Politipik turlar


Simpatrik yo‘nalishdagi turning paydo bo‘lishi



Yüklə 34,88 Kb.
səhifə5/6
tarix27.12.2023
ölçüsü34,88 Kb.
#162110
1   2   3   4   5   6
Simpatrik yo‘nalishdagi turning paydo bo‘lishi. Ba’zan ajdod tur areali doirasida alohidalanish kuzatiladi. Alohid a lashgan pop ulyatsiyalar ajdod tur bilan bir arealda tarqalgan bo‘ladi. Alohidalashgan individlar guruhi ajdod tur vakillaridan urchish muddati yoki yashash joyi yoxud jinsiy jihatdan tafovut qilishi bilan ajralib turadi. Shunday usulda alohidalashgan populya tsiyalardan keyinchalik mutatsion o‘zgaruvc hanlik, tabiiy tanlan ish tufayli yangi turlar paydo bo‘ladi. Chunonchi, Filippinda 10 ming yil oldin paydo bo‘lgan Lanao ko‘lida yago na bitta ajdod baliq turidan simpatrik yo‘nalish bilan 18 ta baliq turi, yonsuzar qisqichbaqasimon turkumining bir ajdod turidan 250 ta yangi tur paydo bo‘lgani ma’lum. Shu singari simpatrik yo‘nalishdagi yangi turlarning paydo bo‘lishi ekologik alohidalanish natijasi ekanligidan dalolat beradi.
Poliploidiya yo‘nalishida turlarning paydo bo‘lishi. Mutatsion o‘zgaruvchanlikning bir xili xromosomalar sonining o‘zgarishi bilan aloqador. Ba’zi hollarda hujayra mitoz usuli bilan bo‘linay otganda tashqi muhitning ta’sirida xromosomalar ikkita qiz hujayraga notekis taqsimlanadi. Natijada bir hujayra yadrosida bitta yoki ikkita xromosoma ortiqcha, ikkinchi hujayra yadrosida esa kam bo‘ladi. Xromosoma sonining ortishi yoki kamayishi ayrim hollarda yangi turlarning kelib chiqishiga asos bo‘ladi. Masalan, murakkabguldoshlar oilasiga kiruvchi skerda avlodida 3, 4, 5, 6, 7 xromosomali, iloq avlodida 12 dan 43 tagacha bo‘lgan xromosomali turlari uchraydi. Xromo- somalar sonining ortishi yoki kamayishi natijasida kelib chiqqan turlar aneuploid turlar deb nomlanadi.
Tur tarqalgan arealning chetki qismlaridan kuzatiladigan ba’zi noqulay sharoitlar tufayli ayrim hollarda hujayraning bo‘linish duki (urchuqi)da o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu esa o‘z navbatida xromosomalarni hujayraning ikki qutbga tarqalmay qolishiga sababchi bo‘ladi. Shu bois ona hujayrada xromosomalarning soni ikki martaga ko‘payadi. G‘o‘zaning 26, 52 xromosomali turlari mavjud. Eski tur xromosomalar sonining faqat ikki karra emas, ba’zan bir necha karra o‘zgar ishi holatlari ham uchraydi. Xrizantema avlodiga kiruvchi 18, 36, 90 xromosomali, tamaki avlodiga 24, 48, 72, bug‘doyda 14, 28, 42 xromosomali turlar borligi aniqlangan. Xromo somalar sonining karra ortishi bilan bog‘liq turlar poliploid turlar nomini olgan. Poliploid turlar xromosomasi diploid to‘plamga ega turlarga nisbatan muhitning noqulay sharoitlariga ko‘proq moslanuvchan bo‘ladi.

Yüklə 34,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə