Shukur Xolmirzayev hikoyanavis Shukur Xolmirzayev



Yüklə 199,39 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix13.12.2023
ölçüsü199,39 Kb.
#149260
Shukur Xolmirza-WPS Office



Shukur Xolmirzayev hikoyanavis
Shukur Xolmirzayev (1940.24.3, Boysun tumani) —
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1991). Toshkent universitetining
jurnalistika fakultetini tugatgan (1963). „Yosh
gvardiya“ nashriyotida muharrir (1963–1967), Muqimiy nomidagi
musiqali drama teatrida adabiy emakdosh (1967–1969),
„Guliston“ (1969–1975) va „Sharq yulduzi“ (1978–1980)
jurnallarida adabiy xodim, boʻlim mudiri.
Xolmirzayevning dastlabki hikoya va ocherklari 1958 yildan
nashr etila boshlagan. Xolmirzayev ijodining ilk davridayoq xikoya
bilan bir qatorda qissa janrida ham kalam tebratib, „Oq otli“ (1962),
„Toʻlqinlar“ (1963), „Un sakkizga kirmagan kim bor?“ (1965)
qissalarini yaratdi. Bu asarlar 60-yillardagi oʻzbek qissalarining
eng yaxshi namunalaridan boʻlib qoldi. Yozuvchining shu davrda
yozgan hikoyalari keyinchalik „Olis yulduzlar ostida“ (1971),
„Hayot abadiy“ (1974), „Ogʻir tosh koʻchsa…“ (1980), „Yoʻllar,
yoʻldoshlar“ (1984), „Bodom qishda gulladi“ (1986), „Togʻlarga qor
tushdi“ (1987) singari toʻplamlaridan oʻrin oldi. Xolmirzayevning
hikoya va qissalarida, bir tomondan, yoshlik va talabalik yillarining
oʻziga xos romantikasi ifodalangan boʻlsa, ikkinchi tomondan,
yozuvchi tugʻilib oʻsgan Boysun tumanida yashovchi turfa tabiatli
kishilar hayoti, jamiyatda va ular ruhiy olamida kechgan kurash va
oʻzgarishlar oʻzining badiiy talqinini topdi. Keyinchalik Boysun va
boysunliklar hayoti Xolmirzayev ijodining asosiy mavzusi
darajasiga koʻtarilib, yozuvchi ijodida realistik tasvirning ustuvor
yoʻnalishga aylanishida muhim omil boʻldi. Xolmirzayev


voqelikdagi murakkab hayotiy jarayonlar va kishilarning
ziddiyatlardan iborat ruhiy olamini kashf eta borgani sayin uning
dastlabki hikoya va qissalaridagi romantik pafos endi oʻz oʻrnini
realizmga boʻshatib berdi va yozuvchining oʻzbek adabiyotiga
„shafqatsiz realizm“ unsurlarini olib kirishiga imkoniyat yaratdi. X.
80—90-yillarda yaratgan asarlarida mazkur davrdagi jamiyat va
xalq hayotining chuqur badiiy tahlilini berdi.
Xolmirzayev „Soʻnggi bekat“ (1976), „Qil koʻprik“ (1984),
„Yoʻlovchi“ (1987), „Olaboʻji“ (1992), „Dinozavr“ (1kitob, 1996)
singari romanlarini yozdi. X.ning „Soʻnggi bekat“, „Yoʻlovchi“ va
„Olaboʻji“ romanlarida shoʻro jamiyatining 70—80-yillarga kelib
ichdan yemirila boshlagani yorqin badiiy obrazlar orqali aks
ettirildi. Bu romanlarda koʻtarilgan ijtimoiy masala yozuvchining
„Dinozavr“ romanida oʻzining yangicha badiiy talqinini topdi.
Shoʻro davlatining xalqparvar davlat ekaniga, u olib borgan ichki
va tashqi siyosat xalq va mamlakat manfaatiga xizmat qiluvchi
siyosat ekaniga astoydil ishongan kishining hayoti va ruhiy
olamidagi ziddiyatlar kurashi tasviri mazkur romanning markazida
turadi.
Xolmirzayev yozuvchilar orasida birinchilardan boʻlib oʻzbek
xalqi tarixining „bosmachilik harakati“ deb atab kelingan davrini
oʻrgana boshladi. Yozuvchining „Qil koʻprik“ romani va „Qora
kamar“ (1987) pyesasida shu mavzu oʻz ifodasini topdi. Ularda
adashgan kishilar fojiasi obrazlarda yorqin gavdalantirilgan. X.
pyesasi asosida Abror Hidoyatov nomidagi Yoshlar teatrida


sahnalashtirilgan „Qora kamar“ spektakli yosh avlodda tarixiy
oʻtmishga yangicha yondashish maylining paydo boʻlishida muhim
rol oʻynadi. Xolmirzayevning oʻzbek xotinqizlarining shoʻro
davridagi fojiali taqdiriga bagʻishlangan „Ziyofat“ pyesasi ham
Yoshlar teatrida sahnalashtirilgan (1990).
Xolmirzayev soʻnggi yillarda Sh. Burhonov, B. Zokirov, R.
Choriyev, Shuhrat, O. Yoqubov, Oʻ. Umarbekov, A. Oripov, M.
Qoʻshjonov singari taniqli adabiyot va sanʼat namoyandalari
haqida esselar va adabiytanqidiy maqolalar yozdi.
Xolmirzayev — roman janrida bir qator asarlar yozgani va bu
asarlar shu davr oʻzbek romannavisligi tarixida muayyan oʻringa
ega boʻlishiga qaramay, avvalo hikoyanavis. U oʻz hikoyalarida A.
Qodiriy, A. Qahhor kabi oʻzbek yozuvchilarining eng yaxshi
anʼanalarini davom ettirish bilan birga oʻzbek hikoyanavisligini rus
va Yevropa yozuvchilarining badiiy tajribalari bilan ham boyitdi.
X.ning eng yaxshi hikoyalari qahramon obrazining yangi va
yorqinligi, kompozitsiyasining oʻziga xosligi, qahramonlar tilining
rangbarangligi bilan ajralib turadi.
Xolmirzaev Sh. Bodom qishda gulladi. Toshkent. Gʻ. Gʻulom
nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1986.
Xolmirzaev Sh. Togʻlarga qor tushdi. -T. 1987.
Xolmirzaev Sh. Oʻn sakkizga kirmagan kim bor. T. Yozuvchi.
1999.
Xalmirzaev Sh. Nad propastyu. Roman. (per. s uzb.) -T. Izd.


Lit. I iskusstvo. 1989.

Yüklə 199,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə