‘nalishlarini aniqlay olish ichki nazorat tizimi samaradorligining garovi hisoblanadi



Yüklə 9,41 Kb.
tarix17.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#149697
fl1


‘nalishlarini aniqlay olish ichki nazorat tizimi samaradorligining garovi hisoblanadi.
Ichki nazorat tizimida risk masalasini ko‘rib chiqishda iqtisodiyotda risk tushunchasining ta’rifiga murojaat etish lozim. Bugungi kunda riskning mohiyati bir xil ma’noda tushunilmaydi, bu, xususan, ushbu hodisaning ko‘p jihatliligi bilan izohlanadi. Binobapin, “...ayrim manbalarda “risk” atamasi turlicha tarjima qilib qoMlanilmoqda (“tavakkalchilik”, “xataplilik”, “xavf-xatap”, “tahlika”, “g‘ov” va h.k.)”. Auditorlik faoliyatiga nisbatan bunday tarjimalar “risk” atamasining asl mohiyatini ochib bermaydi”64. Bundan tashqari, risk - bu ko‘plab mos kelmaydigan, ba’zan esa qarama-qarshi peal asoslarga ega bo‘lgan murakkab hodisa. Bu risk tushunchalarining turli nuqtai nazarlardan bir necha ta’riflari mavjud bo‘lishi mumkinligini belgilab beradi.
1. Risk - miqdoriy o'lchangan yo‘qotishlar ehtimoli.
2. Risk - yo‘qotishlar, zararlar ko'rilishi, rejalashtirilayotgan daromadlaming to‘liq kelib tushmasligi ehtimoli.
3. Risk - hozirgi moliyaviy natijalaming kelgusida noaniqligi.
4. Risk - bu, agar faoliyat yuritish sharoitlari rejalar va hisobkitoblarda nazarda tutilgan yo‘nalishdan farq qiluvchi yo'nalishda o‘zgarsa, faoliyat ko‘rsatish natijasida boyliklaming yo'qotilishi ehtimoli.
Statistika nuqtai nazaridan, risk - bu muayyan salbiy voqeaning yuzaga kelishi ehtimoli. Risk istalgan xo'jalik yurituvchi subyektning faoliyati bilan chambarchas bog'langan, muayyan xo‘jalik yurituvchi subyekt risklarining batafsil ro‘yxatini faqat tadqiqot o‘tkazish orqali tuzish mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda risklaming xilma-xil tasniflariga duch kelamiz, barchasi riskli vaziyatlar va riskli faoliyatning qaysi jihati ko‘rib chiqilayotganligiga bog‘liq. Biz qaysi ta’rifni qabul qilmaylik, risk kamida to‘rtta elementni o‘z ichiga oladi:
1. Voqeaning noaniqligi. Risk faqat voqealar rivojining ko‘p variantliligi mumkin boMgan hollarda mavjud bo'ladi. Noaniqlik shunday omiilaming mavjud bo‘lishini nazarda tutadiki, ular chog‘ida harakatlar natijalari aniqlanmaydi, ushbu omiilaming natijalarga ehtimoliy ta’siri esa noma’lum; masalan, axborotning to‘liqsizIigi yoki noaniqligi. Noaniqlik tabiatini ancha keng tasniflash mumkin, bu shu bilan bog‘liqki, xo'jalik yurituvchi subyektlar o‘zining faoliyat ko'rsatishi jarayonida bir qator omillarga tobelikni boshdan kechiradi.
2. Ehtimollik - bu, bizningcha, har qanday riskli voqeaning asosida yotuvchi ikkinchi omil. Ehtimollik - muayyan natijaga erishish imkoniyati. Voqea ehtimoli bo'lib muayyan son hisoblanadi, ushbu son qanchalik katta bo‘lsa, sodir boMishi mumkin bo‘lgan voqea shunchalik ko‘p bo‘ladi. Albatta, tez-tez sodir bo‘lib turadigan voqeaning ehtimoli ko‘proq. Shunday qilib, birinchi navbatda, ehtimollik tushunchasi voqeaning tez-tez takrorlanib turishini amaliy tushunish bilan bogliq.
3. Yo‘qotishlar. Hech bo'lmaganda bir yakun ko'pgilsiz bo‘lishi mumkin. Yo‘qotish - bu xavf-riskning amalga oshirilishi natijasida qiymatning ko‘zda tutilmagan qisqarishi.
4. Befarq emaslik. Risk o‘zi uchun ko‘pgilsiz oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslikka intiluvchi muayyan insonga yoki xo‘jalik yurituvchi subyektga taalluqli bolishi kepak. Risk tushunchasi bilan “riskli faoliyat” yoki “riskka moyil faoliyat” tushunchasi uzviy bog‘langan. Ushbu atamani ham batafsil ko‘pib chiqish lozim, chunki risk faoliyatdan, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektda kechayotgan jarayonlardan tashqapida mavjud boMmaydi. Risk xo'jalik yurituvchi subyektda amalga oshirilayotgan barcha jarayonlarda ishtirok etadi. Noaniqlik sharoitiga tushib qolgan butun xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki alohida xizmatlar rahbariyati ulaming muvaffaqiyatli amalga oshirilishi xo‘jalik yurituvchi subyektga ichkapidan va tashqapidan ta’sir etadigan ko‘plab omillarga bog'liq bolgan qarorlar qabul qilishiga to‘g‘ri keladi. Bunday yondashuvni hisobga olgan holda “risk subyekti” va “risk obyekti” kabi tushunchalami ajratish mumkin. Subyekt deganda xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog‘liq yoki bu muqobil vapiantlami tanlash haqida qaror qabul qiluvchi muayyan shaxslar tushunilishi kepak. 0‘z navbatida, risk obyekti deganda uni riskli vaziyat yuzaga kelganda o'zgartirish mumkin bo‘lgan resurs tushuniladi.
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt, albatta, o‘zining riskii shartsharoitlariga ega boladi, lekin ulaming barchasi qandaydir fundamental umumiylikka ega. Ushbu umumiy holatga riskli vaziyatlaming umumiy qolipi mos keladi, uni aniqlab biz alohida xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki uning alohida tuzilmasi uchun risklar turkumini tahlil qilishimiz mumkin. Ushbu qolipga kiritilgan riskning har bir turi uchta o‘lchovda tavsiflanadi:
1) xavf ostida turgan qimmatlik;
2) ushbu qimmatlikning yo‘qotilishigaolib kelishi mumkin bo‘lgan xavf-risk; 3) yo‘qotishIaming moliyaviy oqibatlari.
Birinchi o‘lchov xo‘jalik yurituvchi subyektda quyidagi boyliklaming mavjud bo‘lishini nazarda tutadi: moddiy aktivlar; nomoddiy aktivlar; pul mab!ag‘lari; dapomad; xodimlar; uchinchi shaxslar oldida javobgarlikdan xolislik; xavfsizlik; mehnat munosabatlari; menejment; bozordagi mavqei.
Ikkinchi o‘lchov - ushbu yo‘qotishlami keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan sabablar: 1. Tashqi: raqobat; mintaqaviy iqtisodiy vaziyat; milliy iqtisodiy vaziyat; texnogen vaziyatlar; tabiiy kataklizmalar; ijtimoiy va siyosiy vaziyat; huquqiy normalarning takomillashmaganligi; infpatuzilmaviy islohotlar; insonlaming aniq maqsadga yo‘naltirilgan harakatlari. 2. Ichki: oneratsion-texnologik; iqtisodiy-boshqaruv; muhandislik-ilmiy; resurs.
Mazkur tadqiqotning vazifasi xo‘jalik yurituvchi subyektga ta’sir ko‘rsatuvchi turli xildagi risklar ichidan imkon qadar ichki nazorat tizimidagi risklami ajratish, nazorat tadbirlarini tashkil etish va o'tkazishda riskning katta-kichikligini belgilovchi omillami aniqlash va risklar ta’siriga baho bergan holda, o‘z navbatida butun xo'jalik yurituvchi subyektga risklar ta’sirining kamayishiga xizmat qiluvchi ichki nazorat tizimini yaratishdan iborat. Malakaviy faoliyat bilan bog‘liq risklami oldindan ko‘ra bilish, ulaming yo‘l qo‘yilishi mumkin bo'lgan darajasini to‘g‘ri belgilash, bartaraf etish yo‘nalishini belgilash xo'jalik yurituvchi subyektda ichki nazorat tizimining muvaffaqiyatli ishlashining garovi hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ichidagi nazorat faoliyatiga, bizningcha, risklaming keng doipasi tahdid solib turadi. Nazorat tizimidagi risk nazorat qilinayotgan obyekt haqidagi axborotning to‘liqsizligi yoki buzib ko‘psatilishi sharoitida yuzaga keladi. Noaniqlik - bu, ushbu holatda, xo‘jalik yurituvchi subyektdagi nazorat tizimida riskning koMamiga ta sir etuvcbi qator omillar bilan shartlangan axborotning noaniqligi. Nazorat tizimidagi riskni nimagadip erisha olmaslik xavfi, noto‘g‘ri fikrning shakllanish ehtimoli va nazorat rahbariyatga tekshirish natijalari to'g'risida noto‘g‘ri axborot berish kabi holatlar sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Bizningcha, ichki nazorat tizimi riskining subyekti boMib ichki nazorat xizmatining rahbariyati, ya’ni nazorat harakatlarini amalga oshirish jarayonida mas’ul qarorlar qabui qiluvchi shaxslar, jamoa hisoblanadi. Ichki nazorat tizimi riskining obyekti sifatida esa xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining turli sohalarida nomuvofiqliklarni aniqlash jarayoni ishtipok etadi.
Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib, biz auditorlik tekshiruvlari jarayonida ichki nazorat tizimini o‘pganish va baholashda foydalanishimiz mumkin bo‘igan auditorlik risklami ko‘pib chiqamiz. Jumladan, “Auditorlik riski o‘z ichigi uchta tapkibiy qismni oladi: ajratib bo‘!maydigan risk; nazorat riski; moliyaviy hisobotdagi xatolar va buzilishlarni tonmaslik riski”65. Ajratib bo’lmaydigan risk balans yoki ope
Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə