Politipik turlar


Yangi turlarning paydo bo‘lish yo‘nalishlari



Yüklə 34,88 Kb.
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü34,88 Kb.
#162110
1   2   3   4   5   6
Yangi turlarning paydo bo‘lish yo‘nalishlari. Darvindan so‘ng klassik darvinizm bilan genetika, ekologiya, sistematika va boshqa tabiiy fanlarning birlashishi natijasida biologik tur, uning tarkibi, yangi turlarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida ko‘p ma’lumotlar to‘plandi. Bu ma’lumotlarning ko‘rsatishicha har qanday biologik tur politipik tuzilishga ega ekanligi, ya’ni bir-biridan ozmi-ko‘pmi morfologik, fiziologik, ekologik, genetik jihatdan farq qilgan individlardan tashkil topganligi yanada oydinlashdi. Bundan tash qari turlar o‘zaro egallagan areali, populyatsiyalar soni bilan farqlan ishi ma’lum bo‘ldi. Odatda keng arealda tarqalgan turlarda po pulyatsiyalar soni ko‘p, tarqoq arealdagilarda esa kam bo‘ladi. Har qanday tur genofondi yagona, bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan genlar, xromosomalar majmuasidan

55-rasm. Darvin ta’limoti bo‘yicha yangi turlarning paydo bo‘lishi — divergensiya. Lotin alifbosidagi sxemada A—L bilan avlodga kiruvchi turlar, a7, m7, u7, z7, as, m8, u8, zs lar bilan tur-xillari, a10, f°, m10, z10 bilan yangi turlar ifodalangan. I—XI raqamlarining chiziqlar orasi har bir mingdan ortig‘i naslning taqdirini belgilaydi.

56-rasm. Yangi turlar paydo bo‘lis hining filetik (1), dura gaylash (2), divergensiya
(3) yo‘nalishlari.
tuzilgan. U shu turga mansub organizmlarni tashqi muhitga mosla- nishini ta’minlaydi. Yangi turning paydo bo‘lishi ajdod turning yagona, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan genlar, xromosomalar majmuasini o‘zgartirib, yangi genofondini vujudga keltirish orqali amalga oshadi.
Hozirgi davrda yangi turlar paydo bo‘lishining uch yo‘nal ishi e’tirof etiladi (56-rasm).
Allopatrik yo‘nalish yoki geografik alohidalanish bilan tur ning pay do bo‘lishi. Bunda bir turga ki ruvc hi populyatsiyalar geografik ji hatdan alohidalashadilar. Natijada ularning shu turga mansub boshqa populya- tsiyalar bilan aloqasi barham topadi. Populyatsiyalarning geografik alohidalanishi odatda tur egallagan arealning chetki qismlarida ko‘proq ro‘y beradi. Populyatsiyalar egallab turgan arealning bir-biridan uzoq masofada ekanligi yoki ikki popu lyatsiya o‘rtasida suv, quruqlik, to‘siqlar, baland tog‘larning hosil bo‘lishi geografik alohidalanishga olib keladi. Bunday hollarda turning biror po pulyatsiyasi bilan shu turga kiruvchi bosh- qa populyatsiyal ari orasida uzoq vaqt aloqa bo‘lmaydi, deb faraz qilaylik. Mazkur popu lyatsiyaga qo‘shni populyatsiyalarning individlari kelib qo‘shilm a ganligi sababli, uning genofondi endilikda mustaqil bo‘ladi. Albatta, shu turga kiruvchi boshqa po- pulyatsiyalardagi kabi ushbu populyatsiyada ham yangi muta- tsiyalar ro‘y beradi. Ular orasida tabiiy tanlanish shu sharoitga mos allellarni to‘play boradi. Populy atsiyada uzoq muddat davom etgan geografik alohidalanish pirovard natijada biologik alohidalanishga, ya’ni shu turga mansub individlarning boshqa populyatsiyalar tark ibidagi individlar bilan chatishmasligiga olib keladi. Geografik alohidalan ish tufayli yangi turlarning paydo bo‘lishiga oid mi sollar nihoyatda ko‘p. Masalan, Baykal ko‘lida molluskalar, qisqichbaqasimonlar, baliqlar, chuvalchanglarning boshqa joylarda uchramaydigan juda ko‘p turlari uchraydi. Chunki 20 mln yil ilgari Baykal ko‘li boshqa suv havzalaridan tog‘lar hosil bo‘lishi natijasida ajralib qolgan. Shuningdek, Sirdaryo, Amudaryoda yashovchi soxta kurakburun baliq turi ham geografik alohidalanish natijasi hisoblanadi. U qadimgi osyotrsimon baliqlarga kiradi. Unga yaqin bo‘lgan baliq turlari Shimoliy Amerikaning Missisipi daryosida yashaydi.
G‘o‘za avlodi ham geografik alohidalanish yo‘nalishidagi turning paydo bo‘lishiga yorqin misoldir. Bu avlodning turlari bo‘r davridan boshlab bir-biridan alohidalashib va Amerika, Osiyo, Afrika, Avstraliyaga tarqalgan.

Yüklə 34,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə