Pirimqul Qodirov O‘zbekiston xalq yozuvchisi, tarixshunos, fan arbobi. Tarjimai holi



Yüklə 61,02 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü61,02 Kb.
#181588
  1   2   3
QODIROV PRIMQUL


Pirimqul Qodirov - O‘zbekiston xalq yozuvchisi, tarixshunos, fan arbobi.
Tarjimai holi
O‘zbek nasrining yirik namoyandalaridan biri Pirimqul Qodirov 1928-yilning 25-oktabrida Tojikiston respublikasining O‘ratepa tumanidagi Kengqul qishlog‘ida tavallud topdi.
Pirimqul Qodirov urushdan keyingi yillarda jamoa xo‘jaligida, yo‘l qurilishi, so‘ng Bekobod metallurgiya zavodida ishladi.
1951 yili Toshkent Davlat universitetini tugatib, Moskvadagi M.Gorkiy nomidagi Adabiyot institutining aspiranturasiga kirdi. “Abdulla Qahhorning urushdan keyingi ijodi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1954-1963 yillar u sobiq SSSR Yozuvchilar uyushmasi qoshida o‘zbek adabiyoti bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishladi. 1963-1976 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutining katta ilmiy xodimi vazifasini bajardi.
Ijodiy yo‘li
Adib ijodining debochasi “Studentlar” hikoyasi 1950-yilda talabalik yillarida e’lon qilinib, tolibi ilmlar hayoti, ularning ichki olamini yoritadi. Shundan keyin uning “Jon shirin”, “Kayf”, “Olov” hikoyalari, “Qadrim”, “Erk”, “Meros”qissalari, “Najot” afsona qissasi, “Sarguzashtlar”, “Yayra institutga kirmoqchi” nomli qissa va hikoyalar to‘plamlari birin-ketin chop qilinadi.
Keyinchalik adib yaratgan “Uch ildiz”, “Olmos kamar” romanlari unga katta shuhrat keltiradi.
Avval “Yulduzli tunlar” (Bobur), keyin “Humoyun va Akbar” romanlari bilan Pirimqul Qodirov o‘zbek tarixiy romanchiligini ustoz Oybekdan keyin yangi pog‘onaga ko‘taradi.
G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida adibning uch jildlik tanlangan asarlari (1 tom, “Olmos kamar” romani, 1977; 2 tom, “Qora ko‘zlar” romani, “Erk qissasi, 1978; 3 tom, “Uch ildiz” romani, 1979) nashr qilingan. Mazkur nashriyot adibning “Yulduzli tunlar” romani, “Qadrim” va “Meros” qissalarini o‘z ichiga olgan uch jildlik “Saylanma”sini ham bosib chiqargan.
Pirimqul Qodirov ilmiy faoliyat bilan ham shug‘ullanib, “Xalq tili va realistik proza”, “Til va dil” risolalarini yaratgan.
U bolakaylar sevib mutolaa qiladigan "Akromning sarguzashtlari", "Najot", "Yayra institutga kirmoqchi" kabi qissalarning ham muallifi xisoblanadi.
Adib ssenariysi asosida zangori olov zahmatkashlari xaqida “Sening izlaring”badiiy filmi suratga olingan. Shuningdek, adib kitobxonlarga “Ona lochin nidosi” degan tarixiy romanini (1997) taqdim etdi.


Yüklə 61,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə