Pedagogika va Psixologiya fakulteti Pedagogika va psixologiya yo’nalishi



Yüklə 79,2 Kb.
səhifə3/11
tarix24.12.2023
ölçüsü79,2 Kb.
#159851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
FRANSIYADA TA

O’qish I bosqichda o’quvchi:

  1. Bosmadan chiqqan barcha nashrlarni (kitob, gazeta, jurnal, lugat, e’lon, xat va hokazo) bir-biridan ajrata olish;

  2. Xatni o’qish tamoyillarini (satr boshi, sarlavha, bob, betlarning ketma-ketligi) o’rganib olish;

  3. Matn tarkibini (nutq, asosiy qism, xulosa) aniqlay olish;

  4. Mustaqil mashg’ulotlarda kitoblardan, lugatlardan foydalana olish.






II bosqichda:

  1. O’qilgan mazmunini elementar bayon qilib bera olish;

  2. Kitob mavzuida ishtirok etgan shaxslarni aniqlash, nomini bilish, tasvirlab berish;

  3. Sintetik tahlil qila bilish (urg’u, tinish belgilari).

III bosqichda:

  1. Ifodali, tez va aniq, ovoz chiqarib hamda o’zicha o’qish, o’qish qoidalarini to’la shakllantirish, savollarga og’zaki va yozma ravishda javob qaytarish, mavzuli rasmlarni izohlab berish;

  2. Matndagi noaniq so’zlarii aniqlash va uni tez tarjima qilishni bilish;

  3. Sinf kutubxonasini tashkil etishda ishtirok etish; 4. Bayon qilingan axborotni tinglash va to’gri qabul qilish;

  4. So’zlarni og’zaki va yozma fonetik tahlil qilib berish;

  5. Kitobdan va lugatli adabiyotlardan mustaqil ishlash jarayonida to’la foydalana olish;

  6. Soddalashtirilgan matnlar bilan ishlashni bilish.

Yozuv
Yozuvga qo’yilgan talab uch saviyada belgilanadi; yozuv texnikasini o’rganish, yozuvda qalam, ruchka, bo’rda ishlashni bilish, chiziqlarga to’la rioya qilish, yozma va bosma harflarni farqlash, xatolar ustida ishlash malakasini egallash lozim. Yozuv bo’yicha o’quvchi III bosqichda inshosi shakllangan, tasviri mazmunli, yozuv texnikasini mukammal o’zlashtirgan, ifodada aniq izchillikka ega bo’lmogi darkor.

Og’zaki nutq


Og’zaki nutqni rivojlantirish bo’yicha ham uch bosqichning osondan qiyinga, soddadan murakkabga yo’naltirilgan talablari mavjud. Bola bu bosqichda tevarakatrofida bo’layotgan voqea va hodisalarga o’z munosabatini bildirgan holda ifodali so’zlab bera olishi, o’z nutqini mantiqan tahlil qilishi, sinonim, omonim, antonimlarni mazmun ifodasiga qarab qo’llay olishi, so’z va iboralarning o’z hamda ko’chgan ma’noda to’g’ri qo’llay bilish, tarix, geografiya va boshqa predmetlarning atamalarini puxta o’zlashtirib olishlari kerakki, bu keyingi bosqich maktablari uchun puxta zamindir.

Yüklə 79,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə