ishtirokchilarining liboslariga qo‘yiladigan talablar 
19.1. 
Musobaqa ishtirokchilarining futbolkasiga futbol klubining ramzi 
tushiriladi. Ramzning o‘lchamlari 100 sm
2
bo‘lib, u futbolkaning tepa qismi chap 
tarafida joylashadi. Klub har beshinchi chempionlik maqomiga ega bo‘lganida klub 
ramzining tepa qismida bir dona oltin yulduz ramzini aks ettirish huquqiga ega.


32 
19.2.
Futbolkaning o‘ng yengida O‘zPFL logotipi, chap yengida esa O‘zPFL 
tomonidan taqdim etilgan Musobaqa titul homiysining ramzi bo‘lishi lozim.
19.3.
Futbolka orqa tomonining tepa qismida O‘zPFL litsenziyasi va ariza 
varaqasida ko‘rsatilgan (balandligi 5–8 sm. “Jersey M54” shriftida) futbolchining 
familiyasi (ismi yoki tahallusi) aks etgan yozuv hamda futbolchining litsenziyasida 
ko‘rsatilgan futbolka raqami (balandligi 25–35 sm “Jersey M54” shriftida) bo‘ladi. 
Shortining o‘ng tomonida futbolchining futbolkasidagi raqam aks ettiriladi 
(balandligi 10–15 sm). 
Aralash rangli futbolkada familiya (ism yoki taxallus) va raqam alohida 
rangdagi to‘g‘ri to‘rtburchak yoki futbolka ranglariga proporsional rangda 
ko‘rsatiladi. Futbolchining familiyasi (ism yoki taxallus) va raqami yozuvi bir xil 
rangda bo‘lib, stadiondagi muxlislar, teletomoshabinlar va OAV vakillari o‘qishi 
uchun oson bo‘lishi tavsiya etiladi. Bunda U-21, U-18 hamda farm-klub 
jamoalarining formasi asosiy jamoa formasi bilan bir xil bo‘lishi talab etiladi. 
Shuningdek, U-21, U-18, farm-klub hamda asosiy tarkib futbolchilarining raqami 
bir-birini takrorlamasligi lozim. Ya’ni, asosiy tarkibda maydonga tushmoqchi 
bo‘lgan U-21, U-18, farm-klub a’zosida boshqa yangi libosga ehtiyoj qolmasligi 
kerak.
19.4.
Futbolchining futbolkadagi familiyasi o‘zbek tilida lotin yozuvida 
ko‘rsatilishi lozim. Xalqaro maydonda o‘ynaydigan klublargagina familiyani (ism 
yoki taxallus) ingliz tilida yozishga ruxsat beriladi. 
19.5.
Klublar ro‘yxatdan o‘tish oldidan O‘zPFLga yangi mavsum uchun 
liboslarning 3D formatini taqdim etishi, Musobaqa startiga 10 kun vaqt qolgunicha 
futbolchilar va darvozabonlar liboslarining asosiy va rezerv ranglari haqida to‘liq 
axborot taqdim etishi lozim.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə